Falsafa asoslari


B olish uzluksiz amalga oshirilishi, ya’ni jins tushunchaga eng ya­



Yüklə 9,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/221
tarix25.09.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#148418
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   221
Falsafa asoslari

4. B olish uzluksiz amalga oshirilishi, ya’ni jins tushunchaga eng ya­
qin bolgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinishi shart.
Tasniflash 
(turkumlash, 
klassifikatsiya) 
tushunchalarni 
bolishning o‘ziga xos turi bolib, unda bolish izchillik bilan 
amalga oshiriladi va bolish a’zolarining har biri yana boshqa 
bolinmalarga ajratiladi. Bunda bolish a’zolarining har biri 
boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega boladi. 
Tasniflash natijalari har xil jadvallar, kataloglar va shu kabilarda 
o‘z aksini topadi.
Tasniflash predmetlarning muhim bel^isiga ko‘ra amalga 
oshirilsa, 
tabiiy tasniflash 
deyiladi. Tabiiy tasniflash predmet- 
larning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy
219


bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Mendeleyev tuzgan 
kimyoviy elementlarning davriy jadvali tabiiy tasniflashning klas- 
sik namunasidir.
Sun’iy tasniflash 
predmetlarning birorta nomuhim, umumiy 
belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Kutubxonadagi kitoblar kata- 
logi, lug£atlarda so‘zlarning muayyan tartibda berilishi sun’iy tas- 
niflashga misol boladi. Sun’iy tasniflash bilimlarni tizimlashti- 
rishga yordam beradi.
Tasniflashda ham tushunchani bolish qoidalariga amal qilish 
zarur. Tasniflar bilish va kundalik turmush jarayonida uzoq yillar 
davomida ishlatiladi, mavjud bilimlarimizni tizimga solish vosi­
tasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
4. Fikr yuritishda tushunchalar bilan
bogliq xatoliklar
Fikrning to‘g‘ri qurilishi va xatosiz, ya’ni chin bolishi tu­
shunchalarni o‘z o‘rnida, faqat bir ma’noda qollashga bogliq. 
Tushunchalarni noto‘g‘ri qollash fikr mazmunining o‘zgarib ke- 
tishiga va turli mantiqiy xatolarga olib keladi.

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin