Falsafada shubhaning roʻli reja



Yüklə 33,63 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü33,63 Kb.
#191726
  1   2   3   4   5   6   7



FALSAFADA SHUBHANING ROʻLI
REJA:


  1. Kirish

  2. Falsafaning asosiy funksiyalari.

  3. Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi

  4. Falsafaning axloqiy funksiyasi

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Insonda tabiatan falsafiy fikrlashga moyillik kuchli. «Filosofiya» atamasi yunoncha ikkita so‘z birikmasidir. («filio» - sevaman, «sofio» - donolik) «falsafa» esa lotincha «filosofiya» so‘zining o‘zbekchalashgan shakli bo‘lib, u «donishmandlikni sevish» ma’nosini anglatadi. Nemis filosofi Gegelning fikricha, falsafa donishmandlikning o‘zidir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, qo‘shiqlardan tortib, barcha dinlarning muqaddas kitoblaridagi olam, unda odamning o‘rni qanday bo‘lishi kerak, degan savolga o‘ziga xos javoblar bor. SHuning uchun qadimgi greklar barcha fanlarni falsafa, ya’ni donolik, donishmandlik ifodasi xisoblaganlar. Natijada odatiy (kundalik) ongda tarixan «falsafa – fanlar fani», «falsafa – fanlar onasi» degan fikr keng tarqalgan. Eshitilishi jozibali va extiromli ko‘ringan bu iboralar ostida falsafani fan sifatida tan olmaslik maqsadlari yotadiki, bu bizning davrimiz uchun xatarli mayl (tendensiya)dir. O‘atto olimlarning ba’zilari ana shu aqidaga tayanib, falsafa faniga munosabat belgilaydilar. G‘arb mamlakatlarida esa endilikda falsafaga extiyoj qolmadi, chunki u parchalanib, barcha fanlarga, ayniqsa ijtimoiy va gumanitar fanlarga tarqab ketdi, degan nuqtai nazardan kelib chiqib munosabat belgilash mayli kuchlidir. Bunday qarashlarni XIX asrdagi pozitivizm asoschisi O.Kont ilgari surgan bo‘lib, u V.V.YAnevich, V.Vindelband tomonidan rivojlantirildi. «Falsafa – deydi Vindelband, - barcha mulkini farzandlariga ulashib, shundan so‘ng qashshoq odam sifatida ko‘chaga uloqtirib tashlangan qirol Lirga o‘xshab qoldi». Afsuski, bunday g‘ayriilmiy nuqtai nazarda turgan vatandoshlarimiz ham yo‘q emas. Bunday fikrlar xatoligini, gayriilmiy ekanligini g‘oyaviy-nazariy jixatdan isbotlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. CHunki falsafa fan sifatida shakllanib, o‘z tadqiqot sohasi aniqlanganiga ancha vaqt bo‘ldi.Falsafa fan sifatida mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonunlarini, odam-olam munosabatlarining tub mohiyatini bilishga imkon yaratadi.
Falsafada shubhaning roli ikkala gnoseologik yondashuvni taqqoslash va ularga baho berishda shubha muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat o‘rinli, balki ijodiy yo‘naltirilgan har qanday bilishning zaruriy elementi hisoblanadi. Shuningdek, falsafiy mulohazalar har qanday shak-shubhadan xoli bo‘lsa, notanqidiy idrok etiladigan o‘tmish va qadimda o‘zlashtirilgan qonun-qoidalarga so‘zsiz bo‘ysunish meyorga aylanib qolsa, bu, dogmatizm, turg‘unlik va tanazzulga eltadi.
Bunga qadimdayoq antik faylasuflar: elladalik Pirron, Arkesilay va shubhani fikrlashning asosiy tamoyili, inson bilimini esa – nisbiy deb e’lon qilgan falsafiy yo‘nalish – skeptitsizmning boshqa asoschilari e’tiborni qaratgan. Skeptitsizm haqiqatga shak-shubhasiz egalik va narsalarni to‘g‘ri tushunishga da’vogar bo‘lgan falsafiy ta’limotlar hukmronligiga munosabat sifatida vujudga keldi va shu ma’noda, ijobiy rol o‘ynadi.

Yüklə 33,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin