Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Markaziy Osiyoda XVI-XVIII asrlarda falsafiy fikr rivoji



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə19/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

4.Markaziy Osiyoda XVI-XVIII asrlarda falsafiy fikr rivoji.
XVI asrdan boshlab Mavorounnahrda o‘zaro urushlar, nizolar avjga chiqdi, Temuriylar davlati inqirozga yuz tutib, mayda davlatlarga bo‘linib ketdi. Natijada SHayboniylar davlati tuzildi, 1510 yilda SHayboniyxon Ismoil Safaviy lashkarlari tomonidan o‘ldiriltanidan so‘ng, markazlashgan davlat inqirozga yuz tutdi.
SHayboniylardan Abdullaxon va uning o‘g‘li Abdulmo‘min vafotidan so‘ng, XVI asr oxirida bu davlat barham topib, hokimiyat ashtarxoniylar sulolasiga o‘tdi. Imomoqulixon (1611-1642) davrida davlat birmuncha mustahkamlangan bo‘lsa-da, keyingi davrlarda taxt uchun kurashlar davom etdi. Bu esa iqtisod, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at ravnaqiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ayniqsa, tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda tanazzul ro‘y berdi.
XVI-XVII asrlarda falsafiy va axloqiy fikr sohasida Poshoxo‘ja, Mirzajon ash-SHeroziy al-Bog‘naviy, ibn Muhammadjon YUsuf al-Qorabog‘iy, Muhammad SHarif al-Buxoriy va boshqalarning asarlarini ko‘rsatish mumkin.
Poshoxo‘ja (1480-1547) Niso shahrida tug‘ilib, Buxoroda vafot etadi. u «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») va «Gulzor» hikoyalar to‘plamini yaratgan bo‘lib, ularda insof, adolat, diyonat, saxovat, donolik va aql-zakovat, rostgo‘ylik, ruhiy komillik halollik, mexr-oqibat, kamtarlik va boshqa ma’naviy-axloqiy fazilatlarni taxlil qiladi, salbiy illatlar, inso-niylikka zid xatti-harakatlarni qoralaydi.
XVII asrning mashhur mutafakkiri, faylasufi YUsuf al-Qorabog‘iy (1563-1647) asli Ozarbayjondan bo‘lib, keyinchalik Buxoroga keladi. U yoshligidan fiqh, falsafa, tasavvuf bilan shug‘ullanadi, Uning muhim risolalari «Risolayi botiniya «Risolayi xilvatiya», «Fi ta’rifi ilm» va boshqalardir. Bulardan tashqari u Davoniy, Taftazoniy, SHahobiddin Suhravardiylarning kitoblariga sharxlar bitgan.
Qorabog‘iy o‘z salaflari singari dunyoni, bugun olamni bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yagona jism deb biladi. Uningcha, Olam yagona jism, undagi barcha mavjud narsalar uning a’zolaridir. Olamdagi butun narsalarni Xudo yaratgan, u birinchi sababdir. Borliqdagi hamma narsalar sabab-oqibat orqali bir-biri bilan bog‘langan. SHuningdek, olim harakat va uning turlari, to‘rt unsur haqida ham o‘z fikrini bildiradi.
Bu davrda Boborahim Mashrab, So‘fi Olloyor, Turdi Farog‘iy va boshqalarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muxim o‘rinni egalladi. Bular orasida Mashrabning hurfikrlilik ruhi bilan sug‘orilgan ijtimoiy-falsafiy va ahloqiy fikrlari e’tiborga sazovordir.
O‘zining ijtimoiy-falsafiy fikrlari bilan Markaziy Osiyo madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan shoir va faylasuf Mirza Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Mirza Bedil ilmning ko‘p sohalari, xususan falsafa, adabiyot, san’atshunoslik bo‘yicha ijod qildi. U hind, arab, eron, ko‘plab Osiyo xalklarining ilmiy merosini chuqur o‘zlashtirgan etuk olimdir. Bulardan tashqari, Mirza Bedil Sa’diy, Atgor, Jomiy, Hofiz, Navoiylarning she’riyati, dunyoqarashini puxta bilgan.
Uning muhim asarlari «CHor unsur», «Irfon», «Ruboiyot», «G‘azaliyot» va boshqalardir. Vahdati-mavjud oqimi tarafdorlari tabiatning abadiylshshsh materiya va ruhning birligini tan olib, xudoni olamning o‘zida deb biladilar. Mirza Bedil ana shu ta’limot tarafdori edi. Bedil o‘zining «CHor unsur», «Irfon» asarlarida hamma narsalarning asosida xavo yotadi, deb hisobladi.
Uningcha, havo abadiy, mutlaq, harakatchan, o‘zgaruvchan, rangsiz va engildir. U yuqori va quyi tomon harakat qiladi. U ruxlar to‘g‘risida so‘z yuritib, nozik bug‘-buxori latif havodan kelib chiqib, tabiiy ruh, nabotot ruhi, inson ruhi, hayvoniy ruhni paydo qiladi, deydi. Xullas, u tabiatni ruhlantiradi, ruhlar moddiy dunyodan tashqarida emasligini alohida ta’kidlaydi.
Mirza Bedil bilish haqida fikr yuritar ekan, bilishning birinchi bosqichi his-tuyg‘ular bilan bog‘liqligini, bilishda inson tafakkurining qudrati kuchli ekanligini yozadi. Bedil inson o‘z qilmishlari, xatti-harakatida erkindir, degan qoidani hayotiy misollar orqali asoslab berishga intiladi, mehnat va hunarni, ilm va kasb egallashni ulug‘laydi.
Mirza Bedil ijtimoiy-siyosiy qarashlarida jamiyat, inson, davlat va uning kelib chiqishi, uni boshqarish yo‘llari, dehqonchilik va uning foydasi haqida fikr yuritdi. Ayniksa insonni yuksak darajaga ko‘tardi, uning irqi, dini va millatidan qati nazar hurmatga sazovor ekanligini uqtirdi.
Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-falsafiy fikri rivojiga katta xissa qo‘shgan ma’rifatparvarlardan Ogahiy, Berdak, Furqat va Muqimiylarni tilga olish mumkin.


  1. Yüklə 0,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin