Falsafa asoslari


Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   221
Falsafa asoslari

1. Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari
Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida til orqali ifodala­
nadi. Tushunchaning mohiyatini bilish uchun uning nom va so‘z 
bilan qanday bogliqligini aniqlab olamiz.
Inson buyum va hodisalar haqida tushunchaga ega bolish 
uchun ularning nomlarini bilishi zarur. Olamdagi barcha jonli va 
jonsiz mavjudotlarning, voqea va hodisalarning nomi bor. Nom- 
lar bilish va muloqotning zaruriy vositasidir. Buyum va hodisalar­
ning nomi tilni mavjud voqelik bilan boglab turadi. Faraz qiling, 
olamdagi hech bir narsaning nomini bilmasak, ular haqida tu ­
shunchaga ega bolishimiz, fikr yuritishimiz mumkinmi?
Nom nima? 

tushuncha bilan aynanmi? 
Nom alohida pred- 
metni yoki predmetlar guruhini belgilovchi til ifodasidir. Masa­
lan: «Amur Temur» so‘zi temuriylar davlatining asoschisi bolgan 
buyuk bobokalonimizning nomini bildiradi; «o‘qituvchi» so‘zi 
bilim beruvchi insonni, «qizil» so‘zi esa barcha buyumlardagi 
qizil rangni ifodalaydi. Buyum va hodisalarga inson nom qo£yadi 
va nom tufayli ular haqida tushunchaga ega boladi. Bundan
209


m a’lum
boladiki, nom til ifodasi bo‘lsa, tushuncha tafakkur 
shaklidir.
Tushuncha buyum va hodisalarning umumiy, muhim va farq
qiluvchi belgilarini bir butun, yaxlit holda aks ettiruvchi tafak­
kur shaklidir. 
Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr 
yuritish jarayonida biror predmetning vakili sifatida xizmat qi- 
ladigan belgilardan farq qiladi. Buyum va hodisalarning belgilari 
predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biri- 
ga o‘xshashligini ifoda qiluvchi xususiyatlar va munosabatlarni 
ifodalovchi belgilardir. Masalan, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish 
faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar bunday faoli- 
yat bilan shug‘ullanmaydilar.
Buyum va hodisalarning belgilari umumiy, muhim, farq 
qiluvchi turlarga bolinadi. Bir sinfga mansub bolgan hamma 
predmetlarga xos bolgan belgilar — umumiy belgilardir. Inson- 
lar sinf! uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va boshqa shun- 
day belgilarga misol boladi. Biror belgining o‘zgarishi yoki yo‘q 
bolishi tushunchaning ham o‘zgarishi yoki yo‘q bolishiga olib 
keladigan belgi muhim hisoblanadi. Inson uchun aqllilik (tafak­
kur qilish) muhim belgidir. Farq qiluvchi belgi predmetni o‘ziga 
o‘xshash boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruv- 
chi belgidir. Masalan, har bir inson o‘ziga xos individual belgi­
lari bilan boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma’lum 
belgilariga ko‘ra bir to‘plamga birlashgan predmetlarning birligini 
ifodalaydi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin