«Poligon» grekcha so'z bo'Iib, serqirra degan ma'noni bildiradi. Biz, odatda, poligon
deganda qurol-aslaha va texnika sinaladigan, qo'shinlar harbiy tayyorgarlikdan
o'tkaziiadigan yoki harbiy mashq va mashg'ulotlar olib boriladigan maxsus maydonni
tushunamiz.
13
Tarix tajribasidan ma'lumki, o'zga hududlarni zabt etish yoki himoyalanish maqsadida urush
qurollari uzluksiz takomillashtirib borilgan. Ularning barchasi ehtimol tutilgan dushman askarlari
va aholisim yo'q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o'zga hududlarni zabt etish uchun
ularning aholisini qirib tashlash yoki jismonan asir qilib olish shart em as.
Chunki tajovuzkor g'oya va mafkura bilan qalbi va ongi zabt etilgan xalq shusiz ham yov qo'liga
taslim bo'ladi. «Mafkuraviy poligon» tushunchasini birinchi marta Prezidentimiz Mom Karimov
«Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga javoblarida qo'lladi. Mafkuraviy poligon deb,
odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g'oya yoki mafkurani ham mablag, ham
zamonaviy texnikaviy vositalar bilan kuchlantirib, moddiy va ma'naviy qurollarini ishga solib,
dunyodagi axborot va fikr oqimini o'z manfaati yo'Iida boshqarib turgan, muayyan niyatiga yetish
uchun ishlatadigan va bu borada xilma-xil tarzda namoyon bo'ladigan harakatlarni amalga
oshiradigan g'oyaviy markazga aytiladi. Yurtboshimiz aytganidek, «Bugungi kunda odamzod
ma'lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-
yaqinmanbalardan tarqaladigan, turli ma'no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta'sirini doimiy
sezib yashamoqda».
Biror mamlakatga nisbatan harbiy hujum yoki iqdisodiy zarar yetkazishni osongina ko'rish va
sezish
mumkin. Ammo mafkuraviy ta'sir bunday emas. Uning ta'siri radio, televideniye, gazeta-jurnal,
internet,
umuman,
hamma axborot vositalan orqali kirib kelaveradi. Ular odamlarga uyda ham, ko'chadaham, ishda
ham ta'sir etadi. Yadro poligonida tayyorlagan qurol faqat muayyan hududni vayron qiladi, ammo
maflura poligonidan tarqaladigan, sirtdan bezarar bolib tuyuladigan turli axborotlar, filmlar, badiiy
asarlar, o'yinchoqlar, kundal ik ehtiyoj mollari esa, avvalo, insonlarning nozik his-tuyg'ulariga
ta'sir etib, ularning qalbi va ongini egallashga qaratilgandir. Masalan «diniy adabiyot» niqobi ostida
xorijdan olib kelinayotgan ayrim kitoblarda dinga siyosiy tus beriladi, jihod haqida noto'g'ri
ma'lumotlar bayon qilinadi va oqibatda, dinning mohiyatim bilmagan yoshlar bunday targ'ibotlarga
ishonib, noto'g'ri yolga kirib ketishi
14
mumkin. Yoki behayolikni, vahshiylik va zo'ravonlikni targ'ib etadigan filmlar ham ba'zi
mafkuraviy poligonlardan tarqatilayotgan zararli ta'sirlardir. Bugungi dunyoning mafkuraviy
manzarasida ikkita kuchning o'zaro kurashi aniq ko'zga tashlanmoqda, buning birinchisi xalqlarni
taraqqiyot sari intiltirayotgan ilg'or mafkurasi, lkkinchisi esa ularning yoiiga g'ov bo'lishga
urinayotgan zararli va buzg'unchi mafkuralardir.
Erkin va farovon hayot asoslarim yaratib, yanada olg'a intilayotgan ilg'or mamlakatlar o'z
mafkuralarini umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillar negizida rivojlantirmoqda.
Chunki bunday mafkura insonning o'z salohiyatini erkin namoyon etishi uchun imkon beradi
Jumladan, Vatanimizning butun kuch-qudrati, yaratuvchilik iste'dodi yurtimizni yanada ravnaq
toptirish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, shu muborak zaminda yashayotgan barcha
insonlar uchun farovon hayot poydevorini yaratishga qaratilgan. Shu bilan birga, bugungi
tajovuzkor millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik va diniy eksteremizm kabi zararli
mafkuralar taraqqiyotga moslashib, yangi shakllarda bosh ko'tarmoqda. Masalan, sobiq
Yugoslaviya hududidagi tajovuzkor millatchilik, hududiy ayirmachilik asosidagi to'qnashuvlar,
Afg'oniston hududida uya qurib olgan diniy ekstremistik kuchlar bunga misol bo'la oladi.
Diniy ekstremizm dinni niqob qilib olib, zo'ravonlik asosida konstitutsion tuzumga tajovuz
qiluvchi, uni o'zgartirishga urinuvchi jinoyatkor hatti-harakatdir. U bugungi kunda ko'plab mintaqa
va mamlakatlarda uchrab turibdi. Hozirgi davrda mafkuraviy jarayonlar o'ziga xos qator
xususiyatlar kasb etmoqda. Bunda mafkuraviy jarayonlarning, bir tomonidan, demokratiyalashuvi,
insonparvarlashuvi, ya'ni fikrlar xilma-xilligi va rang-barang siyosiy kuchlarning tolerantligi
namoyon bo'lmoqda. Ikkinchi tomondan mafkuraviy, jarayonlar siyosiylashish, inson va jamiyat
hayotining barcha sohalariga umumiy ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega bo'lmoqda. Uchinchidan,
mafkuraviy jarayonlarning milliy davlatlar chegarasida qolib ketmaslik, globallashuv,
integrallashuv va differensiallashuv kabi xususiyatlari ko'zga tashlanmoqda. Bugungi kunning
mafkuraviy manzarasiga ijtimoiy jarayonlarning globallashuvi ham kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Bu
15
hoi axborot tarqatish tizimining, jumladan, internet tarmog'ining butun yer yuzini qamrab olishi
ham bilan bog'liqdir. Endilikda dunyoning bir burchagida qandaydir yangilik paydo bo'lsa, u darhol,
mafkuraviy maqsadlarga bo'ysundirilgan holda, butun jahonga tarqaladi.
Masalan, dunyoning biron bir mintaqasida texnik sabab yoki tabiat qonuniyatlari natijasida
baxtsizlik sodir bo'lsa, bir mafkuraviy markaz o'ziga dushman bolgan boshqa markazni ayblashga
tushadi. Ya'ni «bu fojiada falon markazning qo'li bor», deb butun dunyoga jar soladi. Bu jarayonda
qaysi markazning axborot tarqatish imkoniyati ko'p bo'lsa, odamlarga nima ta'sir etishini, ular
nimaga muhtoj ekanini kirn oldindan yaxshiroq bilsa, dastlab o'sha kuch ularning qalbi va ongiga
o'z nuqtai nazarini singdiradi va axborot jangida yengib chiqadi.
Shuning uchun bugungi kunda dunyodagi turli kuch va markazlar o'rtasida axborot jangi yetakchi
o'ringa chiqmoqda. Aslida turli mafkuralar ba'zi odamlarning soddaligidan foydalanib, mana
shunday kurashlar orqali siyosiy maqsadlarni ko'zlaydi, ya'ni jahon maydonlarini mafkuraviy
jihatdan bo'lib olishga urinadi. Masalan, vahobiylar sobiq ittifoq hududidagi musulmon xalqlarning
mustabid tuzum davrida ancha vaqt diniy ma
1
rifatdan uzilib qolganidan foydalanib, dinni o'rgatish
bahonasida o'zlarining zararli g'oyalarini odamlarning qalbi va ongiga singdirmoqchi bo'ldi. Bu hoi
bizning mintaqamizda, xususan, O'zbekiston hududida ham ko'zga tashlandi. Lekin o'zining
qadimiy an'analariga, mumtoz qadriyatlariga, ajdodlarining boy merosi va ma'naviyatiga ega
bo'lgan xalqimiz bunday da'vatlarga uchmadi, milliy va umumbashariy qadriyatlar, mustaqil
taraqqiyotimiz tajribalari va bugungi sivilizatsiya yutuqlari asosida o'z mafkurasini ishlab chiqishga
kirishdi.
Bunday xavf-xatarlarga qarshi turish uchun xalqimizda, awalo, yosh avlod qalbida mafkuraviy
immunitetni shakllantirish taqozo etiladi Immunitet (lotincha - ozod bo'lish qululish ma'nosidagi
immunitas so 'zidan olingan) deganda organizmdagi mo'tadillikni saqlab, uni turli tashqi ta
'sirlardan, infeksiyalardan himoya qilishga qodir bo'lgan muhofaza tizimi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |