Mana, siz «Falsafa» fanini o‘rganishga kirishdingiz. «Bu qanday lan?», «U nimalar haqida bahs yuritadi?» degan savollar bilan ushbu kitobni ochdingiz. «Falsafani nima uchun o'rganish lozim?», «Un- dan olingan bilimlarni hayotda qo'llash mumkinmi?» kabi savollar liarn xayolingizdan o‘tgan bo‘lishi mumkin.
Haqiqatan ham, falsafa qanday fan? Uning mazmun-mohiyati nimadan iborat? Bu fanni o‘rganish insonga nima beradi? Keling, birgalikda ushbu savollarga javob topishga harakat qilaylik.
Avvalo, ta'kidlash joizki, insoniyat yaratgan ma'naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli allomalar merosi, ularning asarlari, g‘oya va ta'limotlari muhim o‘rin tutadi. Har bir davrning buyuk donishmandlari o‘z yurti va xalqining tafak- kuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta'limotlarida ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladi- gan yuksak g‘oyalarni o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsad- lar sari yetaklovchi bunday g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, har qanday zamonda ham insoniyat mavjud ekan, olam va odam qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o‘zgaradi va taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlaydi. Umrning mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qan- day ma’no bor kabi masalalar ham barchani o‘ylantiradi. Ehtimol, o‘zingiz ham shu singari bir-biridan murakkab savollarga duch kel- gansiz, ularga javob izlagandirsiz? Bu masalalar haqida kimlar bi- landir fikr almashib, bahslashgingiz ham kelar? Falsafa ana shunday masalalar bilan shug'ullanadi. U nihoyatda qadimiy fan. Olam va odamlar o'rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmu- ni, dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog‘l iqlik hamda taraqqiyot masalalari falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi.
Ayni paytda ko'pchiligimiz «Inson — Yaratganning mo‘jizasi, olamning gultoji, tiriklikning eng buyuk qadriyatidir», degan fikr- ga o‘rganib qolganmiz. Har bir kishiga umr bir marta ato etili- shi, avlodlar ortidan avlodlar kelishining abadiyat qonuni ekan- ligi ham barchamizga ayon. Shunday ekan, hayotning ma’nosi va umrning mazmuni nimadan iborat? Sermazmun va baxtli ya-