Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə7/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

17


xq

yatning rivojlanish darajasiga mos keladi va uni o‘zida ifoda etadi. Falsafiy bilimlar tizimidagi alohida yo‘nalish har bir tarixiy davr- da o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning umu- miy tamoyillari mavjud. Ya’ni, birinchidan, har bir falsafiy bilim yo‘nalishi jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos determinant (sabab) vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlar jamiyat taraq- qiyotiga ta’sir qiluvchi subyektiv omil bo‘lsa ham, vujudga kelish asosi — genezisi nuqtayi nazaridan obyektiv hodisadir. Uchinchi- dan, falsafiy bilim yo‘nalishlarining o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik munosabati, ularning dunyoni bilishdagi yaxlitligini ta’minlaydi.

Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.


  1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, Chunki u narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifoda- laydi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.


  2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o‘tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivoj- lanishini ifodalaydi.


  3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik bu- zilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur yetadi.


  4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega.


  5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq bo‘lib, inson man- faatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu- umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi.


  6. Falsafiy dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan g‘oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g‘oyasiga tayanishi bilan



18

xiirakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g‘oyani e'tiqodga aylanti- i ish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.


  1. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifati- da mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo‘l kelishi bilan izohlanadi. Shu- ningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega.


Yuqorida ko‘rsatilgan funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligi lalsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini belgilab beradi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ahami- yatini har tomonlama o‘rganish inson va jamiyatning ma’naviy kamolotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida, lalsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo‘llarini topish im- konini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy sivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin