Falsafa asoslari


Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining mutanosibligi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə180/187
tarix07.01.2024
ölçüsü0,94 Mb.
#204217
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   187
Falsafa asoslari-hozir.org

363

Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining mutanosibligi. Inson dunyoga kelar ekan, atrof-*muhitga va unda kechayotgan voqea- hodisalarga bo‘lgan munosabati orqali uning tabiiy didi shakllan- sa, voqea-hodisalarning estetik sifatlarini idrok etishi va bahola- shi jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg‘usi va estetik mezoni orqali uning estetik didi namoyon bo‘ladi. Estetik did insonning fikr-mulohazalari, xulq-atvori, xatti-harakatlarir, moddiy va ma’naviy ijod mahsulotlarida o‘z ifodasini topadir|v/ Aynan shu uyg‘unlik insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining mutanosibligini anglatadi.

Estetik did zaminida go‘zallikni xunuklikdan ajrata bilish va undan beg‘araz shodlanish hamda lazzatlanish qobiliyati yotadi. Estetik did odamlarning dunyoqarashidan, ayniqsa, estetik qa- rashlaridan ajralmagan holda amal qiladi. Estetik bilimlar va qa- rashlar didda ifodalanishi uchun ular shaxsning ichki dunyosiga, idrok qilish jarayonining o‘ziga singib ketishi, shaxsning mustah- kam axloqiy e’tiqodiga aylanishi lozim.

Estetik did o‘zida bevosita va bilvosita, hissiy va aqliy, yakka odam va jamiyat estetik didi qarama-qarshiliklari birligini mu- jassamlashtiradi. Estetik didning ziddiyatli tabiati haqida dastlab Kant munosabat bildirgan edi. Kant nazarida did yakka odamga xos bo‘lgan insonning tug‘ma qobiliyatidir. Did shu qadar yakka tartibda ifoda topadiki, uni hech qanday dalillar bilan inkor etib bo‘lmaydi. Did mulohazasi nihoyatda shaxsiy tabiatga molikdir. Shu boisdan ham «did to‘g‘risida bahslashmaydilar». Lazzatlanish obyekti bo‘lgan hissiylik, nafosat barcha uchun barobar darajada ahamiyatlidir, u faqat mazkur shaxsning o‘zigagina emas, balki hammaga yoqadi. Inson o‘ziga yoqqan narsalarni boshqalarga ham yoqadi deb o‘ylaydi. Demak, didlar uchun umumiy hisoblanadigan tomonlari ham bor. Shu sababli did to‘g‘risida bahslashish asosli- dir. Kant ikkala mulohazani antinomiya sifatida ta’riflaydi. In- son amaliyotining boy va xilma-xilligi ma'naviy munosabatlarning ham boy va xilma-xil bo‘lishiga olib keladi, did esa, ularning eng muhim namoyon bo‘ladigan tuyg‘ularidan hisoblanadi.

Alohida shaxsning estetik didi uning betakror hayotiy tajri- basi zaminida shakllanadi. Tabiiyki, alohida tarbiya sharoitlari,




364

hayotiy tajriba, tabiati va ehtirosi ta’siri ostida u yoki bu estetik qadriyatlar tabiat hodisalari, inson moddiy faoliyati mahsulotlari, badiiy qiymatlarga ko‘proq moyillik vujudga keladi. Estetik ong bilan badiiy ongni tenglashtirib bo‘lmaganidek, estetik did bilan badiiy didni ham tenglashtirish mumkin emas. Estetik did badiiy ■ rd bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p jihatdan uning ustiga quriladi, lekin bilan qo‘shilib ketmaydi. Badiiy va estetik did o‘rtasidagi tafo- at ularning turlicha idrok etish obyektlariga ega bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Ikki did o‘rtasidagi farqni hisobga olish bilan birga, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo ymaslik lozim. Badiiy did hamma vaqt estetik didga asoslanadi, undan kelib chiqadi.

Xuddi Shuningdek, estetik did axloqiy did bilan mutanosib- likda rivojlanib boradi. Zero, insonning qalb nafosati va ezgu ax- loqiy qiyofasi uyg‘unlikda uning go‘zalligini yaxlitlikda namoyon qiladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin