9-mavzu. Globallashuv va umumbashariy muammolarning
falsafiy jihatlari
«Globallashuv» (lot. globus — shar, Yer sayyorasi) — XX asrning
ikkinchi yarmi — XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan
yangi umumsayyoraviy hodisa bo‘lib, hozirgi davrdagi xalqaro tar-
tibotlar, davlatlar va kishilar o'rtasida o‘zaro
aloqalaming kengayi-
shi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital,
tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyalashuv, atrof-muhit-
ga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunala-
rining keng tarqalishi, axborot-mafkuraviy va diniy-ekstremistik
xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushunchadir.
«Globallashuv» atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning
1983-yili «Garvard biznes revyu» jurnalida
chop etilgan maqo-
lasida tilga olingan edi (u yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab
chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jara-
yonini globallashuv, deb atagan). 1985-yilda esa taniqli amerika
lik olim R.Robertson «Globalization» iborasini ilmiy muoma-
laga kiritib, bu tushunchani «odamlar ongida sayyoramizning
torayishi hamda dunyoning yaxlit tarzda anglanishi»ni aks ettirib,
«dunyoning birlashuvi va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning
kuchayishini» ifoda etadigan jarayon sifatida talqin etadi.
Mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara
hamon davom etayotgan hamda bu borada yagona umumiy qarash
shakllanmagan, yaxlit konsepsiya yaratilmagan bo‘lsa-da, gumani-
tar
ilmning turli sohalarida, chunonchi, ijtimoiy fanlarda ushbu
jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari, namoyon bolish shakllari har
tomonlama o‘rganilmoqda. Jumladan,
iqtisodiyot fanida diqqat-
e’tibor asosan moliyaviy globallashuv, global transmilliy korporatsi-
yalarning (TMK) shakllanishi, iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi,
jahon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalarga qaratil
gan. Tarixiy asarlarda esa globallashuv jarayoni insoniyatning ko‘p
asrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Siyo-
satshunoslikda transmilliylashuv jarayonining tezlashuvi, dunyo
mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro
bogliqlikning kuchayishi, BMT
va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yangi umumsayyoraviy
188
tartibning shakllanishi tadqiq etilmoqda. Sotsiologiya sohasi mu-
taxassislari sivilizatsiya va madaniyatning universallashuvi ta’sirida
turli mamlakat va mintaqa xalqlari turmush tarzining yaqinlashuvi
hamda bir xillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda. Ba’zi
faylasuflar XXI asrda dunyoda yagona axloq, umumiy ma’naviyat,
global madaniyat qaror topishini bashorat qilmoqdalar. Boshqalari
esa, Kantning yaxlit abadiy dunyo hamda umumdunyoviy huku-
mat haqidagi g‘oyasiga tayanib, turli millat va xalqlar qadriyatlari-
ning uyg‘unlashuvini asoslashga intilmoqda. Keyingi yillarda ilmiy
adabiyotlarda turli fan yutuqlarini uyg‘unlashtirish asosida hamda
insoniyatning
birlashuvi, ijtimoiy voqelikning universallashuvi va
kishilar dunyoqarashining kengayishi tendensiyalariga tayanib,
globallashuv jarayonining umumiy nazariyasini yaratish borasida
intilishlar ko‘zga tashlanmoqda.
Shu bilan birga, globallashuv jarayonining turli davlatlar
va xalqlarning milliy davlatchiligi va o‘ziga
xos qadriyatlariga,
ma’naviy taraqqiyotiga salbiy ta’sirini ilmiy tadqiq etishga e’tibor
kuchayib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, globallashuv jarayo
nining ijobiy jihatlarini e’tiborga olgan holda, uning g'oyaviy-
mafkuraviy ta’siridan ogoh bolish, aholi, ayniqsa, yoshlarimizni
bunday xurujlardan asrab-avaylash muhim ahamiyat kasb etayot-
ganini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: