Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə9/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Falsafaning funksiyalari. Falsafaning dunyoqarashlik funksiyasi, eng avvalo uning dunyoqarashlik xususiyatidan kelib chiqadi. U nafaqat insonning olamga bo‘lgan munosabatini nazariy jihatdan o‘rganibgina qolmay, uni kishilar ongida shakllantirishga xizmat qiladi. Bunda u har bir kishida mavjud hayotiy tajribasiga va kundalik bilimlariga asoslangan oddiy dunyoqarashini nazariy g‘oyalarga tayangan, mantiqiy izchil tizimga tushgan, ilmiy argumentlangan dunyoqarashning eng yuksak darajasigacha ko‘tarilishiga yordam beradi. Uning muhim vazifasi shaxsga olamda tutgan o‘rnini tushunish, o‘zligini anglash va faol hayotiy mo‘ljallarini shakllantirish bilan bog‘liq.. “Haqiqiy erkin jamiyatni erkin fikr yurituvchi kishilar tashkil etadi”, degan fikrdan kelib chiqiladigan bo‘lsa, aynan falsafa, falsafiy tafakkur erkin fikr yuritishning eng birinchi shakli hamda uning shartidir. Gegel falsafaning aynan erkin dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilishini nazarda tutib “Olamda juda ko‘p foydali ilmlar bor, lekin ularning ichida eng go‘zali falsafadir”, - degan edi.

Falsafaning modellashtiruvchi funksiyasi voqelikning ma’lum «modellari»ni ishlab chiqadi. Olim o‘z tadqiqot predmetiga mana shu modellar orqali qaraydi (ontologik jihat). Falsafa dunyoning universal ob’ektiv xususiyatlarga ega bo‘lgan eng umumiy manzarasini yaratadi, moddiy voqelikni uning barcha belgi-alomatlari, harakat shakllari va fundamental qonunlari birligida ifoda etadi. Dunyoning bunday falsafiy manzarasi (diniy, mifologik manzaralaridan farqli o‘laroq) dunyoning fizik, biologik va boshqa manzaralarini universal ontologik qoida sifatida ishlab chiqish uchun asos va shart bo‘lib xizmat qiladi.


Falsafaning bilish funksiyasi. Falsafa tadqiqotchini bilish jarayonining umumiy qonuniyatlari, haqiqat hamda unga etish yo‘llari va shakllari haqidagi ta’limot bilan «qurollantiradi» (gnoseologik jihat). Falsafa (ayniqsa, uning ratsionalistik ko‘rinishida) olimga bilish munosabatlarining mohiyati, uning shakllari, darajalari, dastlabki shartlari va umumiy asoslari, uning haqiqiyligi shartlari, bilishning ijtimoiy-tarixiy jihatlari to‘g‘risida dastlabki gnoseologik ko‘rsatmalar beradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin