Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə84/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Tayanch iboralar: umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolar tushunchalari; energetika masalalari, oziq-ovqat muammosi, demograflya; ekologiya; ekologik tanazzul; ekosiste- ma; demografik siyosat.
Takrorlash uchun savollar



  1. Umumbashariy muammolarning vujudga kelish sabablari nimada?



  2. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning sotsial oqibatlari nima- larda namoyon bo‘lmoqda?



  3. Energetika va oziq-ovqat muammosi.



  4. Urush va tinchlik muammosi. Jahonda barqarorlikni ta’minlash masalalari.



  5. Umumbashariy muammolarda demografik omilning o‘rni qanday?




201

IKKINCHI BO‘LIM. MANTIQ FALSAFASI (LOGIKA)



  1. mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari.



Tushuncha tafakkur shakli sifatida

Mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar va uning asosiy qonunlari.

Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko‘proq davr mo- baynida o‘rganib kelinadi. Uni o‘rganish insonga olamni bilish, bi- limlarini ko‘paytirish, atrofidagi odamlar bilan muloqotini to‘g‘ri tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan inson to‘g‘ri tafakkur shakllari va ular bilan bog‘liq qonun-qoidalar- ni bilib olar ekan, o‘z fikrini mantiqan to‘g‘ri qurishga, asoslangan bo‘lishiga, nafaqat o‘zining balki boshqalarning ham fikrlaridagi noaniqliklarni aniqlashga va tuzatishga o‘rganadi. Bu ish uzoq ta- rixga ega bo‘lgan mantiq ilmini chuqur bilishni taqozo etadi.

Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Qadimgi Yunon faylasufi Aristotel (er. av. 384—322-yy.) nomi bilan bog‘liq. U birinchi bo‘lib, ushbu ilm o‘rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Bi- rinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik raddiyalar haqi- da» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlangan. Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy ta’limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida» asarlarida esa mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan. Aristotel o‘z ta’limotini «logika» emas, «analitika» deb atagan. Logika termini er.av. III asrdan boshlab, fanni ifodalovchi termin sifatida qo‘llanila boshlagan.

«Mantiq» so‘zi yunon tilidagi «logika» so‘zining arabcha tar- jimasidir. «Logikos» — so‘z, aql, aql yuritish, qonun ma’nolarini beruvchi keng qamrovli termindir. «Mantiq» istilohining qamrovi ham «logos»niki kabi bo‘lib, uning o‘zagi «so‘zlashuv» ma’nosini beradigan «nutq» so‘zidir'.

Biz «mantiq» istilohini fanni ifodalash uchun qo‘llaymiz. Mantiq shakllari orasida quyidagilar muhim o‘rinni egallaydi: 1


1 Muhammad Fazlul-imom Xayriobodiy. Mirqotul mantiq. - T.: Toshkent islom universiteti, 2011. 3-bet.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin