Shartli mulohaza tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi.
Shartli mulohazaning «agar» va «unda» so‘zlari oralig‘idagi qismi
— asos (antetsedent),
«unda» so‘zidan keyingi qismi —
natija (kon-
sekvent)
deb ataladi. Mulohaza qismlarining bunday nomlanishi-
ga sabab ularning turli vazifalarni bajarishlari bilan bogliq. Agar
bu qismlarning o‘rni almashsa,
mulohaza ham
0
‘zgaradi1. «Agar
yomg‘ir yog‘sa, unda uylarning tomi ho‘l boladi» mulohazasida
«yomglr yog‘sa» — asos, «uylarning tomi h o i boladi» — natija
hisoblanadi.
Demak, asosda ko‘rsatilgan hodisa,
natijada qayd etilgan
hodisaning kelib chiqishi uchun yetarli shartni ifodalagan mulo
haza shartli mulohaza deyiladi.
Implikativ mulohazalardagi «agar ... unda» mantiqiy
boglamasi «—►
» belgi bilan ifodalanadi.
Hozirgi zamon mantiq
ilmida esa ba’zan (n) simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar
moddiy implikatsiya belgisi deb ataladi. Implikativ mulohaza
ning formulasi: p —> q. Implikativ mulohaza asosi — chin,
nati-
jasi — yolg‘on bolgan holatdan boshqa hamma ko£rinishlarda
chin boladi.
Dostları ilə paylaş: