Falsafa asoslari


Istiqlol va inson kamoloti



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   221
Falsafa asoslari

Istiqlol va inson kamoloti. 
Mustaqillik yillarida inson tabi- 
atini chuqurroq o‘rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf 
etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga 
keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq 
manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va 
me’yorlarni poymol etib, ko‘proq g‘arazli maqsadlarini amalga 
oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. 
Shunday niyatlar yolida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, 
jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bolgan davlat 
dasturlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladilar. Shuningdek
ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, 
ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy ado- 
latga bolgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga 
yetkazishga qarshilik ko‘rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib 
chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar
korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo‘r, 
terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odam- 
lardir.
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar 
mavjudligini e’tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson 
huquqlarini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yar ekan, 
bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga 
jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyat­
larni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.
Shaxs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bogliq 
tushunchalardir. Mamlakatimizning taraqqiyot yolida paydo 
bolgan qiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash shaxsni 
o‘z bilimi va mahoratini oshirishga, yuksak g‘oyalarga sodiq
186


bolib yashash va ularni jadal amalga oshirishga undaydi. Bo­
zor munosabatlariga o‘tish sharoitida inson qobiliyatlari tolaroq 
namoyon boladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning 
boy va qashshoq guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. 
0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
eng muhim xususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy 
himoyalanishida, ko‘p bolali oilalar, nafaqaxo‘rlar, talabalar va 
nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy ado- 
latning qaror topishida yaqqol namoyon bolyapti. Kishilarning 
boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg‘unligidan ozod bolishlari, 
o‘zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o‘z bilimi va 
mahoratini oshirishlari uchun g‘amxo‘rlik qilish iqtisodiy islo­
hotlarning insonparvarlik yo‘nalishga ega ekanligidan dalolat 
beradi.
Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o‘rganish 
va umuman, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy 
bilim va yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali 0 ‘zbekistonda 
ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uyg'unligini ta’minlashga 
erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning 
oldida turgan muhim vazifadir.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin