Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   221
Falsafa asoslari

Tafakkur qonunlari. 
Inson bilish jarayonida buyum va hodisa- 
lar, ularning sifat, xususiyatlari haqida tushunchalar hosil qiladi, 
fikr-mulohaza yuritadi, ularni mantiqiy boglab, xulosalar hosil 
qiladi. Bu jarayonni tushunish uchun tafakkur shakli va tafakkur 
qonuni nima ekanligini bilib olish zarur.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq, 
izchil, ziddiyatsiz, asoslangan flkr yuritishga imkon beradi. Aniq- 
lik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bolish va asoslanganlik to‘g‘ri 
tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning 
asosini tashkil etuvchi belgilar bolganligi uchun, ularning har 
birini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.
204


Ayniyat qonuni. 
Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritil- 
ganda, ularga xos bolgan barcha muhim belgilar, qamrab olinadi. 
Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatda takrorla- 
nishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega 
boladi. Tafakkurga xos bolgan bu aniqlik xususiyati Ayniyat qo- 
nunining mohiyatini tashkil etadi.
Ayniyat qonuniga ko‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqi­
da aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir 
vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «А—А» 
formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayo- 
nida turli fikrlarni aynanlashtirish va, aksincha, o‘zaro aynan 
bolgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu man- 
tiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayoni- 
da bu qonunni bilib yoki bilmasdan buzish holatlari uchraydi. 
Ba’zan bu holat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan bogliq 
boladi. Tilda mavjud bolgan omonim va sinonim so‘zlarning 
qollanishi ham ba’zan turli fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishi- 
ga, ya’ni noto‘g‘ri muhokamaga olib keladi. Bahs-munozara ja- 
rayonida qanday qilib bolsa ham raqibini aldash va yutib chiqish 
maqsadida Ayniyat qonuni talablarini ataylab buzuvchilar soflst­
lar deb ataladi, ularning ta’limoti esa sofistika deyiladi.
0 ‘zbek xalqiga xos bolgan askiya san’atida Ayniyat qonuni ta- 
labining ataylab buzilishini so‘zlarning o‘z ma’nosida emas, balki 
ko‘chma ma’nolarda qollanishini kuzatish mumkin. Bu o‘ziga 
xos so‘z o‘yini bolib, unda qollaniladigan nozik qochirimlar 
askiya aytuvchining mahoratini ko‘rsatadi va tinglovchilarning 
kulgusiga sabab boladi. Aytish mumkinki, hayotda, amaliyot- 
da tushunchalarning turli ma’nolarda qollanilishi g'arazli yoki 
beg‘araz, yaxshi yoki yomon maqsadlarga xizmat qilishi mumkin.
Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakl- 
lariga xos bolgan umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning 
talablari tafakkurning har bir shakliga xos bolgan konkret qoi- 
dalarda aniq ifodalanadi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin