Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот


Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni
va jamiyatdagi roli


Reja:
1.Falsafa atamasining kelib chiqishi.
2.Dunyoqarashning tarixiy shakllari.
3. Fan- ilmiy dunyoqarash shakli. Falsafa faniningfunksiyalari.
4. Falsafada milliylik va umuminsoniylik.

Falsafa faning predmeti va bilimlar tizimida tutgan o‘rni. Falsafa – insoniyat ma’naviy madaniyatining qadimiy va qiziqarli bir bo‘lagi bo‘lib, u meloddan avvalgi UP – U1 asrlarda yirik sivilizatsiya o‘choqlari bo‘lgan Markaziy Osiyo va Eron, Hindiston, Xitoy, Qadimgi YUnonda shakllangan. “Filosofiya” atamasi qadimgi yunonchadan kelib chiqqan phileo – sevaman va sophia – donishmanlik so‘laridan yasalgan bo‘lib, aynan ma’nosi donishmandlikni sevish demakdir. Filosofiya so‘zini ilk bor antik davrningn yirik allomasi Pifagor qo‘llagan bo‘lsa ham, jahon madaniyatiga u Platon asarlari orqali kirib kela boshlagan. O‘zbek tilida “filosofiya” so‘zining arabcha talaffuzi “falsafa” keng qo‘llaniladi.
Falsafa asrlar davomida dunyoqarash xususiyatiga ega bo‘lgan “ Olam qanday paydo bo‘lgan?”, “Olam qanday qurilgan?”, “Inson olamni o‘zgartirishi mumkinmi?”, “Inson olamni bilishga qodirmi?”, “YAshashdan maqsad nima?”, “Olamda taraqqiyot qay yo‘sinda boradi, unda muayyan qonuniyat bormi yoki hayot tasodiflar majmuidan iboratmi?” degan savollarni qo‘ygan hamda ularga javob topishga harakat qilib kelgan. Bu va shu kabi ko‘plab boshqa masalalar fikrlovchi kishilarni doimo qiziqtirib kelgan. Ularga mantiqan asoslangan javoblarni bera olgan kishilarni faylasflar deb atashgan va ular jamiyatda har doim ham hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lishgan, chunki ular hayotda uchraydigan ko‘plab muammolrning oqilona echimini topishga yordam berishgan. SHuning uchun ham qadimdan jamiyatni faylasuflar boshqarishi kerak degan tushuncha shakllangan (Platon, Aristotel).
Falsafiy fikr shakllana boshlagan ekan, unda insoniyat to‘plagan boy hayotiy tajriba, erishgan madaniyat hamda ilm-fan yutuqlari umumlashtirilgan. Olam haqida ilmiy bilimlarning o‘sib brishi falsafiy dunyoqarashning boyishiga, olamning ilmiy manzarasini yaratishga yordam berib kelgan. SHu ma’noda falsafa ilm-fan taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq..Xususiy fanlar, masalan fizika, ximiya, meditsina, biologiya va boshqalar, olamning ayrim tomonlari, jarayonlarini o‘rgansa, falsafa ularning ilmiy xulosalariga, natijalariga tayangan xolda bir butun olam xaqida eng umumiy, yaxlit tushuncha va bilimlarni beradi.
Ilmiy bilimlarga asoslangan falsafa doimo ilmiy bo‘ladi va u nafaqat falsafiy ta’limotlarning, alohida fanlarning, balki umuman jamiyatning taraqqiyotiga xizmat qiladi. Lekin shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ilm-fan taraqqiyoti ham falsafaga bog‘liq. CHunki aynan falsafa fanga u tadqiq etishi kerak bo‘lgan eng muhim muammolarni, uni o‘rganish usullarini, haqiqiy bilimning mezonlarini aniqlab berishga yordam beradi.
SHu bugungi kunga kelib ham falsafa dunyoqarashmi yoki fanmi degan savolning qo‘yilishi uning predmeti va baxs mavzusi nihoyatda murakkabligidan dalolat beradi. Aslida olganda, falsafaning ilk paydo bo‘lishi insonning uni o‘rab turgan olamga, ya’ni “Menning Men-emasga” munosabatining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu esa insonning shaxs sifatida kamol topishining negizi bo‘lgan o‘zlikni anglashning shakllanishisiz ro‘yobga chiqmagan bo‘lar edi. Zamonaviy inson hayotiy falsafasining xususiyatlari ham uning aynan o‘zligini anglash qobiliyati bilan chambarchas bog‘liq.. Lekin inson tafakkurining ilmiy bilimlar bilan boyib borishi asta sekin ilmiy falsafaning vujudga kelishiga hamda falsafaning sof dunyoqarashdan ilmiy bilimlar tizimiga aylanishiga olib keldi. SHuning uchun ham hozirgi davrda falsafani tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlari xaqidagi fan, degan ta’rif keng tarqalgan.
Butun olam, ya’ni tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojining eng umumiy qonunlari falsafaning tadqiqot ob’ekti bo‘lsa, undagi alohida jarayon va muammolar uning predmetini tashkil etadi. Masalan, moddiy olamning tuzilishi, ijtimoiy taraqqiyotning globallashuvi, inson tafakkurining ko‘lami va x.k.
Materiya, harakat, makon va vaqt, butun va bo‘lak, umumiylik va xususiylik, sabab va oqibat, mohiyat va xodisa kabi tushunchalar falsafiy kategoriyalar tizimiga kiradi. Olamdagi barcha narsalarning o‘zaro aloqadorligi va doimiy rivojlanishi umumfalsafaiy tamoyil bo‘lsa, qarama-qarshi tomonlarning o‘zaro birligi va kurashi, me’yor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga olib kelishi, har qanday rivojlanishning zaminida inkorning inkori yotishi – bular umumfalsafiy qonunlar yoki dialektika qonunlari deb ham yuritiladi.
Qadimdan falsafa – “fanlarning fani”, “fanlarning otasi” , degan fikrlar saqlanib qolgan. Bunday tasavvurlarning paydo bo‘lishiga sabab, qadimda insoniyatga uni o‘rab turgan olam haqida ma’lum bo‘lgan barcha bilimlar “naturfalsafa”, ya’ni tabiat falsafasi doirasiga kirgan va u falsafaning ilk shakli siftida mavjud bo‘lgan. Asrlarning o‘tishi, insonning tabiat, jamiyat, inson xaqidagi ilmiy bilimlarining ko‘payib borishi, taxminan XUP – XUSH asrlardan boshlab ularning mustaqil fan sohalari sifatida ajralib chiqishiga olib keldi.SHu tariqa avval mexanika, matematika, astronomiya, meditsina kabi tabiatshunoslik fanlari, so‘ngra esa ijtimoiy fanlar ham mustaqil rivojlana boshladi. To‘g‘ri, qadimgi sivilizatsiyalarda bu sohalarga oid bilimlar, tasavvurlar bo‘lgan, lekin ular aniq eksperiment va argumentlangan mantiqiy taxlilga qurilgan alohida fan sohalari sifatida hali mavjud emas edi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin