Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə160/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Zaydiylar. Feodal nizolar zaminida VIII asr o‘rtalarida shia musulmonlari safidan yana bir guruh ajralib chiqib, mustaqil zaydiylar sektasini tashkil etgan. Bu sekta – Alining evarasi, Husaynning nabirasi 740 yili Kufada umaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifa Xishomga qarshi xalq qo‘zg‘aloniga boshchilik qilgan Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan va shialarning uchinchi imomi Zayd xalifa qo‘shinlari bilan bo‘lgan jangda o‘z tarafdorlari bilan birga halok bo‘lgan.
Zaydiylar 864 yili Eronning shimolida o‘z davlatlarini tuzishgan. 901 yili esa ular YAmanda davlat hokimiyatini qo‘lga olishgan. Bu davlat 300 yilcha yashagan. Zaydiylar diniy ta’limotning shakllanishiga ishonishni, Qur’on “azaldan” mavjudligini, iroda erkinligi mavjudligini, diniy e’tiqodni amaliy harakat bilan mustahkamlash zarurligini tan olganlar. Ular ko‘pgina shia marosimlariga amal qilishgan, biroq o‘z turmush tarziga ko‘ra sunniylarga ham yaqin turgan.
Ismoiliylar. Bu mazhab tarafdorlari shialar orasida eng ko‘pchilikni tashkil etgan. Ismoiliy mazhabi VIII asrning 2-yarmida Bog‘dod xalifaligida paydo bo‘lgan va imom Jafar Sodiqning katta o‘g‘li Ismoil nomi bilan atalgan. Ismoiliylar diniy ta’limotida butun olamni yaratgan «dunyoviy aql» va «dunyoviy ruh»ga e’tiqod etish asosiy o‘rinni egallagan. Ularning ta’limotida neoplatonchilar falsafasi va Buddizmning katta ta’siri sezilardi. Ismoiliylar turli davrlarda xalqlarga turli payg‘ambarlarning yuborilishi «dunyoviy aql»ning erda namoyon bo‘lishidir deb hisoblashardi. Ular ettita payg‘ambarni Odam Ato, Nux, Ibrohim, Ismoil, Muso, Iso va Muhammad (s.a.v.)ni tan olishadi. Ularning fikricha, imomlar payg‘ambarlarning vorislari hisoblanadi. XI asrdan boshlab ismoiliylar sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi natijasida turli qismlarga bo‘linib ketgan. Hozirgi paytda ismoiliylar O‘rta SHarq mamlakatlarida, Hindiston, Uganda, Keniya, Tanzaniya, Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyatida mavjud.
Druzlar. O‘z ta’limotiga ko‘ra, bu sekta ismoiliylardan ajralib chiqqan. Druzlar vahdoniyatga Allohning yagonaligiga e’tiqod etadilar va 998-1021 yillarda hukmronlik qilgan fotimiylar xalifasi Hakimni xaloskor sifatida erga ikkinchi marta keladi, deb hisoblaydilar. Ular o‘zlarining «muqaddas» yozuvlariga ega. Ularda diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, shu sababli masjidi ham yo‘q. Barcha sektalar kabi, druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin