Falsafa va fan. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, sohalari: iqtisod, siyosat, ijtimoiyot, huquq, kabilar bilan ham uzviy bog‘liq. Biroq, biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so‘z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‘rsatilgan tushunchalarning asosiy ma’nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz.
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yig‘ma) ma’nodagi fan – bu butun inson faoliyati sohasi bo‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni o‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan ko‘pincha ayni shu kontekstda qo‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma’no yuklanadi. Bu yerda fanga aniq ta’rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi.
.
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
Dostları ilə paylaş: |