qilishga undovchi ana shunday qarashlar asosida shakllangan.
Fetishizm (fransuzcha fetiche — but, sanam, tumor degani) jonsiz narsalarga sig'inishga
daVat etuvchi e'tiqod. Uning mazmuniga ko'ra, buyumlar va ularga xos hususiyatlar insonlarni
murodga-maqsadiga yetkazishi, odamlarnng hayotiga biron bir tarzda ta'sir etishi, bu ta'sir goh
ijobiy, goh salbiy bo'lishi mumkin.Taraqqiyot natijasi o'laroq tarixining keyingi davrlarida milliy
asosdagi hinduizm, iudaizm, konfutsiylik siiigari diniy tizimlar shakllangan.
Hinduizm hindistonliklarning ko'pxudolikka asoslangan dini bo'lib, unda uchta xudo asosiy deb tan
olinadi. Iudaizm -yahudiylik dini bo'lib, unga ko'proq shu millat vakillari e'tiqod qiladi.
Konfutsiylik - xitoy faylasufi Konfiitsiy tomonidan yaratilgan ta' limot. Yaponlarning milliy dini
esa sintoizmdir.
Yer yuzining ma'lum mintaqasida paydo bo'lgan diniy qarashlarning asosida o'sha tabiiy
makonning xususiyatlari, odamlarning yashash tarzi namoyon bo'ladi. Masalan, Odam Ato va
Momo Havoning yaralishi xususidagi rivoyat dunyoning qariyb barcha dinlarida mazmunan deyarli
bir xil, ammo shakl nuqtai nazaridan farq qiladi. Masalan, shimoliy mintaqalarda yaratilgan
rivoyatlarda Odam Ato va Momo Havo, janubiy mintaqada «tuproqdan yaralgan» ilk Ota va
Onamizdan farqlanadi. Bunga o'xshash misollarni juda ko'plab keltirishimiz mumkin.
Dinlarning deyarli barchasida ko'plab milliy an'analar, xalqning turmush tarzi ham
mujassamlashgan. Ular muayyan davrlarda davlat dini va mafkurasi bo'lib xizmat qilgan. Jumladan,
konfutsiylik bir necha asrlar mobaynida Xitoy xalqining dini va davlat mafkurasi bo'lib kelgan.
Xuddi shuningdek, ijtimoiy zaruriyat taqozosiga ko'ra, falsafiy g'oyalar ham muayyan tizimni
shakllantirib, odamlaming e'tiqodi va dunyoqarashiga aylanadi. Olamning yaralishi, mavjudlik
xossalari, uning asosini tashkil etuvchi birlamchi narsaning mohiyati kabi masalalarga turlicha
yondashish natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm, va materializm singari oqimlar
vujudga kelgan. Monizm - olamning asosi bitta deb tushuntiradi.
Dualizm - olam xudo tomonidan yaratilgan, lekin uning rivojlanishi o'zining moddiy
xususiyatlariga ham bog'liq deb ta'lim beradi.
Plyuralizm - olam ko
T
p narsalarning birikishi natijasida vujudga kelganini yoqlaydi.
Idealizm -olam va odamning yaralishi, dunyoning yashashi va rivojlanish qonuniyatlari, borliq
hamda yo'qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyillarini ustuvor deb biladi, ularni
mutlaqlashtiradi. Materializm - olam va odamni ilohiy kuch yaratmagan, ular moddaning rivojlanib
borishi natijasida paydo bo'lgan, deb o'rgatadi.
Bundan tashqari, dunyoda shovinizm, kosmopolitizm va nigilizm kabi mafkuralar ham bor.
Shovinizm - muayyan shaxs, davlat yoki millatni boshqa shaxs, davlat yoki millatdan ustun
qo'yishga undaydi. Kosmopolitizm - ko'proq vatansizlikni yoqlaydigan, milliy qadriyat va
an'analarni tan olmaydigan qarash va yashash tarzidir.
Nigilizm - ko'proq ba'zi ma'naviy mezonlarni tan olmaslikka, ularning ayrimlarini rad etishga
undaydigan ta'limot.
Yuqoridagi falsafiy oqimlarga doimo ham mafkura shakl lari sifatida qaralmaydi. Ammo gohida
ularga asoslangan ta'limotlar paydo bo'ladi va bu ta'limotlarda muayyan g' oyaning
mutlaqlashtirilishi turli mafkuraviy xatolarga sabab bo'lishi ham mumkin. Ana shu sababdan bu
oqimlarning mazmun - mohiyatini bilib qo'ygan ma'qul.
Ba'zi mafkuralar, muayyan ijtimoiy shart-sharoit taqozosiga ko'ra, davlat mafkurasiga aylanadi.
Ayrimlari davr o'tishi bilan o'zining mavqeini yo'qotsa-da, umumbashariy qadriyatlar manbai
sifatida tarixiy ahamiyatga egaboiadi.
Turli-tuman
mafkuralar
o'rtasidagi
bahs-munozaraga
sabab
boluvchi
yoki
ularni
uyg'unlashtiruvchi g'oyalar ham qadim zamonlardan buyon mavjud va bu jarayon insoniyatning
tafakkur rivojiga ta'sir etib kelmoqda. Shuningdek, bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi bolgan
g'oyaviy tizim va mafkuralar tortishuvi ham uzoq tarixga ega. Bunga ilohiy kuch, ya'ni xudoni
butunlay rad etuvchi ateizm -dahriylik bilan xudo va ilohiylikni mutlaqlashtiruvchi teizm -
xudojo'ylik o'rtasida azaliy bahs-munozara yorqin misol bo'la oladi. Bu an'anaviy tortishuv,
9
shunchalik llm-fan taraqqiyotiga qaramay, bugungi kunda ham muayyan darajada davom
etmoqda.
Fransiyada imperator Napoleon shaxsiga sig'inish natijasida pay do bo'lgan shovinizm
g'oyalari XIX asrning 30-yilIarida keng tarqalgan. Keyinchalik u bir xalqni boshqasidan afzal deb
biladigan zararli oqimga aylaiigan. «Buyuk millatchilik shovinizmi», «buyuk davlatchilik
shovinizmi», «irqiy shovmizm» kabi tushunchalar aynan shuning natijasida paydo bo'lgan.
Dostları ilə paylaş: |