Sovet mustabid tuzumining bo‘hroni iqtisodiy sohani ham chetlab o‘tmadi. Bu jarayon 50-yillaming oxiri va 60-yillarda boshlandi. Buni biz 1956-1960-yillarga mo‘ljallangan besh yillik va 1959-1965-yillarga mo‘ljallangan yetti yillik rejalaming juda ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha bajarilmay qolganligida ko‘ramiz. Bu, ayniqsa, 80-yillarda kuchli tus oldi. M.S.Gorbachevning quyidagi so‘zlari yuqoridagi xulosani tasdiqlaydi: «Biz mamlakatdagi vaziyatni tahlil qilganimizda, eng awalo, ekonomikaning o‘sishiga to‘sqinlik qilinayotganligiga duch keldik. Milliy daromadlaming o‘sish sur’atlari keyingi besh yillik davomida ikki hissadan ziyod pasaydi, 80-yillar boshiga kelib esa bu sur’atlar shunday darajaga tushib qoldiki, u amalda bizni iqtisodiy turg‘unlikka yaqinlashtirib qo‘ygan edi. Ilgari dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlarga shitob bilan yetib olgan mamlakat bir pozitsiya ketidan ikkinchisini qo‘ldan boy bera boshladi. Buning ustiga ishlab chiqarish samaradorligini va mahsulot sifatini oshirishda, fan-texnika taraqqiyotida zamonaviy texnika va texnologiyani ishlab chiqish va o‘zlashtirishda rivojlangan mamlakatlardan orqada qolish bizning ziyonimizga ko‘paya bordi»1. Buning eng asosiy sababi-ishlab chiqarish fondlarini o‘stirishning birdan bir asosiy shakli sifatida intensiv yo‘l emas, balki ekstensiv yo‘lni tanlagani bo‘ldi. Buni biz shu misoldan ham ko‘ramizki, sobiq Ittifoqda 1961-1970-yillarda Milliy daromadning o‘sishi 7,1 foiz va 8,8 foizni tashkil etgani holda, 1971-80-yillarda bu 5,0 va 8,1 foizga teng bo‘ldi. Sobiq Ittifoqda yagona xo‘jalik kompleksi degan daqqiyunusdan qolgan iborani bo‘lar-bo‘lmasga hadeb ishlataveradigan ba’zi olimlar yana ajab bir tarzda «turg‘unlik» umuman Ittifoqda bo‘lmagan, mabodo Ittifoqda bo‘lgan bo‘lsa-da 0 ‘zbekistonga uning hech qanday daxli yo‘q, 0 ‘zbekiston iqtisodi muttasil rivojlanib doimo cho‘qqilar sari borgan, deb isbotlashga asossiz urinadilar. Bu g‘oyaning asossizligi shundaki: 1 Gorbachev M. S. «Qayta qurish va yangicha fikrlash», 16-bet. 566 Birinchidan, sobiq Ittifoq yagona xo'jalik kompleksi bo‘lsa-yu «turg‘unlik» kasali Ittifoqni o‘z domiga tortib 0 ‘zbekistonni chetlab o‘tdimi? Inson kasallanib vujudining harorati oshibdi-yu harorat insonning yo qo‘li, yoki oyog‘iga o‘z ta’sirini o'tkazmapti, deyish kabi mantiqsizlik emasmi? Ikkinchidan, 0 ‘zbekiston sobiq Ittifoq yagona xo‘jalik kompleksining bir bo‘lagi bo'lganda ham, uning oddiy bir bo‘lagi emas, balki mustamlaka tazyiqiga olingan, hamma tomonlama Markazga qaram va tobe bo‘lagidir. Bas shunday bo‘lgach, Ittifoq turg‘unlik botqog'iga botgan ekan, 0 ‘zbekiston qanday qilib chetda qoladi? Albatta, bunday da’volaming asossizligini o‘jar dalil va faktlar batamom inkor etadi. 0 ‘zbekistonda ham iqtisodiy bo‘hron va turg‘unlik, ayniqsa, 80-yillarda o‘zining butun bo‘yi-basti bilan amal qilganligini ko‘rsatadi. Biz 0 ‘zbekistondagi vaziyatning yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va aholi jon boshiga milliy daromad taqsimotining Ittifoqdagiga qaraganda bir necha barobar orqada bo‘lganligini ko‘ramiz. Masalan, 80-yillarda 0 ‘zbekiston kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha Ittifoqda oxirgi o‘rinlardan birida bo'lgan, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha esa Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa1 past bo‘lgan. 1976-1986-yillar mobaynida 0 ‘zbekistonning mamlakat milliy daromadiga qo‘shadigan hissasi amal da ko‘paymadi2. Farg‘ona viloyatida 1982-yilda 8 ta sanoat korxonasi mahsulot realizatsiya qilish rejasini bajarmadi, beshdan bir korxona tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 1981-yil darajasiga yetkaza olmadi. Viloyatning 29 korxonasi mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha 1981-yilgi ko‘rsatkichdan ham orqada qolib ketdi, yettita korxona bu boradagi rejani eplay olmadi3. Sanoatda mehnat unumdorligi masalasiga kelsak, 0 ‘zbekistonda bu ko‘rsatgich Ittifoq darajasining atigi 40 foiziga teng edi, xolos. Qishloq xo‘jaligida esa mehnat unumdorligi umum Ittifoqning o‘rtacha ko‘rsatgich darajalaridan ikki barobar4 kam bo'lgan. Bu shunga olib keldiki, ishlab chiqarish sur’atlari ilgarilash o‘miga 1 « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1990-yil, 5-iyun. 2 «Sovet 0 ‘zbekistoni» gazetasi, 1986-yil, 31-yanvar. 3 0 ‘zR PDA, 58-fond, 355-ro‘yxat, 32-ish, 8-varaq. 4 « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1990-yil, 5-iyun. 567 orqaga ketdi. 1981-1985-yillarda 0 ‘zbekistonda sanoatda ishlovchi har bir ishchi hisobiga mahsulot tayyorlash 29 foiz ko‘payish o‘miga bor yo‘g‘i 8 foiz ko‘paydi. Qurilishda mehnat unumdorligi atigi 3 foiz o‘sdi, qishloq xo‘jaligida esa hatto kamayib ketdi. Bu salbiy holatlaming oqibatlari shu bo‘ldiki, belgilangan davlat rejalari va topshiriqlari bajarilmadi, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifat ko‘rsatgich darajalari xalqaro standartlar talabi u yoqda tursin, ichki bozor talablarini ham qondira olmadi. Natijada, keraksiz brak mahsulotlar ko‘paydi, bundan davlat va xalq xo‘jaligi hisobsiz zarar ko‘rdi. Faqat 1985-yilda respublika sifatsiz ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun jarimalar to‘lash, ulaming narxlarini pasaytirish hisobidan 700 million so‘m' zarar ko‘rganligi ishonchli manbalarda qayd etiladi. 1981-1985-yillarda 0 ‘zbekistonda sanoatdagi yangilanish sur’ atlari 1980-yildagiga nisbatan ikki barobar kamaydi. 1986-yilda 0 ‘zbekiston Konstruktorlik byurosi ishlab chiqqan va ishlab chiqarishga yuborgan mashinalaming 60 foizdan ko‘prog‘i zamon talabi darajasida bo‘lmagan. 1986-yilda 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mebel mahsulotlarining 38 foizi, tekshirilgan sharbatlar va ichimliklaming 46 foizi, gilamlaming 95 foizi, shoyi gazlamalaming 49 foizi brak qilingan va narxi pasaytirilgan. 129 korxonaning mahsuloti talab darajasida bo‘lmaganligidan savdoga chiqarilmadi. Xuddi shu yili respublikadagi 130 dan ortiq korxona mahsulot realizatsiya qilish rejalarini, 260 taga yaqin korxona2 mehnat unumdorligi rejalarini eplay olmadi. « 0 ‘zbekxlopmash» birlashmasi sumnkasiga 14 yil davomida eskirgan nusxadagi podborshiklar va 19 yildan beri eskirgan shamollatgich (vintelyator)lar ishlab chiqargan. 1986-yilda esa bu korxona ishlab chiqargan paxta tozalagichlaming hammasi - 100 foizi3 brak deb topildi. Qishloq xo‘jaligi va chorvachilikdagi ahvol sanoatdagidan ko‘ra afzalroq emas edi. Biz yuqorida sho‘rolar davrida 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligi bir tomonlama va asosan ekstensiv yo‘l bilan rivojlantirilganligini ta’kidlagan edik. Bu yaroqsiz usul, xususan, 80- yillarda 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligini ham turg‘unlik holatiga solib 1 «Sovet 0 ‘zbekistoni» gazetasi, 1986-yil, 31-yanvar. 2 «Sovet 0 ‘zbekistoni» gazetasi, 1986-yil, 4 iyul; 1987-yil 16-may. 3 «Sovet 0 ‘zbekistoni» gazetasi, 1986-yil, 4-iyul. 568 qo‘ydi. 1981-1985-yillarda davlat tomonidan belgilangan rejalar paxta, don, go‘sht, sut, tuxum sotish kabi sohalarda bajarilmadi. Respublika bo‘yicha jami bo‘lib 1,3 milliard so‘mlik mahsulot kam berildi. 1984-yilda respublika davlatga sut va go‘sht topshirish rejalarini uddalay olmadi, 645 jamoa va davlat xo‘jaliklari 32 ming tonnadan ortiq go‘sht yetkazib bermadilar, 1008 xo‘jalik - 112 ming tonna sut, 492 jamoa va davlat xo‘jaligi 180 million dona tuxum. topshirmadi1. Ishlab chiqarish fondlarining har so‘mi hisobiga mahsulot olish kamaydi. 1976-1984-yillarda Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligiga davlat 8 milliard2 so‘m mablag1 sarfladi. Maydonning hajmi jihatidan bu respublikada ishga tushirilgan qo‘riq yerlaming yarmisiga teng bo‘ldi. Ammo bu regionlarda paxta yetishtirish ko‘payish o‘miga kamayib ketdi. Farg‘ona viloyatidagi jamoa va davlat xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi 1975-yildagi 19 foizdan 1980-yilda 13 foizga tushib qoldi. Viloyatdagi jamoa xo‘jaliklarining Davlat bankidan olgan qarzdorligi 71 million so‘mga yetdi3. Viloyatning uch tumani (Bog‘dod, Frunze va Yozyovon), 23 ta jamoa va davlat xo‘jaliklari, 717 brigadasi 1982-yilda davlatga paxta topshirish rejasini bajara olmadi4. 1985-yilda jami bo‘lib respublikadagi tumanlaming yarmi, 2 ming brigada paxta tayyorlash yillik rejalarini bajarmadi. 1986- yilda 424 sovxoz va 22 jamoa xo‘jaligi yilni zarar bilan yakunladi. Umuman olganda, 1985-yilga nisbatan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 1986-yilda 2 foiz kamaydi5. Qishloq xo‘jaligining boshqa sohalaridagi davlat rejalari ham bajarilmadi. Iqtisodiy turg'unlik, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ayniqsa chorvachilikka halokatli ta’sir ko‘rsatdi. Chunki Moskvaning ko‘rsatmalariga muvofiq bu sohaga e’tibor talab darajasida bo‘lmadi. Chorva mollari tuyoq soni keskin kamaydi. Birgina sigirlar soni 1986-yilda 1981-yildagiga nisbatan 1,2 ming boshga kamaydi. Natija 1 0 ‘zR PDA, 58-fond, 357-ro‘yxat, 31-ish, 31-varaq. 2 «Sovet 0 ‘zbekistoni» gazetasi, 1986-yil, 31-yanvar. 3 0 ‘zRPDA, 58-fond, 342-ro‘yxat, 174-ish, 7-varaq. 4 0 ‘sha manba, 355-ro‘yxat, 32-ish, 8-varaq. 5 «Sovet 0 ‘zbekistoni» gazetasi, 1989-yil, 31-mart. 569 shu bo‘ldiki, 1981-1985-yillarda respublika aholisiga rejadagiga qaraganda 70 ming tonnadan ko‘proq go‘sht, 220 ming tonna sut, 100 million dona tuxum1 yetkazib berilmadi. Aholining shaxsiy chorva xo'jaliklari yanada ayanchli holatga tushib qoldi. Iqtisodiy bo‘hron va turg‘unlikning bosh sababi va uning asosi qayerda, degan savol tug‘iladi. Birinchi va asosiy sabab, adolatsizlik, haqsizlik, tengsizlik va milliy mustamlakachilikka asoslangan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tuzumda edi. Ikkinchi asosiy sabab, «lenincha adolatli milliy siyosat»ni niqob qilib olib, kommunistik partiyaning byurokratik yakkaboshchilikka, buyruqbozlikka va zo‘rlikka tayanuvchi siyosatida edi. Uchinchi asosiy sabab, Ittifoq «yagona xo‘jalik kompleksi» degan niqob ostida ishlab chiqarish va rejalashtirishning Moskva qo‘lida haddan tashqari markazlashtirilishi va bo‘ysindirilishi edi. So‘zda, qog‘ozda «teng huquqli va suveren» bo‘lgan 0 ‘zbekiston hech qanday huquqqa amalda ega emas edi. Barcha direktiv rejalar Moskvada - Gosplanda hal bo‘lardi. 0 ‘zbekiston uchun tuzilgan direktiv reja va topshiriqlami mamlakatimiz tub joy sharoiti va imkoniyatlaridan mutlaqo bexabar bo‘lgan kimsalar tomonidan ishlab chiqilar va «asoslab» berilar edi. 0 ‘zbekistonning vazifasi faqat uni so‘zsiz bajarishdan iborat edi. Islom Karimov « 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» nomli fundamental asarida bu jarayonni atroflicha tahlil qilar ekan, bunday deydi: «Boshqacha qilib aytganda, mahsulot kerakmi yoki kerak emasmi, unga talab bormi yoki yo‘qmi, xalqaro talablarga mos keladimi yoki yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, u butun Ittifoq bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va iste’molchilarga taqsimlanar edi. Biriktirilgan iste’molchi esa bu mahsulotni olishi va o‘z navbatida, o‘z mahsulotini boshqa korxonalarga yetkazib berishi shart edi. 0 ‘zaro mahsulot yetkazib berganlik uchun haq mazkur markazlashtirilgan tizim kuchlari bilan amalga oshirilar edi»2. Bunday sharoitda moddiy manfaatdorlik, raqobat, talab va taklifni bozor asosida mutanosiblashtirish degan tushunchalar bo‘lishi mumkin emasdi. Bulaming hammasi Markazning qo‘lida va ixtiyorida edi. «Oqibat natijada, - deydi Islom Karimov, - yuqori 1 «Sovet 0 ‘zbekistoni» gazetasi, 1989-yil, 31-yanvar. 2 Karimov I. O'zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo'lida. - Т.: 0 ‘zbekiston, 1995, 210-bet. 570 darajada markazlashgan tizim vujudga kelib, u hamma narsani Ittifoqning cheklangan tizimi doirasida, haqiqiy talabni hisobga olmagan holda, nimani va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerakligini belgilar edi. Bulaming hammasi qachondir tugashi kerak edi, chunki xomashyo resurslari cheklangan bo‘lib, yopiq tizimda ishlab chiqarishni ichki resurslarga asoslangan holda rivojlantirish uzluksiz davom etishi mumkin emas edi. Bu narsa iqtisodiy hayotda turg'unlikkagina emas, balki texnika taraqqiyoti aynishiga hamda fan va texnika yutuqlarini, ilg‘or texnologiyani qabul qila olmaslikka, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan jarayonlardan orqada qolishga ham olib keldi»1. Shunday qilib, 80-yillarda mamlakat juda katta va halokatli turg‘unlik va bo‘hron iskanjasida edi. Bu hoi aholining sotsialiqtisodiy turmush sharoitiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi, albatta. 9-§. Xalqning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli Sovet davri siyosati «hamma narsa inson uchun, insonning baxt-saodati uchun» degan balandparvoz shiorlar pardasiga o‘ralgan bo‘lib, amalda tub yerli aholini har tomonlama tahqirlovchi va kamsituvchi mustamlakachilarga xos siyosatdan iborat edi. 0 ‘zbekiston aholisining iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli haqida fikr yuritgan pokistonlik Mavlon Ragib Hasan ulami «davlat qullari yoki davlat dehqonlari» deb ataydi. 0 ‘zbekistonning iqtisodiy tuzumini - «mutlaq davlat feodalizmi», deb baholaydi. Odamlar o‘z fikrlariga ega emaslar, o‘zlariga ish va yashash uchun mahsulot tanlay olmaydilar. «Ular jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, fabrika va zavodlarga bog‘lab qo‘yilganlar. Ular ishdan bo‘shay olmaydilar, yangi hayot boshlash uchun boshqa yerga keta olmaydilar. Qochoqlik uchun jazo darajasi o‘limdir. Erkin mehnat bozori yo‘q (mehnat biijasi), negaki erkin ishbilarmonlik va xususiy mulkchilik ham yo‘qdir»2. Bu bilan biz 1946-1985-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy sohada qilingan ishlami e’tibordan qochirayotganimiz yo‘q. Albatta, bu yillarda ham aholining uy-joy bilan ta’minlanishi, vodoprovod, 1 0 ‘sha manba, 211-212-betlar. 2 O'zR MDA, R-2037-fond, 282-ish, 28-varaq. 571 kanalizasiya qurilishi, madaniy-maishiy inshootlami barpo qilish va hokazo sohalarda ancha ishlar qilindi, bunday ishlar har qanday sharoitda ham qilinmasligi mumkin emas edi. Biz bu o‘rinda o‘quvchi diqqat-e’tiborini sho‘rolar hukumatining 0 ‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada ko‘rsatgan shovinistik-ulug‘ davlatchilik faoliyatiga qaratmoqchimiz. Ittifoq-yagona xo‘jalik kopleksi, unda hamma respublikalar va xalqlar teng huquqlarga ega, deb e’lon qilingan va u Sovet Konstitutsiyasida yozib qo‘yilgan bo‘lsa-da amalda, hayotda mutlaqo boshqa qonunlar harakatda edi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasidagi ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va idoralaridagi xodimlar bilan 0 ‘zbekistondagi xodimlaming ish haqlari bir-biridan keskin farq qilardi. Hatto 0 ‘zbekistonning o‘zida ham Ittifoq tasarrufidagi (497 ta) korxonalar bilan mahalliy korxonalarda ishlaydigan ishchilaming oladigan oylik maoshlari o‘rtasida ham katta farq bo‘lardi. Jumladan, 1950- yilda ittifoq tasarrufidagi korxonalar ishchilarining ish haqlari 133 foiz oshgani holda, respublikaga qarashli korxonalardagi mehnatkashlaming ish haqlari faqat 73 foiz oshdi, xolos. 80- yillaming o‘rtalariga kelganda 0 ‘zbekiston aholisining jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlari Rossiya Federatsiyasi va boshqa respublikalarga taqqoslaganda 2-3 barobar kam edi. Ayniqsa, jamoa xo‘jaliklari a’zolarining oylik ish haqlari juda past edi. Aholiga tibbiyot xizmati ko‘rsatish ham talab darajasida emasdi. Markaziy hukumat 0 ‘zbekistonda aholi jon boshiga tibbiyot xizmati ko‘rsatish maqsadlari uchun o‘rtacha 49 so‘m 77 tiyin mablag1 ajratdi. Holbuki, bu ko‘rsatgich Ittifoq miqyosida qariyb ikki barobar ortiq bo‘lib, 81 so‘mu 85 tiyinga teng edi. 0 ‘zbekiston aholini uy-joy bilan ta’minlashda ham eng og‘ir ahvolda bo‘lgan. To‘g‘ri, har bir kishiga to‘g‘ri keladigan foydali yashash joyi bilan hisoblaganda mamlakatda 1980-yilda 10,3, 1985- yilda 11,0 m o‘sganligini ko‘ramiz. Ammo bu Ittifoq miqyosidagi eng past ko‘rsatgich edi. Bolalar bog‘chalari bilan ta’minlanish va boshqa madaniy-maishiy ishlar sohasida ham respublikada og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi. 80-yillarda aholining 60 foizdan ortiqrog‘i yashab istiqomat qilayotgan o‘zbek qishlog‘ining ahvoli g‘oyatda tang edi. 1978-yilga qadar Samarqand viloyatining 46 foiz, Jizzax viloyatining 60 foiz, Buxoro viloyatining esa 20,1 foiz qishloq aholisigina 572 toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan edi. Samarqand viloyatining Paxtachi, Xatirchi, Ishtixon, Jomboy, Kattaqo‘rg‘on tumanlari 11- 29 foizgacha, Buxoro viloyatining Olot tumani 9%, Kogon tumani 12%, Shofirkon tumani 11%' vodoprovod suvi bilan ta’minlangan edi, xolos. Toshkent viloyatining faqat 4 tagina davlat xo‘jaligida kanalizasiya mavjud edi. Respublika qishloq aholisining atigi 12,6 foizi2 kanalizasiya bilan ta’minlangan edi. 0 ‘zbekiston Respublikasi bolalar bog‘chalari va yaslilar bilan ta’minlanishda ham ittifoqda oxirgi o‘rinlardan birida edi. 1982-yilda Buxoro viloyatida bolalar bog‘chalari va yaslilari bilan viloyat aholisining atigi 29 foizi ta’minlangan bo‘lsa, jamoa xo‘jaliklarida esa bu ko‘rsatgich undan ham past - 19,1 foizni, davlat xo‘jaliklarida 14,2 foizni tashkil etgan. Viloyatning Kogon, Navoiy, Navbahor, Romitan kabi tumanlarida ahvol yanada achinarli bo‘lib, faqat 9-10 foiz bolalar bog‘cha va yaslilarga joylashtirilgan3 edi, xolos. Viloyatdagi bolalar bog‘chalari va yaslilari boshliqlari va tarbiyachilarining atigi 66 foizi oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega boTgan. Bolalar bog‘chalarining yarmi musiqa sohasi mutaxassisi bilan ta’minlanmagan4. 1983-yilgi ma’lumotlarga qaraganda, Xorazm viloyatida bolalar bog‘chalari va yaslilari bilan ta’minlanish darajasi 26,5 foizni tashkil etgan, xolos. Respublika miqyosida bu ko‘rsatgich 37,5 foizga teng edi5. 0 ‘zbekiston Kompartiya MQ Byurosining 1985-yil 10 apreldagi 120-sonli qarorida ko‘rsatilishicha, respublika Maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligi tarkibiga kiruvchi korxonalarda faqat 1984-yilda yo‘l qo‘yilgan qo‘shib yozishlar oqibatida davlat 27 million so‘m zarar ko‘rdi. Bu 1981-1983-yillardagi keltirilgan zararga nisbatan 5 baravar ko‘p demakdir. Vazirlik 1981-1984-yillarga belgilangan davlat rejalarini bajarmadi. Faqat 1984-yilning o‘zida aholiga 42 million so‘m hajmdagi maishiy xizmatlar ko‘rsatilmadi6. 0 ‘zbekiston eng bolajon respublikalardan bo‘lganligidan aho1 0 ‘zRMDA, 837-fond, 35s-ro‘yxat, 1041-ish, 42-49-varaqlar. 2 0 ‘sha manba. 3 0 ‘zR PDA, 58-fond, 354-ro‘yxat, 159-ish, 12-varaq. 4 O'sha manba. 5 O'zR PDA, 158-fond, 355-ro‘yxat, 52-ish, 11-varaq. 6 O'zR PDA, 58-fond, 357-ro‘yxat, 43-ish, 10-varaq. 573 lining yerga va hovli joylarga bo‘lgan ehtiyoji yil sayin oshib bordi. 1959-yildan 1986-yilga qadar 0 ‘zbekiston aholisi 10 million 368 ming kishiga ko‘paydi va jami bo‘lib 18 million 487 ming1 kishiga yetdi. Shu boisdan ham 1989-yilgi ma’lumotlarga qaraganda, 0 ‘zbekistonda 240 ming oilaning mutlaqo yeri bo‘lmagan, 1,8 milliondan ko‘proq hovli esa uy-joy qurilishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun kengaytirishga juda muhtoj edi. Faqat Toshkent shahrining o‘zida 92 ming oila2 yer uchastkasi olish uchun navbat kutardi. Yuqorida aytilgan fikrlami jamlashtirib xulosa qilinadigan bo‘lsa, 0 ‘zbekiston xalqi 80-yillaming o‘rtalariga kelib sobiq Ittifoqda eng og‘ir va nochor iqtisodiy ahvolga tushib qolgan edi. 0 ‘zbekistonda paxta yakkahokimligining avj olishi, aholi uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlarining kam ishlab chiqarilishi, qimmatchilik, narx-navoning oshuvi va eng muhimi, aholi xarid quwatining nochorligi mamlakatda og‘ir oqibatlami keltirib chiqardi. O'zbekiston yiliga aholining o'rtacha go‘sht, sut, tuxum kabi mahsulotlami iste’mol qilishi bo‘yicha Ittifoq ko‘rsatkichidan 3-6 barobar kam edi. Jon boshiga o‘rtacha daromad oyiga 75 so‘mdan kam bo‘lgan aholi soni qariyb 45 foizni tashkil etardi3. SSSR Statistika boshqarmasining bergan ma’lumotlariga qaraganda, 1986-yil 25-mayda Toshkent shahri bozorlarida karam narxi Belgorod shahridagiga qaraganda ikki barobar qimmat, lavlagi narxi esa Omsk va Tomsk bozorlaridagiga nisbatan bir yarim barobar qimmat boigan. Nukus shahri bozorlarida esa sabzi Tobolsk va Novokuznesk shaharlaridagi narxda sotilgan4. Sovet tuzumi shunday nohaq va adolatsiz jamiyat barpo etdiki, unda haq, adolat, insof va diyonat bilan yashagan insonning umri xorlik, qashshoqlik va nochorliqda o‘tar edi. Chunki mazkur tuzumning asosida «Yo'qolsin boylar, yashasin yo'qsillar!» g‘oyasi yotardi. Ayni paytda bu tuzum sharoitida hatto oddiy bir yumushni ham to‘g‘rilik va adolat yo‘lida hal qilishning iloji yo‘q edi. Har 1 To‘xliyev N. O'zbekiston iqtisodiyoti. -T.:0'qituvchi, 1994, 4-bet. 2 «O'zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1989-yil, 25-avgust. 3 O'zbekiston Respublikasi. Ensiklopediya. - Т.: Qomuslar Bosh tahririyati, 1997, 182-183-betlar. 4 «Sovet O'zbekistoni» gazetasi, 1986-yil, 4-iyul. 574 bir ish tanish-bilishlik, oshna-og‘aynichilik, qarindosh-urug‘chilik, oldi-berdi va pora asosiga qurilgan edi, ijtimoiy-siyosiy tuzum strukturasining o‘zi buni taqozo etardi. Shu boisdan Sovet tuzumi davrida respublikada pul topish va ish bitirishning birdan bir yo‘li nopoklik va qalloblik edi. Bu yo‘l shu darajada tomir otdiki, u sho‘ro jamiyatining o‘zini ham ich-ichidan yemirdi. 0 ‘g‘irlik va davlat mulkini talon-r taroj qilish jarayoni hatto fashizmga qarshi hayot-momot kurashi ketayotgan og‘ir yillarda ham rivojlansa rivojlandiki, kamaymadi. Birgina 0 ‘zbekiston SSR Iste’mol Kooperasiyasi tarmoqlarida 1942-yilda 10.273 ming so‘m o‘g‘irlik va kamomad qilingan bo‘lsa, 1945-yilda bu ko‘rsatkich 16.362 ming so'mga yetgan1. Urushdan keyingi yillarda yashash va turmush kechirishning bu tarzi yanada avjiga mindi. Yuqorida nomi tilga olingan respublika Iste’mol Kooperasiyasidagi o‘g‘irlik darajasi yanada avj olib, 1947-yilning faqat 3 kvartalining o‘zida 18.977 ming so‘mga yetdi2. 1948-yilda birgina Bekoboddagi Farhodstroyning boshlig‘i Vulf 66.518 so‘mlik tovarni qayta hisoblashdan yashirib o‘g‘irlagan. Sir fosh etilgach esa u o‘z joniga qasd qilishdan boshqa yo‘lni topa olmagan3. « 0 ‘zbekzagotzemo» idorasida o‘mashib olgan Koloyarova, Qurbonov, Titov, Nosova, Konstantinov va boshqa jami 26 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh davlat omborlaridagi don mahsulotlaridan 1946-yilda 731 tonnayu 368 kg ni, 1947-yilda esa 1543 tonnayu 180 kg ni o‘margan. 0 ‘zbekiston hududida 40-yillaming oxirlariga qadar ham oziqovqat mahsulotlariga kartochka tartibi saqlanganligi ma’lum. Insof va diyonat asosida emas, «yangicha axloq» ruhida tarbiya topgan kimsalar o‘z mansab lavozimlaridan foydalanib, hatto ana shu kartochkalami tarqatish jarayonida ham harom va порок usullar bilan mo‘may pul topib boylik orttirganlar. 1947-yil iyul oyida 30 kishidan iborat порок shaxslarga qarshi 20 ta jinoiy ish ochilgan va ularning 21 tasi4 qamoq jazosiga mahkum etilgan. 1947-yil 6-iyulda Ichki ishlar vazirligi Pop tumani bo‘limi xodimlari tumanda ana shunday порок ish bilan shug‘ullanib 1 0 ‘zR MDA, R-837-fond, 3 1-ro‘yxat, 156-ish, 103-varaq. 2 O'sha manba. 3 O'sha manba, 87-varaq. 4 O'zR MDA, 837-fond, 31-ro‘yxat, 52-ish, 198-varaq. 575 xalqning nonini yarimta qilib yurgan Lyakin Aleksey Konstantinovichni qamoqqa oldilar. U non uchun kartochka olish davomida ro‘yxatga xayoliga kelgan odamlaming ismi-shariflarini qo‘shib yozib ortiqcha kartochkalar olgan va ulami o‘zlashtirgan. Jumladan, Lyakin ikki oy mobaynida har biri 500 grammdan 20 ta kartochka olgan va jami bo‘lib 270 kg nonni o‘z jig‘ildoniga joylagan1. Shuningdek non kartochkalari bilan oddiy insonlaming rizqini qiyib порок va harom yo‘llar bilan boylik orttirganlar qatorida Namangan shahrida « 0 ‘zselxozsnab» vakili Kupina Mariya, Baza boshqamvchisi Kurmaev, QQASSR Xo‘jayli tumanidagi non zavodi vakili Samarkina - u ayni paytda Smirnova Yelizaveta Ivanovna hamdir, Qo‘qonda 0 ‘rmon xo‘jaligi vakili Snegireva Antonina Grigorevna va boshqalar2 ham bor edi. 0 ‘zbekiston SSR da 1958-yil davomida 26 million 708 ming 623 so'mlik qiymatga ega bo‘lgan moddiy boyliklar o‘g‘irlangan bo‘lsa, 1959-yilda bu miqdor 36 million 457 ming 505 so‘mga yetdi. Jami bo‘lib 1958-1959-yillarda davlatning 56 million 895 ming 032 so‘mlik boyligi o‘g‘irlanib talon-taroj qilindi3. Butun sobiq SSSR hududida bo‘lgani singari 0 ‘zbekistonda ham ayrim uyushgan gumhdagi qallob kishilar davlat va xalq mulkini o‘g‘irlash, qalloblik va nopoklik, xususan, 60-70-yillarda mislsiz darajada o‘z qabih ishlaridan qaytmadilar. Arxiv materiallarida 1975- yilga qadar har yili sodir etilgan davlat va jamiyat mulkini o‘g‘irlash va kamomad miqdori o‘rtacha 7 million so‘mni tashkil etgan4ligi qayd etiladi. 1965-1967-yillarda va 1968-yilning 9 oyi mobaynida Respublikada 21873 ta jinoiy ish5 sodir etilgan. Shundan 13336 jinoyat davlat va xalq mulkini talon-taroj qilish6 maqsadida amalga oshirilgan. 1971-1975-yillarda 7 mingga yaqin, shu jumladan, 500 tasi katta hajmdagi o‘g‘irliklar aniqlangan. Ko‘rsatilgan davrda 3000 ga yaqin jinoiy uyushgan gumh ochilgan. Sodir etilgan bu jinoiy ishlaming asosiy ijrochilari korxona, idora va tashkilotlaming rahbar va mas’ul xodimlari, davlat va jamoa xo‘jaliklarining boshliqlari (1100 kishi), ishlab chiqarish 1 O'sha manba. 2O lshamanba, 199-202-varaqlar. 3 0 ‘zR MDA, 1714-fond, 2s-ro‘yxat, 309-ish, 30-varaq. 40 ‘zRMDA, 837-fond, 35s-ro‘yxat, 884-ish, 1-varaq. 5 0 ‘zR MDA, 837-fond, 35s-ro‘yxat, 521-ish, 52-varaq. 6 O'sha manba. 576 sohalarining rahbarlari, sex boshliqlari va brigadirlar (2000 ga yaqin), buxgalteriya-hisob sohasi xodimlari (1500 kishidan ortiq) bo‘lib ularning asosiy qismi KPSS a’zosi bo‘lganlar’. Bunday jinoiy ishlar, ayniqsa, «Узсельхозтехника», «Ухглавзаготоскотооткорм», Mebel va yog‘ochni qayta ishlash, Samarqand viloyati yengil sanoat korxonalari, Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi, «Тошплодоовощторг», «Узювелирторг», Urganch vino-aroq zavodi, respublikaning boshqa ko‘plab davlat va jamoat xo‘jaliklarida tomir otgan edi. 1975-yilda yakun topgan jinoiy ishlar bo‘yicha respublika xalq xo‘jaligiga keltirilgan zarar 12 million so‘mga yaqin bo'lgan. 1971-1975-yillarda jinoyatchi unsurlardan musodora qilib olingan mulk va boyliklar jami 20 million so‘m, shu jumladan, 200 kg oltin va kumushni2 tashkil etdi. 0 ‘zbekiston kompartiya MQ va 0 ‘zbekiston SSR Ministrlar sovetining 1972-yil 18-yanvarda qabul qilgan 4 s-sonli « 0 ‘zbekiston SSR qishloq qurilish vazirligida sotsialistik mulkni o‘g‘irlash, talontaroj qilish va xo‘jasizlik bilan kurash ishini tekshirish natijalarining ahvoli to‘g‘risida» qarorida qayd etilishicha, vazirlikda har yili 200-300 ming so‘mlik moddiy boyliklami o‘g‘irlash va o‘zlashtirish odatiy tusga kirib qolgan. Keyingi 5 yilda bu ko‘rsatkich 1 million 108 ming so‘mni tashkil etgan3. 1971-yil 1-oktabrda vazirlikning qarzi 531 ming so‘mga yetgan: URS tashkilotlari bo‘yicha 305 ming so‘m va qurilish tashkilotlari bo‘yicha 226 ming so‘mga teng bo‘lgan4. 1980-yilda 0 ‘zbekistonda amalga oshirilgan barcha jinoiy ishlaming 12 foizi xalq mulkiga ko‘z olaytirish va o‘g‘irlikka to‘g‘ri kelgan. Faqat 1979-1980-yillardagina 5781 kishi xalq mulkini talontaroj qilgani va o‘g‘irligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular davlatga shu davr mobaynida 7.374.965 so‘m zarar keltirganlar5. Ko‘p hollarda savdo xodimlari tovarlar chakana narxining teztez o‘zgarib turishidan ham o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalandilar. 1981-yilda ham huddi shunday bo‘ldi. Respublika Ichki ishlar vazirligi xodimlari shu yil 15-sentabrda Toshkent 1 Olsha manba, 2-varaq. 2 0 ‘sha manba, 2-3-varaqlar. 3 0 ‘zR MDA, 837-fond, 35s-ro‘yxat, 750-ish, 4-varaq. 4 0 ‘sha manba. 5 O'sha manba, 1714-fond, 2s-ro‘yxat, 532-ish, 73-75-varaqlar. 19- 1746 577 shahridagi 27 ta katta savdo tarmoqlarida tekshirish o‘tkazganlarida mazkur tashkilotlaming mutasaddi xodimlari 87000 so‘mlik tovar mahsulotlarini qayta baholashdan o‘tkazishdan yashirib qolganlar'. Jumladan, Hamza tumanidagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi 32-sonli magazinda 69920 so‘mlik vinoaroq va Chilonzor tumanidagi 16-sonli magazinda 1400 kg oliy navli un aholiga sotilmay yashirib qoldirilgan2. 21-25 sentabrda Xorazm viloyatida Urganch RayPOsi 30 yashik (600 shisha) aroqni qayta baholashdan yashirib olib qolgan3. Bunday порок yo‘llar bilan boylik orttirishga intilish va xalqning nonini yarimta qilish hollari viloyatning Xazorasp tumani, QQASSR ning Chimboy (Keness Iste’mol jamiyatiga qarashli 1-sonli magazin) tumanida, Surxondaryo viloyatining Denov (Oxunboboyev nomli Iste’mol jamiyatiga qarashli 48-sonli magazin) tumanida, Namangan viloyati, Pop (ORSga qarashli «Светлана» magazini) tumanida, Farg‘ona viloyatining ikkita magazinida, Buxoro viloyati Kogon RayPOsiga qarashli 1,28 va 32-sonli4 magazinlar va boshqa tarmoqlarda ham sodir etilgan. KPSS MQsining 1985-yil 7-mayda qabul qilgan «Ichkilik va alkogolizmni tugatish choralari to‘g‘risida»gi qarori 0 ‘zbekiston xalq xo‘jaligiga katta zarar keltirdi. Ichkilik va alkogolizmga qarshi kurash bahonasida xalq xo‘jaligiga kattagina foyda va daromad keltirib turgan korxonalar yo‘q qilib yuborildi, ming-minglab gektar uzumzor, bog‘larga qiron keltirildi. Ammo respublikada ichkilikbozlik va alkolizm rivojlansa rivojlandiki, kamaymadi. 70-80-yillarda eng og‘ir jinoyatlardan biri qo‘shib yozish va ko‘z-bo‘yamachilik singari yaramas illat keng quloch yoydi. 1982- yilda respublikada ko‘zbo‘yamachilik va qo‘shib yozishlami aniqlash maqsadida 200 marta reyd o‘tkazildi. Tekshirish davomida 275 davlat va jamoa xo'jaliklari qamrab olindi va 59 xo‘jalikda5 ozuqa, go‘sht va boshqa mahsulotlami tayyorlashda ko‘zbo‘yamachilik va qo‘shib yozishdan iborat qallobliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bunday qallobliklar ayniqsa Buxoro, Samarqand va Andijon viloyatlarida ko‘proq sodir etilgan. Buxoro viloyatida chorva mollari uchun 1 0 ‘zRMDA, 837-fond, 35s-ro‘yxat, 1228-ish, 114-varaq. 7 0 ‘sha manba. 3 0 ‘sha manba, 133-varaq. 40 ‘zRMDA, 837-fond, 35s-ro‘yxat, 1325-ish, 11-varaq. 5 0 ‘zR PDA, 837-fond, 35-ro‘yxat, 13-ish, 2-varaq. 578 o/.uqa tayyorlash jarayonida 18 ta qo'shib yozish amaliyoti ochilgan. Jumladan, Kogon tumanidagi «Buxoro» davlat xo‘jaligida 330 tonna silos, 27 tonna beda, G‘ijduvon tumanidagi Engels nomli jamoa xo'jaligida 15 tonna silos, 5 tonna beda va 36 tonna dag‘al yemxashak1, amalda yo‘q bo‘lsa-da, tayyorlandi, deb hujjatlashtirilgan. 1983-yil yanvar oyida viloyat Ichki ishlar xodimlari Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi «Дружба» davlat xo‘jaligining direktori Zaripov boshchiligida qallobchilikka qo‘l urgan 16 kishidan iborat jinoiy guruhni qamoqqa olgan. Bu guruh bajarilmagan va qilinmagan ishni qilindi, deb qalbaki vedomostlar tayyorlab, yo‘q yerdagi «ishchilar»ga oylik-maoshlar yozib, 168 ming so‘m2 pulni o'zlashtirganlar. Xuddi shuning singari qo‘shib yozishlar paxtachilik sohasida ham keng avj oldi. Respublika davlat va jamoa xo‘jaliklari, paxta tozalash zavodlari va paxta tayyorlash punktlari rahbarlari tumanlar va viloyatlar rahbarlarining bevosita ishtiroki, ko‘rsatmasi va homiyligida qo‘shib yozish ishlari bilan shug‘ullanganlar. Jumladan, 1970-yil 11-noyabrda SSSR Ichki ishlar vaziri N.Shelokovning 1/7365 sonli xat bilan SSSR Ministrlar Sovetiga bergan ma’lumotiga qaraganda, Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi «Avaz О‘tar» jamoa xo‘jaligi raisining ko‘rsatmasi bilan jamoa xo‘jaligi kassasidan 264 ming so‘m pul olinib, har xil soxta hujjatlar bilan rasmiylashtirilib o‘zlashtirilgan3. Shundan 89 ming so‘mi rais va uning muovini hamyoniga tushgan. Qolgan qismi jamoa xo‘jaligi hisobiga 714 tonna paxtani qo‘shib yozish uchun Yangiariq paxta zavodi mutasaddi xodimlariga berilgan4. Viloyatning faqat Xiva, Shovot va Yangiariq tumanlari paxta zavodlari 20 ta jamoa xo‘jaligidan to‘rt million so‘m naqd pul olib, ular hisobiga 37 ming 500 tonna paxtani qo‘shib yozib tovarsiz faktura berganlar5. Natijada, paxta zavodlarida paxta yetishmovchiligi, kamomad va o‘g‘irliklar yil sayin oshib borgan. Agar 1971-1975-yillarda bunday qallobliklar 1,6 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 1976-1978-yillardagina bu ko‘rsatkich 13,7 mln 1 0 ‘sha manba, 12-varaq. 20 ‘shamanba, 12-13-varaqlar. 3 O'zR MDA, 837-fond, 35 s-ro‘yxat, 1120-ish, 103-varaq. 4 O'sha manba. 5 O'sha manba. 579 so‘mga teng bo‘ldi, ya’ni 8,5 marta o‘sdi'. Paxta tozalash zavodlarining mutasaddi xodimlari qo‘shib yozilgan paxtani о‘mini qoplash uchun har xil qallobliklami ishga solganlar, soxta aktlar tuzganlar, paxta yong‘inini uyushtirganlar va hokazo. Faqat 1976- 1978-yillardagina bunday qallobliklardan davlat 115 million so‘m2 zarar ko‘rgan. Shu boisdan paxta yong‘ini yildan yilga belgilangan norma miqdoridan ancha ortiqni tashkil etgan. Paxta yong‘ini 1975-yilda respublikada 5,62 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1976-yilda - 6,59, 1977-yilda 6,95 va 1978-yilda - 8,7 foizga teng boigan. Paxta yong‘inidan kelgan zarar 0 ‘zbekiston paxta tozalash sanoatida o‘rtacha 80 million so‘mga3 yaqin edi. 0 ‘zbekistonda 70-80-yillarda boylik orttirish niyatida chayqovchilik yo‘li bilan respublikadan oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qo‘shni respublikalarga olib borib pullash jarayoni ham keng rivojlandi. 1975-yil 30-maydan 1976-yil 5-noyabrga qadar respublikada qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan chayqovchilik qiluvchi 4870 kishi tekshimvdan o‘tkazildi, 274 kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Shu davr mobaynida chayqovchilardan 378,2 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari musodara qilinib tayyorlov tashkilotlariga topshirildi4. Faqat 1981-1982-yilning sentabr oyiga qadar Respublika huquq organlari 15839 (shundan 11190 tasi 1982-yilda) fuqaroni qo‘lga oldilar. Qo‘lga olinganlardan 696 chayqovchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ana shu jarayonda chayqovchilardan jami bo‘lib 588,7 tonna sabzavot, meva va bog‘dorchilik mahsulotlari musodara qilinib tayyorlov tashkilotlariga topshirilgan5. 741 mashina haydovchilar shu davr mobaynida davlat avtomobillarini o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida pul topish uchun ishlatganlar6. Sovet tuzumi yillarida, xususan, 60-yillardan keyingi davrda ayniqsa poraxo‘rlik keng quloch yoydi. Bu illat kirib bormagan va quloch yoymagan sohaning o‘zi qolmadi. Markaziy Davlat arxivi 1 0 ‘sha manba, 103-varaqning orqasi. 2 0 ‘sha manba. 3 0 ‘zR MDA, 837-fond, 35 s-ro‘yat, 1120-ish, 104-varaq. 4 0 ‘sha manba, 934-ish, 130-131-varaqlar. 5 0 ‘zR MDA, 837-fond, 35s-ro‘yxat, 934-ish, 130-131-varaqlar. 6 0 ‘zR MDA, 837-fond, 35s-ro‘yxat, 6213-ish, 146-varaq. 580 Imjjatlarida 1963-yilda 250 ta1, 1964-yilda 170 ta2, 1965-1967-yillar va 1968-yilning 9 oyida 216 ta3 va 1971-1975-yillarda 400 ta poraxo‘rlik4 sodir etilganligi qayd etilgan. 1959-yil 20-aprelda 0 ‘zbekiston SSR Oliy sudining jinoiy ishlar bo'yicha Sud Kollegiyasi 17 mahbus ustidan poraxo‘rlik aybi bilan liukm chiqardi5. Unda qayd etilishicha, 0 ‘zbekiston SSR Ichki ishlar vazirligi Davlat avtoinspeksiyasi Boshqarmasi xodimlaridan 17 kishi o‘z egallab turgan lavozimlaridan foydalanib, uzoq yillar mobaynida shofyorlar tayyorlaydigan kursdagi kursantlardan imtihon davrida katta miqdorda pora olib kelganlar. Jumladan, Yusupov, Rahimov va Smikinlaming har biri 40 ming so‘mdan, Chernov, Agofonov, Lisenko va Nesterenkolaming har biri 20 ming so‘mdan olganlar*. Boshqa mahbuslar ham katta miqdorda pora olganlar. Poraxo‘rlar o‘z qilgan jinoyatlariga ko‘ra turli muddatlarda ozodlikdan mahrum etilganlar. Respublikada poraxo‘rlikning avj olganligini kadrlar siyosatidagi qo‘nimsizlik ham isbotlaydi. Qashqardaryo viloyatida 1976-1980-yillar davomida davlat xo‘jaliklari direktorlarining 60 foizi o‘zgartirildi. Koson, Qamashi, G‘uzor tumanlarida bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lgan. G‘uzor tumanidagi «Komsomol 50 yilligi» nomli davlat xo‘jaligida o‘n yilda 6 marta direktor almashtirilgan. Qarshi tumanidagi 9-sonli Ch.Begimqulov nomli davlat xo‘jaligida 1980-yilning o‘zida direktori ikki marta o‘zgartirilgan. «Ko‘kdala», «Sho‘rguzar», Sverdlov nomli davlat xo‘jaliklari, Qarshi tovuqchilik davlat xo‘jaligida direktorlar surunkasiga har yili almashtirilavergan7. 1981-1985-yillar davomida respublika bilim yurtlari direktorlari va ular o‘rinbosarlarining uchdan ikki qismi almashtirilgan, bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida - 95, Navoiy, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida esa 70 foizdan ortiqni tashkil etgan.