Falsafa asoslari


Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə6/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash ij- timoiy-tarixiy mohiyatga ega bo‘lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o‘z


13

dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohi- yatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir ja- rayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o‘zgaradi, tarixiy ko'rinishlari muttasil yangilanib turadi.

Ma'lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyo- qarash nihoyatda oddiy bo‘lgan. Agar shunday bo‘lmaganida, har qanday jism o‘z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqa- rish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalang'och holda chiqib, «Evrika!», ya’ni «Topdim!», deya qichqirmagan bo‘lar edi.

Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomil- lashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qi- lingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi. Bunda voris- lik an’anasi yaqqol ko‘zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqa- rashi, g‘oyasi o‘tmishda yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega bo‘lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug‘ mashinasidan kosmik raketalargacha bo‘lgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shaklla- nadi hamda rivojlanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo‘lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asos- lanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o‘z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g‘oyalar, nazariyalar, bi- limlar majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod mujassami hamda ular- ning namoyon bo‘lishidir.

Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmunigako‘ra, ma’naviy faoli- yat bo‘lgani bois, u borliqqa bo‘lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari — axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari — huquqiy, siyosiy munosabatlari — siyosiy, diniy munosabatlari — diniy, ekologik munosabatlari — ekologik


14

dunyoqarash shakllarida o‘z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo‘lsak, quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:


  1. Axloqiy.


  2. Diniy.


  3. Huquqiy.


  4. Siyosiy.


  5. Ekologik.


  6. Estetik.


Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o‘zaro bog‘liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.

Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqi- yotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ij- timoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma'naviy qiyofasini belgilab beradi.

«Dunyoqarash» tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma'naviy barkamollik kabi tuyg‘u va tushunchalar bilan uzviy bog'liq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oy- dinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo'lagiga aylanadi.

Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqi- yotining qonuniy natijasi bo‘lib, jamiyat rivojlanishining ma'naviy mezoni sifatida namoyon bo‘lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayoti- ga bo‘lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmu- nidan dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi ja- rayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og‘zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday n a'naviy qiyofaga ega bo'lganini hanuz ko‘rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ah- lini hayratga solmoqda.


15

Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g‘oyalarining ifodasi bo‘lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.

Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo‘lgan e’tiqodi bilan bog'liq bo‘lib, vujudga kelishiga ko‘ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jamiyat hayotida har qan- day, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o‘rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishda mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning maz- muni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qiladi hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqa- rashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyat- larini bartaraf qilish bilan bog‘liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.

Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi so- halarni o‘rganadigan alohida yo'nalishlar ham paydo bo‘ldi. Ular olamni o‘z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qo- nuniyatlarini o‘rganishga yordam beradi.

Falsafiy yo‘nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko‘ra, o‘ziga xos bo‘lib, asosiylari quyidagilardir:

Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to‘g‘risidagi, insonning olamga bo‘lgan munosabati haqi- dagi falsafiy bilim sohasidir.

16


Gnoseologiya — bilish falsafasi bo‘lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to‘g‘risidagi ta'limotdir.

Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot.

Praksiologiya — insonning predmetli-o‘zgartiruvchan, amaliy faoliyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot.

Metodologiya — bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullari to‘g‘risidagi ta’limot.

Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va ta- fakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyat- lari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o‘rganuvchi ta'limot.

Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, ta- lab va tartib-qoidalari to‘g‘risidagi fan.

Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go‘zallikning o‘rni, qonun-qoidalari to‘g‘risidagi qarashlar maj- muyi.

Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy fal- safa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (kulturologiya), san’at falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi kabi sohalar ham mavjudki, ular bir so‘z bilan ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimi deyiladi.

Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va odam, borliqning asosi bilan bog'liq masalalar qanday usulda hal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday tasniflash natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, teizm, ateizm kabi ko‘plab yo‘nalishlar ko‘zga tashlanadi. Falsafani o‘rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko‘p duch kelamiz va o‘rni kelganda ularga zarur izoh va ta’rif berishga harakat qilamiz.

Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muhim tarmog‘i hisobla- nadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar o‘rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. Mazkur qo‘llanmada falsafa tarixi ana shunday tamoyil asosida o‘rganilgan.

Falsafiy bilimlar tizimining o‘zgarishi va mazmunan boyib borishi obyektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon mahsuli bo‘lib, u jami-



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin