Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə62/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

ikkinchidan, dialektik inkor tashqaridan kiritilgan kuch yoki holat emas, balki narsa va hodisaning ichki rivojlanishi natijasi, o‘zini – o‘zi inkor qilishidir. Dialektik inkor narsani butunlay yo‘q qilib yuboriladigan faoliyat bilan uxshash emas, u shunday inkorki, uning natijasida rivojlanish davom etishiga, yangi inkor sodir bo‘lishiga imqon yaratiladi.
uchinchidan, dialektika har bir narsa va hodisa uchun inkorning aniq turi mavjuddir deb hisoblaydi.
to‘rtinchidan, dialektik inkor to‘liq inkor bo‘lmasdan, balki eskini yangi bilan boglab turuvchi jarayondir. Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi vorislikni tavsiflaydi.
beshinchidan, dialektik inkor taraqqiyotning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga borishini tavsiflaydi, bir sifatdan boshqa sifatga o‘tiladi.
Falsafada inkorni inkor qonuni birinchi bor Gegel tomonidan tag‘riflangan. Uning fikricha, dastlabki bir butun fikr(tezis) bir biriga zid bo‘lgan ijobiy va salbiy, “xa” va “yo‘q” dan iborat ikki fikrga bo‘linadi. Butunning ikkiga bo‘linishi – antitezis, inkordir. Qarama-qarshi fikrlar kurashi oxirida birikib yangi fikr(sintez, inkorni - inkor) hosil qiladi. SHunday qilib, Gegelning fikricha sof g‘oya o‘z taraqqiyotida uch bosqichdan o‘tadi: tezis, antitezis va sintez. Gegelning ta’limotiga ko‘ra, nimaiki sof g‘oyaning rivojlanishiga mansub bo‘lsa u moddiy borliqning hamma narsa va hodisalarga mansub.
Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi bog‘lanishni butqul rad qiladi deb tushunmaslik kerak. YAngi qanchalik ilgor bo‘lmasin, u yo‘q joyda paydo bulmadi, balki eskining kobigida asta-sekin shakllanadi. SHuning uchun ham eskida yangiga o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi balk uning ijobiy tomonlari va rivojlanishni davom ettiriladi. Demak yangi bilan eski o‘rtasida vorislik mavjuddir. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana shundan iborat.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‘y berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etyapti. YAngi jamiyatni barpo etishga karatilgan o‘zgartirishlar hamma narsani yangidan barpo etishni bildirmaydi. Aksincha, jamiyatimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuqlarni saqlab qolish ularni yanada boyitib rivojlantirishdan iboratdir. Bu mazkur qonunning talabidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir.
. Dialektika o‘rganadigan aloqadorliklar uch turda bo‘lishini ta’kidlab o‘tish lozim: 1) universal 2) strukturaviy 3) deterministik aloqadoliklar. Xuddi shu jihati bilan dialektika boshqa qonkret fanlardan farq qiladi.
Dialektika o‘rganadigan borliqning eng umumiy aloqadorliklari va bog‘lanishlari falsafada quyidagi tushunchalar orqali ifodalanadi:
a) YAkkalik , xususiylik va umumiylik;
b) Butun va qism;
v) Mohiyat va hodisa;
g) Sistema, struktura, element;
d) Mazmun va shakl;
e) Sabab va okibat;
j) Zaruriyat va tasodif;
z) Imkoniyat va voqeilik;
YAkkalik xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlikni ifodalab, ularning mavjud bo‘lish shaklini tashkil etadi. CHunki borliqni tashkil etgan jamiki predmet yoki hodisa, yakkalik, xususiylik, yoki umumiylik ko‘rinishida mavjud bo‘ladi YAkkalik va umumiylik bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir birini taqozo qilib turadi. YA’ni yakkalik bor joyda albatta, umumiylik ham bor va aksincha. YAkkaliksiz umumiylik bo‘lmaganidek, yakkalik mavjud bo‘lishi uchun umumiylik bo‘lishi shart. Voqeilik dialektikasi shunday.
YAkkalik, xususiylik, umumiylik dialektikasiga ko‘ra, ma’lum sharoitda ular bir – birlariga o‘tib ham turadi. Ob’ektiv olamda, odatda har qanday yangilik dastlab yakkalik sifatida vujudga kelib, so‘ng esa xususiylik va umumiylik xarakterini kasb etadi. SHu ma’noda bu tushunchalarda borliq rivojining muayyan qonkret momentlari yoki holatlari aks etgandir.
YAkkalik, xususiylik, umumiylik dialektikasini to‘g‘ri bilish muhim gnoseologik ahamiyatga ega. Zero, umuman har qanday bilish yakkalik va xususiyliklardan umumiylikni bilishga tomon boradi, bilish jarayonida bu tushunchalar yanada yangi dalil va ma’lumotlar yordamida boyib va chuqurlashib boradi. Binobarin, yakkalik, xususiylik, umumiylik dialektikasini yaxshiroq anglab etish borliqning mohiyatini yanada teranroq tafakkur qilish demakdir.
Mohiyat narsa va hodisaning ichki eng muhim o‘zaro bog‘lanishlarini, bu bog‘lanishlarning qonuniy aloqadorligini ifodalaydi, hodisa esa shu narsa va hodisalarning tashkil etuvchi tomonlar xususiyatlar va bog‘lanishlarning namoyon bo‘lish shakli, mohiyatining ifodalanishidir. Masalan, inson hayotining mohiyati uni sermazmun o‘tkazish, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, tomon intilishidan iborat bo‘lsa, hodisa deganda ana shu maqsadga erishish uchun tanlangan yo‘l, turli sa’yi-harakatlar tushuniladi.
Mohiyat va hodisa umumiy va xususiy jihatlarga ega:
1. Mohiyat ichki aloqalarni, hodisa esa tashqi aloqalarni ifodalaydi.
2. Mohiyat va hodisa doimo o‘zaro birlikda bo‘ladi, biroq, ayni paytda ular bir-biriga qarama-qarshi hamdir. SHu sababli ular hech vaqt bir-biriga aynan mos kelmaydi. Mohiyat hodisada yashirin bo‘ladi. Hodisa esa mohiyatning namoyon bo‘lishi bo‘lsada, hech vaqt unga to‘liq mos kelmaydi.
3. Mohiyat hodisaga nisbatan doimiyroq va barqarorroqdir.
4. Mohiyatning doimiyligi va barqororligi hodisaning o‘zgaruvchanligi kabi mutlaq emas balki, nisbiydir. CHunki ularning ikkalasi ham o‘zgarib turadi. Faqat mohiyat hodisaga nisbatan sekin o‘zgaradi. SHuning uchun u barqarorrok.
Mazmun - narsaga yoki hodisaga aynanlik bagishlovchi o‘ziga xos jihatlar, jarayonlar, muhim elementlar va o‘zgarishlarning yig‘indisini aks ettiruvchi tushunchadir.
SHakl - mazmunning tashqi ko‘rinishi, uning mavjud bo‘lish usuli, mazmun strukturasi, ya’ni to‘zilishini ifodalovchi narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Har bir narsa yoki hodisa mazmun va shaklga ega bo‘ladi. Mazmun va shakl dialektik bog‘langan bo‘lib, mazmunsiz shakl va shaklsiz mazmun bulmaydi. SHuning uchun mazmun va shakl muayyan predmet va hodisaning uzviy aloqador bo‘lgan ikki tomonidir.
Voqeilikda borliqdan ajralgan sof mazmun ham sof shakl ham bulmaydi. Mazmun va shaklning o‘zaro birligida mazmun shaklni belgilaydi. Mazmun va shakl dialektikasini bilish fan va amaliyotda muhim ahamiyatga ega.
Bizni o‘rab turgan borliqdagi barcha narsa va hodisalar ko‘z o‘ngimizda bir butunlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ularni o‘rganish natijasida esa turli qismlar va bo‘laklardan ham iborat ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu qism va bo‘laqlar o‘zaro ma’lum qonuniyatlar asosida birikib, ma’lum tuzilishdagi narsalar, hodisalar va jarayonlar butunligini tashkil qiladilar. narsa va hodisalarning ma’lum bir guruhi o‘zaro birikib esa bir sistemani hosil qiladi. Sistema esa muayyan strukturaga ega bo‘lib, o‘z navbatida u ham ma’lum elementlardan iborat bo‘ladi. Bundagi butun, qism, sisteam, struktura, kabilar dialektik bog‘lanish va aloqadorlikda bo‘ladi.
Butun - o‘zaro dialektik aloqadorlikda bo‘lgan qismlar, bo‘laqlar, tomonlar, elementlar , komponentlarning uzviy birligidan iborat bo‘lgan narsa, hodisa, yoki jarayondir. Masalan, bizni o‘rab turgan olam - bir butundir.
Qism - butun tashkil etgan uning tarkibidagi bo‘lak, elementlar, komponentlardir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir .
Butun borliqdagi predmet va hodisalarga tegishli dialketik kategoriyalar bo‘lib, ular ham o‘zaro aloqadorlikdadir. Butunni qismdan ajratib bo‘lmaganidek, qism butun bilan birga bo‘ladi. Butunga xos xususiyatlar qism xususiyatlar asosida tarkib topadi, yoki aksincha, butun xususiyatlari qism xususiyatlarini belgilaydi. Butunni tashkil etgan qismlar o‘zaro bir - birlari bilan ta’sir va aks ta’sir holatida bo‘ladi, ana shu ta’sir natijasida butun va qism rivojlanishi ro‘y beradi. SHuningdek, ob’ektiv borliqdagi qonkret butun va qism boshqa bir butun va qismlar bilan o‘zaro bog‘lanish va aloqadorlikda bo‘ladi.
Butun va qism kategoriyalarini bilish olamning birligi muammosini va pirovard oqibatda butun borliqning mohiyatini to‘g‘ri anglab etishda muhim rol o‘ynaydi.
Sistema, struktura, element
Borliq mohiyatining o‘ziga xosligi undagi narsa va hodisalar sistema, struktura va element aloqadorligiga ega bo‘lishdir.
Sistema - borliqdagi predmet va hodisalarning o‘zaro tartibli, izchil holda bog‘liq bo‘lib, bir-biriga ta’sir va aks ta’sir okibatidagi qonuniy birligidir.
Struktura- sistemani tashkil etuvchi narsa predmet hodisa yoki jarayonlarning tartibli tuzilishi, ketma- ketligi, tarkibi, joylashishi va ifodalanishidir. Struktura - sistemaning tub xususiyati bo‘lib, u muayyan elementlardan tashkil topadi.
Element- sistema strukturasini tashkil etgan, nisbiy mustaxkamlikka ega bo‘lgan tuzilmadir. Har bir sistema o‘z strukturasiga mos keladigan bir qancha o‘zaro uzviy chambarchas bog‘liq bo‘lgan elementlardan iborat bo‘ladi.
Borliqning bir butunlik mohiyati sistemalilik bilan ham bog‘liq. CHunki, sistemalar birligi borliq butunligining asosini tashkil etadi.
Sistemaning qaror topishida, albatta. uning strukturasi muhim rol o‘ynaydi. Sistema strukturasiz bo‘lmaydi.
Struktura, birinchidan, narsa yoki hodisaning bir xil yoki har xil jinsliligini, uni muayyan elementlarga bo‘linishini; ikkinchidan narsa yoki hodisalar tashkil etgan elementlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’sir va aks ta’sir etib turishini, ularning yaxlitligi va bir butunliligini ; uchinchidan esa bu elementlarning o‘zaro bog‘liqligini ular o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud bo‘lishini ifodalaydi.
Keyingi yillarda ilmiy tadqiqot ishlarida bilish ob’ektiga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil etish usullari tobora kengroq qo‘llanilayotganligi kuzatilyapti. Bu albatta tadqiqot ob’ektini chuqurroq o‘rganishga imqon beryapti.

Borliq rivoji va taraqqiyotida sabab - oqibat dialektikasini bilish ham juda muhimdir. SHuning uchun sabab - oqibat dialektikaning muhim kategoriyalaridan biridir.
Bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa sabab deb ataladi. Sababning ta’siri natijasida yuz bergan hodisa oqibat deyiladi.
Voqeilikdagi har bir hodisa sababsiz ro‘y bermaydi. balki doimo o‘z sababi bo‘ladi. Ayni paytda, ushbu hodisa boshqa hodisaning yuz berishi uchun sabab ham bo‘lishi mumkin.
Sabab bilan okibatning o‘zaro bog‘liqligi sababiyat deb ataladi. Sababiyat hodisalar o‘rtasidagi shunday ichki bog‘liqni anglatadiki, unga ko‘ra har bir hodisa ketidan albatta ikkinchisi keladi va ular sabab oqibatli bog‘langan.
Sababiyat borliqda umumiy xarakterga ega. Sababsiz oqibat bo‘lmaydi, hamma narsaning o‘z sababi bor, sababi noma’lum hodisalarning borlig‘i ularni sababi yo‘qligini anglatmaydi, balki xozircha fan va amaliyotda bu hodisaning sababini aniqlashga muvaffak bo‘linmaganligini bildiradi. Ijtimoiy amaliyot jarayonida keyinchalik bunday hodisalarni keltirib chiqargan sabab aniqlanadi.
Sabab va oqibat vaqt jihatidan doimo ketma - ket bo‘ladi. Bunda sabab oqibatdan oldin, oqibat esa sababdan keyin keladi, ya’ni sabab hamisha oqibatni keltirib chiqaradi. Biroq, bunday voqeilik va borliqdagi ro‘y beradigan barcha ketma-ket keluvchi hodisalar bir- biri bilan sabab oqibatli bog‘langan degan xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, fasllarning ketma-ket almashinuvidan oldin keladigani sabab, keyingisi oqibat deyish mumkin emas. Balki, bu hodisaning haqiqiy sababi Erning Quyosh atrofida aylanishi bilan izohlanadi.
SHu o‘rinda, sababni bahonadan ham farqlash mumkin. Bahona odatda okibatdan oldin ro‘y beradigan biron hodisa bo‘lsada, uning sababi bo‘la olmaydi. Bahona oqibatning sodir bo‘lishi uchun turtki bo‘lishi mumkin, biroq, uning sababi ancha chuqurroqda bo‘ladi. Bahona esa shu ma’noda juda yuzaki hodisadir. Masalan, darsda talaba tomonidan olingan yomon bahoning sababi, chiroq o‘chib qolib dars qilmaslik, kitobning yo‘qligi kabi bahonalarda emas, balki talabaning dars tayyorlashga nisbatan juda mas’uliyatsizligidir.
Zaruriyat deganda muayyan sharoitda kat’iy ravishda kelib chiqadigan, o‘z ichki bog‘lanishlariga ko‘ra kelib chiqishi muqarrar bo‘lgan voqea yoki hodisaga aytiladi. Tasodif deganda esa, narsa va hodisalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashqi nomuhim omillar bilan bog‘liqligi tufayli ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan voqea yoki hodisaga aytiladi.
Zaruriyat va tasodif o‘zaro bog‘liq bo‘lib, borliqdagi narsa va hodisalar rivojlanishining ikki tomonidir. Ular bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lishi bilan birga o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Jumladan, zaruriyatning sababi, o‘zida bo‘lib, uning ichki mohiyatidan kelib chiqadi; zaruriyat narsa va hodisalardagi muhim va takrorlanib turuvchi ichki aloqadorliklari natijasidir; zaruriyat ilgarigi rivojlanish davomi; zaruriyat albatta ro‘y beradi; zaruriyat umumiy xarakterga ega; zaruriyat doimo qonuniydir.
Tasodif esa zaruriyatdan farq etib, muayyan sharoitda ro‘y berishi ham, ro‘y bermasligi ham mumkin, u narsa yoki hodisaning mohiyatidan kelib chiqmaydi, u beqaror va vaqtinchadir. Birok, tasodif ham sababsiz ro‘y bermaydi, faqat uning sababi o‘zida emas, balki tashqi - shart sharoitidadir. Tasodif borliqdagi nomuhim bog‘lanishlardan kelib chiqib, rivojlanishga belgilovchi ta’sir ko‘rsata olmaydi. Tasodif umumiy emas, balki, juz’iy, xususiy xarakterga ega. Tasodif shuning uchun qonuniy emas.
Voqeilik - real mavjud bo‘lgan, yashab faoliyat kechirayotgan narsa va hodisadir. Biroq, hech bir hodisa rivojlanishi davomida birdaniga paydo bo‘lmaydi, balki dastlab imkoniyat davrini boshdan kechiradi. Har bir voqeilik paydo bo‘lishidan oldin imkoniyat holatida mavjud bo‘ladi.
Imkoniyat - voqeilikning kurtak holatdagi ko‘rinishi, xali yuzaga kelmagan voqeilikdir.
Voqeilikdagi rivojlanish jarayoni imkoniyatlarning dialektik tarzda voqeilikka aylanish jarayonidan iborat.
Imkoniyat va voqeilik dialektikasi ongdan tashqari ob’ektiv olamdagi bog‘lanishlar shaklidir.
Imkoniyat va voqeilik kategoriyalarining mohiyatini, ularning o‘zaro aloqadorlik, dialektikasini o‘rganish va bilish fan va amaliyotda muhim ahamiyat kast etadi. Ularni farqlamasdan aralashtirib yuborish yo‘q narsani bor deyishga, yoki yangining eski ustidan galabasini tushunmaslikka olib boradi.
Imkoniyatlar doimo real va mavhum bo‘ladi. Real imkoniyatlar muayyan shart-sharoitlarda doimo voqeilikka aylanadi. Mavhum imkoniyatlar esa kurtakligicha koladi va voqeilikka aylanmaydi.
SHuningdek, imkoniyatlar yangi, endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan hamda eski umri tugab borayotgan real kuchlar sifatida progressiv va qonservativ ham bo‘lishi mumkin.
Imkoniyatlar voqeilikka birdaniga aylanmaydi. Balki eski voqeilik bag‘rida kurtak ortadi. Rivojlanib muayn sharoitda voqeilika aylanadi.
Ijtimoiy taraqqiyotda imkoniyatlarning voqeilikka aylanishi va uni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bunda jamiyat imkoniyatlarining ro‘yobga chiqishida sub’ektiv omilning roli borlig‘ini unutmaslik lozim. Bu erda sub’ektiv omil deganda kishilarning ongli aktiv amaliy faoliyati tushuniladi.
Sub’ektiv omil ob’ektiv shart - sharoitga tayanadi. Usiz hech narsa qila olmaydi, chunki ob’ektiv shart - sharoit imkoniyatlarning voqeilikka aylanishida sub’ektiv omilga nisbatan birlamchi va belgilovchidir.
Umuman yuqoridagi barcha dialektika kategoriyalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni bilish muhim metodologik ahamiyatga ega.
Nazorat savollari:

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin