Reja: Sofoklning “Shoh Edip” tragediyasida obrazlar talqini



Yüklə 18,28 Kb.
tarix09.09.2022
ölçüsü18,28 Kb.
#63519
1-amaliy mashgulot


1- amaliy mashg’ulot


Mavzu: Sofoklning “Shoh Edip” va “Shohnoma” asarlaridagi o‘xshash syujetlar
Reja:

  1. Sofoklning “Shoh Edip” tragediyasida obrazlar talqini

  2. Firdavsiyning “Shohnoma” asari yozilish tarixi

  3. Shohnoma” asaridagi motivlar va qahramonlarga xos xususiyatlar

UMUMIY TUSHUNCHA : Yunon tragediyasining ikkinchi namoyandasi Sofokl 496 yilda Afinaning yaqinidagi Kolon degan joyda tug‘iladi, uning otasi qurol-aslaha korxonasining egasi, zamonasining ancha badavlat va boobro‘ kishisi bo‘lgan. Sofokl yoshligida yaxshi tahsil ko‘radi, turli-tuman bilimlarni o‘rganadi. Uning adabiy faoliyati erta boshlanadi. 28 yoshida esa dramatik adiblar musoboqasida ulug‘ Esxil ustidan g‘alaba qozonadi. Sofokl butun umrini shon-shavkatda, izzat va hurmatda o‘z yurtida o‘tkazib, 406 yilda vafot qiladi. O‘limidan keyin yunon elining ulug‘ zotlari qatori u ham qahramon sanalib, xotirasi uchun katta haykal o‘rnatiladi va har yili qabri ustida qurbonlik so‘yish taomiliga kiritiladi. Qadimilarning guvohlik berishlariga ko‘ra, Sofokl o‘zining oltmish yillik adabiy faoliyati davomida 120 dan ortiq asar yozib, 24 marta dramatik shoirlar musobaqasida yutib chiqqan, biroq mazkur asarlardan bizga qadar yettitasigina yetib kelgan, xolos. Sofokl tragediyani tantanali diniy qo‘shiqlar shaklidan chinakam dramaga aylantirish ishini yana yuqori pog‘onalarga ko‘tardi. Sofokl asarlarida qahramonlarning tabiati va ruhiy kechinmalariga ko‘proq e’tibor berish natijasida asarning mazmuni hayotiylik kasb eta boradi. Jahon adabiyoti tarixiga Sofokl , asosan, Edip haqidagi rivoyatlar mavzusida yozilgan asarlari “Edip shoh”, “Edip Kolonda” va “Antigona” tragediyalari bilan kiradi. Antik dunyoda o‘tgan dramaturglardan birontasining asari jahon adabiyotida –“Edip shoh” tragediyasichalik chuqur iz qoldirmagan. Sofoklning bu asari XVIII asrning oxiri, XIX asrning boshlarida Yevropa adabiyotida “Taqdir targediyasi”,- deb atalmish maxsus adabiy oqimning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Bu oqim tarafdorlari, go‘yo Sofokl izidan borib, taqdir mavzusida yozgan asarlarida dunyo bevafo, odam bolalari hayot girdobida beixtiyor oqib yuradigan benavo-bechoralardir, deb da’vo qiladilar. Qadimgi yunon kishisining va shaxsan Sofoklning nazarida qismat baxt-saodat, adolat hamda zarurat kabi tushunchalarning ma’nosi bir-biriga juda yaqin bo‘lgan. Sofokl qadimgi qabilachilik davrlari uchun xos bo‘lgan ba’zi bir diniy, axloqiy taomillarni yangi zamon qonun-qoidalari bilan kelishtirishga urinadi.


Sofokl o‘zining ajoyib obrazlari bilan bir qatorda, dramatik voqealarni nodir ustalik bilan bir-biriga bog‘lagan mohir san’atkor sifatida ham jahon adabiyotida mashhur. Ulug‘ Gyote yunon dramaturgi haqida gapirib, “...sahnani va o‘z kasbini hech kim Sofokldek bilgan emas”, - degan edi. Xullas, Sofokl o‘zining ulkan zamondoshi Esxilga nisbatan, qahramonlarning xarakterini tavsif qilishda turli-tuman usullarni qo‘llab, targediya san’atini yuksak kamolot bosqichiga ko‘tardi. Uning ulug‘ligi shundaki, shoir faqat hamma odamlarning har xil bo‘lishini emas, balki yolg‘iz birgina odamning dilida javlon urgan turli-tuman ruhiy o‘zgarishlarni, qarama-qarshi sezgi va tuyg‘ularning dam-badam tovlanib turishini nodir ustalik bilan tasvirlaydi. Umuman, “Edip shoh” asarining hamma voqealari, boshlanishidan to oxiriga yetguncha, keskin ravishda bir holatdan ikkinchi holatga; shodlikdan qayg‘uga, umidvorlikdan – noumidlikka ko‘chib turish jarayonida rivojlanib boradi. Sofokl ijodida yunon tragediyasi yuksak kamolot bosqichiga ko‘tarilib, olamshumul ahamiyat kasb etadi. Shoir asarlarining demokratik ruhi, odamparvar mazmuni, noyob badiiy ko‘rki – ularning abadiy barhayotligini ta’minlaydi.
Firdavsiyning “Shohnoma” asari ham qadim qabilalar to‘qigan afsonalar, qahramonlik dostonlarini va Eron, O‘rta Osiyoning Iskandar Zulqarnayn davridan tortib, to arablar bostirib kelgungacha, ya'ni oxirgi sosoniylar shohi Yazgirdning o‘limigacha (651) bo‘lgan tarixni o‘z ichiga oladi. “Shohnoma” hajmi, mavzu ko‘lami, obrazlar olami, qahramonlarning ko‘p va xilma-xilligi, g‘oyaviy motivlar va ko‘tarilgan masalalar yuzasidan jahon adabiyotidagi eng katta epik asardir. Bayron “Shohnoma”ni “Forslarning “Iliadasi”, deb ataydi. Yunonlardan Firdavsiy ilhomlangan bo‘lishi mumkin. “Shohnoma”dagi bir qancha afsonalardagi motivlar va qahramonlarga xos xususiyatlar shuni ko‘rsatadi. Har bir shohlik davrining tasnifi va har bir doston debocha, asosiy qism va xotimadan iborat.
Yüklə 18,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin