1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
―
MILLIY G`OYA, MA`NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ
TA’LIMI ―
YO’NALISHI
I-
bosqich talabasi Meliboyeva Dilfuzaning
GOYA VA MAFKURALARNING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O'RNI
mavzuidagi
2
ANOTATSIYA
Mustaqillik yillarida to`plangan tajriba va ijtimoiy hayot rivoji aslida inson, jamiyat g`oya
va mafkurasiz yashay olmasligini ko`rsatdi. Zotan, odamzot o`zining ruhi va shuuridagi ko`pdan-
ko`p savollarga javob bo`ladigan, uni doimiy faoliyatiga undab turadigan hayotbaxsh g`oyaga
hamisha ehtiyoj sezib yashaydi. Chunki tabiatda, jamiyatda bo`shliq bo`lmagani kabi inson qalbi va
ongida ham bo`shliq bo`lmaydi. Jamiyat hayotida sog`lom g`oya ustivor bo`lib turmasa,
odamlarning qalbi va ongini yot, zararli g`oyalar egallab, halqning turmush tarzini izdan chiqaradi.
Har qanday fanning muayyan bilimlar tizimi sifatidagi o`ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun
va kategoriyalari bo`ladi. Biz o`rganishga kirishayotgan «Milliy istiqlol g`oyasi» ham bundan
mustasno emas. Uning ham o`z predmeti, qonun va kategoriyalari, maqsad va vazifalari bor. Milliy
istiqlol g`oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini talabalar ongiga eng ta`sirchan yo`llar va
samarali usullar bilan singdirish muhim vazifa hisoblanadi.