Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Falsafaning integrativ (sintetik) funksiyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə11/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Falsafaning integrativ (sintetik) funksiyasi bilish, amaliyot va madaniyat–butun insoniyatning jami tajribasining turli-tuman shakllarini tizimli, yaxlit umumlashtirish va sintez qilishdir (yangi obrazda birlashtirish). Falsafiy umumlashtirish esa yuqorida zikr etilgan tajribaning xususiy ko‘rinishlarini shunchaki mexanik birlashtirish emas, balki sifat jihatidan yangi, umumiy va universal bilim sifatidagi umumlaptirishdir.
Falsafaning tanqidiy funksiyasi. Falsafa o‘zining mazkur funksiyasi bilan inson faoliyatining barcha sohalari, bilishga, amaliyotga, jamiyatga, odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga ham kirib boradi.
Tanqid–ma’naviy faoliyat usuli. Uning asosiy vazifasi–hodisaga yaxlit baho berish, uning qarama-qarshiliklarini, kuchli va kuchsiz tomonlarini, ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlash.
Tanqidning ikki asosiy shakli mavjud:
a) salbiy, vayronkor, «yalpi inkor etuvchi», hamma narsani va to‘la inkor etuvchi tanqid;
b) konstruktiv, bunyodkor, hamma narsani to‘la vayron qilmasdan, eskining yangidagi ijobiy (qayta ishlangan) mazmunini saqlab qoluvchi, muammolarni echishning muayyan yo‘llarini, yanglishishlarni engishning samarali usullarini taklif etuvchi tanqid.
Falsafaning metodologik funksiyasini amalga oshirish yo‘li nafaqat fanni rivojlantirishning fundamental masalalarini hal qilish usuli, balki falsafaning o‘zini, uning barcha metodologik tamoyillarini rivojlantirish usuli hamdir.
Nazorat savollari:

  1. Jamiyat ko‘proq nimaga ehtiyoj sezadi; falsafagami, fangami va nima uchun?

  2. Fanda olimning vazifasi nimalardan iborat?

  3. Fan va falsafa bilish ob’ektlariga qanday yondashadi va o‘rganadi?

  4. Falsafaning o‘ziga xos jihatlarini sanab bering.

  5. Tarixiy davrlarda falsafa va fanga munosabat qanday kechgan?

  6. Fan sohasini egallashga qaratilgan qanday mezonlar mavjud?

  7. XX asrda fan va falsafaga munosabat qanday izohlanadi?

  8. Maxsus ilmiy tadqiqot jarayoniga va nazariya tuzishga falsafa ta’siri.

  9. Falsafa fanining integrativ funksiyasini izohlang.

  10. Falsafa fanining tanqidiy funksiyasini tushuntiring.

  11. Falsafa fan yoki dunyoqarashmi?

  12. “Falsafa” atamasining ma’nosi qanday?

  13. Dunyoqarash nima?

  14. Dunyoqarashning tarixiy shakllari xaqida nimalarni bilasiz?

  15. Falsafaning dunyoqarashning boshqa tarixiy shakllari bilan umumiy va o‘ziga xos xususitlari qanday?




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin