Falsafa asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə3/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

| TeruU /vk

3

shashning barchaga mos keladigan hammabop modeli, maxsus usullari bormi? Nima uchun ba’zi insonlarning hayoti, faoliyati boshqalarga namuna, ibrat bo‘ladi-yu, boshqalardan tuzukroq iz, biror-bir yaxshilik ham qolmaydi? Falsafaning azaliy muammolari bo‘lgan bu kabi savollarga javob topish uchun o‘z umri va salohi- yatini bag‘ishlagan ne-ne buyuk zotlar mutafakkirlar, allomalar o‘tganlar.

Bunday masalalar yechimini topishda falsafiy tafakkur uslu- bining boshqa soha bilimlaridan farqi va samaradorligi ma’lum. Falsafiy bilimlardan bexabar, undan yiroq bo‘lgan inson tevarak- atrofdagi, jamiyatdagi, narsa-hodisalardagi, tabiatdagi o‘zgarishlar, yangilanishlarning asosan, tashqi tomonini sezgi a’zolari vositasida idrok qiladi. Lekin, nima uchun bu hodisa sodir bo‘ldi? Nima uchun aynan shunday holatda, aynan shu vaqtda va makonda ro‘y berdi? Bu tasodifiy hodisami yoki zaruriymi? Voqealar rivoji qanday davom etadi? Kelajakda qanday o‘zgarishlarga olib keladi? kabi savollar us- tida bosh qotirmaydi. Ushbu savollarga javob berishga imkon yarata- digan falsafiy bilimlar esa odamni fikrlashga majbur qiladi, olam va yashash sirlarini anglashga yordam beradi.

Qolaversa, biz yashayotgan olam turli-tuman darajada yaralgan: jonsiz narsalar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, kishilik jamiyati. Tashqaridan qaraganda bular har qaysisi o‘z qonun-qoidalariga ega bo‘lgan alohida bir sistemalardir. Ammo bularni yaxlit bir tizim sifa- tida bog‘lab turuvchi, o‘zaro taqozo qiluychi qandaydir bir bog‘liq!ik, sababiyat, qonuniyat mavjudmi? Narsa-hodisalarning ichki, tub mo- hiyatini bilish mumkinmi? Va bu bilimning xolis, obyektiv ekanligi- ga kim kafolat beradi? Shu va shu kabi savollarga javob berish uchun ham falsafiy bilimlar yordamga keladi, albatta. Falsafadan boshqa bilim sohalari yordamida bu savollarga javob berish biroz mushkul- lik tug‘dirishi mumkin.

Alohida ta’kidlash joizki, juda ko‘plab tabiatshunoslar, adabi- yot, san’at va boshqa ijtimoiy sohalar vakillari, matematik, fizik, injener olimlar faoliyatida voqea-hodisalardagi o‘zgarishlarning sa- babini, o‘zaro aloqadorligini va ta’sirini ilg‘ay olishdek yetuk fal- safiy tafakkur va mushohada namoyon bo‘ladi. Narsalarning tashqi tomoni, ko‘rinishi emas, balki uning ichki tub mohiyatiga yetish, o‘zgarishining sababini aniqlash hamda kelajagi to‘g‘risida fikrlar


4

bildirish falsafa mutaxassisi bo‘lmagan ko‘pchilik olimlarga ham xos fazilatlardir.

Lekin shu narsa aniqki, falsafiy bilimlar insonni hayotda o‘z o‘rnini topishi, tom ma'noda o‘z e’tiqodiga, fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishida, maqsadiga erishishida beqiyos rol o'ynaydi. Albatta, faylasuflar olamni xilma-xil izohlaydilar, har bir kishining hayoti ham turlicha kechadi. Bu boradagi eng asosiy masala, umrni mazmunli o‘tkazish, yaxshi nom qoldirish, el-yurt koriga yarab, odamlarga doi- mo kerak bo‘lib yashash tuyg'usini o‘ziga saodat deb bilishdir.

Shu bilan birga, hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan muammo- larga falsafiy munosabatda bo‘lib, ularning yechimini topishga harakat qilish umrni mazmunli o‘tkazishda juda muhim ahami- yat kasb etadi. Afsuski, bu borada oddiy tilda yozilgan falsafiy qo‘llanmalar, xalqchil kitoblar hali ham yetarli emas.

Odatda, mutaxassis bo‘lmagan ba’zi kishilar falsafani eng qiyin va eng mavhum fan deb hisoblaydilar. Buning sababi nimada? Bu- ning boisi shuki, falsafa ko‘p yillar mobaynida oddiy va ravon tilda tushuntirilmas, aksincha, turli qonun va qoidalar, xilma-xil ta'limot va g‘oyalar majmuyidan iborat murakkab bir fan sifatida talqin eti- lar edi. U yoki bu falsafiy qoida nega kerak, ularni o‘rganishning qanday ahamiyati bor, muayyan faylasuf aynan biror-bir g‘oya yoki ta’limotga ko‘proq ahamiyat berganining sababi nimada, nima uchun uning qarashlarida aynan ana shu muammo ustuvor bo‘ldi, degan masalalar ko‘p hollarda nazardan chetda qolar edi. Falsafa tarixiy voqelik bilan bog‘lab tushuntirilmas, falsafiy ta'limotlar o‘z asoschilari hayotining uzviy qismi ekani yoddan chiqarilar edi.

Oqibatda nima bo‘lar edi? Falsafa mutaxassisi bo‘lmagan tala- balarning nihoyatda oz qismigina bu fanning asl mohiyatini tushu- nib olardi, xolos. Aksariyat yoshlar esa, falsafa olamiga kirib bora olmasdan, go‘yoki katta shahar boshlanadigan joyda qolib ketardi. Kun sayin chuqurlashib, fan sirlarini bor murakkabligicha tushun- tirishda davom etayotgan o‘qituvchi sanoqli talabalar bilan birga o‘sha shaharga kirardi, ko‘chalar, mahallalarni — falsafa dunyosini kezishda davom etardi. Lekin qolgan talabalar esa bu xazinadan bebahra bo‘lib, shaharga kirmasdan o‘tadigan aylanma yo‘ldan bo- rishga majbur bo‘lar va shu tariqa falsafaning mohiyatini durustroq tushunmay, diplom olardi hamda amaliyotga ketardi.


5

Bundaylar nazarida falsafa tushunarsiz, mavhum va ortiqcha fan bo‘lib qoladi, faqat baho olish uchun yodlangan qonun va qoidalar tez orada unutiladi. Ularda falsafa qonunlarini hayotga tatbiq etib bo‘lmaydi, bu — foydasiz bilim sohasi, binobarin uni o‘rganishga ketgan vaqt bekorga o‘tdi, degan alamli qarash shakllanib qoladi. Agar falsafadan bilim beruvchi o‘qituvchining o‘zi ham bu sohani bir mahallar chetlab o‘tgan sobiq talabalardan biri bo‘lsa, masala yanada chigallashadi.

Aslida, falsafaning asosiy vazifasi inson ongida ezgu intilishlar, yuksak ma’naviy qadriyatlarga mos dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunday dunyoqarash biron-bir g‘oyani zo‘rlab singdirish yoki quruq yod oldirish orqali emas, balki ishontirish, xilma-xil fikrlarni o‘rtaga tashlash, muhokama qilish, zarur tushuncha, tamoyillarni aniqlash jarayonida shakllanadi va rivojlanadi.

Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur kitobda quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:


  • falsafani jahon madaniyati va sivilizatsiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida o‘rganish;


  • falsafiy g‘oyalar, muammolar, oqim va yo‘nalishlarni tavsif- lashda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uyg‘unligi tamoyiliga amal qilish;


  • har bir mavzuni istiqlol va 0‘zbekistonda amalga oshirilayot- gan tub o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq holda tushuntirish.


Biz bu jarayonda biror-bir g‘oya, oqim, yo‘nalish yoki falsafiy ta’limotni mutlaqlashtirib, boshqalarining ahamiyatini kamsitish fikridan yiroqmiz. Aksincha, maqsadimiz ularning barchasini xolis talqin etish, talabalarda falsafa fani, xilma-xil falsafiy oqimlar, atoqli faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va xolisona tasavvurni shakllantirishdan iboratdir.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin