mafkura ana shu maqsad va haqiqatning anglangan shakliga mos bolgan g'oyalar, fikrlar va ularni
amalga oshirish usul va uslublari tizimidir. Shuning uchun bu tizim asosida mafkura tarkibidagi
bosh va asosiy g'oyalarni amalga oshirish jarayonida tug'iladigan savollarga javob berish rnumkin
bo'ladi. Muayyan g'oya muayyan mafkuraga asos bo'lib, uni shakllantirishi mumkin, mafkura esa
Muayyan xalqning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishish yoilari va vositalari tizimi uning milliy
6
Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraning xalqni xalq, millatni millat etish borasidagi
ahamiyatini ta'kidlab, shunday yozadi:
"Odamlarning ming yillar davomida shakllangan
dunyoqarashi va mentaiiietiga asoslangan, ayni vaqtda, shu xalq, shu millatning kelajagini
ko'zlagan va uning dunyodagi o 'mini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va
ertangi kuni o 'rtasida o'zigaxos ko'prik bo'lishga qodir g'oyani men jamiyat mafkurasi deb
bilaman".
Erkin demokratik jamiyat barpo etishni bosh maqsad qilib olgan va taraqqiyoti ijtimoiy
hamkorlikka asoslangan davlatlardagi xalqlarning milliy mafkurasi odamlarni ana shu ezgu maqsad
yo'lida birlashtiradi.
O'zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi ham jamiyatimizni yanadajipslashtirishga, Vatan
ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini o'ylab, sog'lom e'tiqod va dunyoqarash bilan yashashga
da'vat etadi. Kishilik tarixi mafkuralar, o'z ma'no-mohiyatiga ko'ra, falsafiy dunyoviy, diniy va
boshqa g'oya va ta'limotlar asosida shakllamshini ko'rsatadi. Mafkuramng falsafiy asoslari falsafa
ikni xulosalariga tayanadi. Yevropa xalqlarining har biri Uyg'onish davri hamda o'rta asrlarda o'z
davlatchiligini tiklash jarayonida milliy-falsafiy ta'limotlar asosida o'ziga xos mafkurasini yaratgani
buning yaqqol dalilidir.
Mafkuraning dunyoviy ildizlari deganda, ma'nfiy taraqqiyotga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy munosabatlar tizimi tushuniladi. Ma'lumki, bugungi kunda dunyoviy jamiyat asosini
qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi
umume'tirof etilgan g'oyalar tashkil etadi. Bunday jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari qonuniy
asosda kafolatlanadi.
Mafkuraning diniy ildizlari deganda, uning diniy qadriyatlardan oziqlangan g'oyaviy-ruhiy
asoslari tushuniladi. Masalan, xitoy xalqlari milliy mafkurasi hisoblangan, uning e'tiqodi va
dunyoqarashi asoslarim belgilab bergan Konfutsiy va Lao-szi ta'limotlari diniy qarashlarga
asoslangan. Bu ta'limotlar ko'p asrlar mobaynida Xitoy xalqining milliy mafkurasi bo'lib kelgan.
Yurtimizda qariyb bir yarim ming yildan buyon yashab kelayotgan islom dini va uning ta'limoti
ham uzoq zamonlar arab, turk va fors imperiyalari yoxud xalifalikning mafkuraviy hayot tarzi
bo'lgan. Ezgulik, oqibat, ilm-ma'rifat, insoniylik kabi umuminsoniy g'oyalarga asoslangan islom
dini o'z tarixiy yo'lida yirik sivilizatsiyalarni yaratdi, dunyo ilm-fanini bir necha asrga ilgarilatgan
allomalarning yaralishiga zamin bo'ldi. Dunyoning teng yarmini ishg'ol qilgan Amir Temur
saltanati, Hindistonda ingliz mustamlakasiga qadar hukm surgan boburiylar imperiyasi, bu
saltanatning poytaxti bo'lmish Samarqand hamda Buxoro, Xiva va Urganch kabi ilm-fan va
madaniyat keng rivojlangan shaharlar, sanoat markazlari fikrimizning dalilidir. Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muso Xorazmiy, hnom fsmoil al-Buxoriy, Imom Jorulloh Zamaxshariy,
Imom Burhoniddin Marg'inomy kabi yuzlab ma'rifat quyoshlari ham Islomning hayotbaxsh
g'oyalaridan ilhom olganliklarini inkor qilish mumkin emas.
Qaysi xalqning milliy mafkurasi bir-birini boyitib boruvchi ilmiy va falsafiy, dunyoviy va diniy,
azaliy va zamonaviy manbalarga asoslansa, u taraqqiyot bobida ilgarilab boraveradi.
Ilmiy kashfiyotlar mafkura rivojiga kattata'sir o'tkazadi. Bugungi kunda zamonaviy fan yutuqlari,
jumladan, kosmonavtika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-nasl
xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o'zgartirib yuborayotgani
shundan dalolat beradi. Kompyuterlar, uyali telefonlar, internet tizimi ham ana shunga xizmat
qiladi.
Lekin ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham sog'lom
g'oya, sog'lom mafkura kerak. Aks holda, ilm-fan yutuqlarini noto'g'ri qoilash oqibatida Xirosima,
Nagasaki, Chernobil fojialari, bugungi ommaviy qirg'in qurollari, ekologik halokatlar, ma'naviy
tanazzulga o'xshash umumbashariy muammolar yanada kuchayib borishi mumkin.
Demak, mqfkura o 'zining bosh va asosiy g'oyalari hamda tamoyillariga tayanib, muayyan
ijtimoiy guruh yoki qallamning, millal yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad, iniilish va
manfaallarini ifoda etadigan, ularni amalga oshirish, e 'tiqod va dunyoqarash asoslarini
shakllaniirishnirtg itsul va
vositalari tizimidir.