Falsafa asoslari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   221
Falsafa asoslari

Demografik muammolar. 
XX asr o‘zining bir qator belgilari 
bilan oldingi barcha davrlardan keskin farq qiladi. Xususan, XX 
asrni «demografik portlash» davridir, degan qarashlar ham keng 
tarqalgan. Bunda qolgan barcha jahonshumul muammolarni 
keltirib chiqaruvchi bosh sabablardan biri ham aynan yer yu- 
zida aholining tez sur’atlar bilan ko‘payishi bilan bevosita bogliq 
ekanligi nazarda tutiladi. «Demografik portlash» tushunchasi ijti- 
moiy-tarixiy taraqqiyotning qisqa bir davrida, muayyan mintaqa 
yoki mamlakatda va Shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tug‘ilish 
hisobiga aholi miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi.
Insoniyatning oldida ana shunday xavf borligi to‘g‘risida 
dastlab ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766—1834-y.) 
ogohlantirgan edi. U o‘zining «Aholishunoslikning qonuniyati 
to‘g‘risida tajribalar» nomli kitobida aholining geometrik progres- 
siya bo‘yicha ko‘payishini, uning hayot kechirishi uchun zarur 
bolgan moddiy ne’matlarning ko‘payishi arifmetik progressiya 
bo‘yicha ro‘y berishini aytgan edi. Maltus bu jarayonning oldi 
olinmasa, yaqin kelajakda, planetar masshtabda, tabiiy muhit 
berishi mumkin bolgan moddiy ne’matlar miqdori bilan juda tez 
sur’atlarda ko‘payayotgan dunyo aholisi ehtiyoji o‘rtasida ziddiyat 
vujudga kelishini bashorat qilgan edi.
Darhaqiqat, bundan 6—8 ming yillar oldin yer yuzida 5 mln. 
atrofida odamlar istiqomat qilishgan, deb taxmin qilinadi. Bu 
ko'rsatkich eramizning boshlarida 230 mln., 1-ming yillikning 
oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy zamonida 305 mln., 
1500-yilda 440 mln., 1800-yilda 952 mln., 1900-yilda 1656 mil- 
lionni, 2012-yilda esa 7 mln.ni tashkil etgan. XVI asr boshidan
199


XIX asr boshigacha, ya’ni uch asr mobaynida bu ko‘rsatkich 174 
foizga oshganligini; 1900-yildan to 2016-yilgacha esa bu nisbat 
salkam 5 barobar oshganligini kuzatamiz.
XX asrning ikkinchi yarmida yer yuzi mintaqalarida aholi- 
ning tabiiy ko‘payish sur’atlari turlicha bolib, bu o‘z navbatida, 
Yer yuzida mintaqalar, mamlakatlar, xalqlar salmoglning kes­
kin o'zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, 1800-yilda (Napoleon 
zamonida) Fransiya aholisi 27 mln. kishi — Yer yuzi aholisi- 
ning 3 foizini tashkil etgan bolsa, Filippin orollarida yashayot- 
gan aholi 1,6 mln. kishi miqdorida bolib, planeta aholisining 
umumiy salmoglga nisbatan 0,16 foizni tashkil etardi. 1999-yil 
13-oktabr kuni Yer yuzi aholisi olti milliardlik dovonni bosib 
o‘tdi. Fransiya aholisi 56,2 mln.ni, Yer yuzi aholisi salmoglning
0,94 foizini, Filippin aholisi ham 65 mln. kishini tashkil etib, 
jahon aholisidagi salmogl (1,05%) bo‘yicha Fransiyadan o‘zib 
ketdi. Bu borada milliarddan ko‘p aholi yashaydigan Xitoy va 
Hindiston alohida o‘rin tutadi. Xullas, bu masala bir mamlakat 
doirasidan chiqib, jahon muammosiga aylandi. U bilan bogliq 
muammolarni hal qilish uchun ham butun jahonda mushtarak 
faoliyat olib borish zarur.
Umumbashariy muammolar 0 ‘zbekistonni ham chetlab 
o‘tgan emas. Albatta, mamlakatimizda sobiq ittifoqdan meros 
qolgan eng global muammo Orol fojiasi ekanligini bilamiz. Bu 
borada respublikamiz mintaqadagi davlatlar orasida ko‘pdan-ko‘p 
tashabbuslarni o‘rtaga tashlab kelmoqda. Shu bilan birga, mam- 
lakatimiz aholisi ham muttasil o‘sib bormoqda.
0 ‘zbekiston o‘z aholisi o‘sishi bilan bogliq masalalarni, aytish 
mumkinki, muvaffaqiyatli hal qilishga kirishdi. Keyingi paytlarda 
respublika hukumati inson sogliglni muhofaza qilish, tug‘ilgan 
har bir chaqaloq oldida ota va onaning, qolaversa, jamiyatning 
javobgarlik hissini oshirish borasida, Shuningdek, farzandning 
ota-ona va Vatan hamda xalqi oldidagi burchlarini chuqur ang- 
lashlari uchun juda katta ma’naviy rag‘batlantiruvchi tadbirlar 
ishlab chiqqanligi o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsad- 
da «Soglom avlod» jamg‘armasining tuzilishi, «Soglom avlod 
uchun» ordenining ta’sis etilishi ham flkrimizning dalili boladi.
200


Bugungi kunda ajdodlarimizning o‘z Vatani, tabiiy muhitga 
mehr-muhabbatli bolish kabi muqaddas tuyg‘ulari avloddan-av- 
lodga meros bolib o‘tayotganligi bejiz emas. Zero ona Vatani- 
miz Yer yuzining eng obod va ozod go‘shalardan biriga aylanishi 
shak-shubhasizdir.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin