Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə78/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Okeandan foydalanishning an’anaviy ob’ektlari baliqchilik, suv o‘tlaridan foydalanish va xokazolar hozirgi vaqtda muhim ahamiyat kasb etmoqda, masalan 1975 dunyo bo‘yicha 70 mln tonna baliq ovlangan edi. Dengiz mahsulotlarining soni ham ko‘payib bormoqda. 2000 yilda ularning xajmi 130-135mln. tonnaga etkazilishi kutilmoqda.

Kishilarning koinotga kirib borishi va uni o‘zlashtirishi ham XXI asrdagi fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Koinotni o‘zlashtirish muamolari umumbashariy bo‘lganligi uchun barcha mamlakatlarni kuch g‘ayratlarini birlashtirib, undan butun insoniyat manfaatlari uchun foydalanish lozim.

Koinot to‘g‘risidagi nazariyalar asosida ham dunyo olimlari o‘rtasida bir-birini istisno qiladigan turli qarashlar mavjud. Ularning fikricha, koinotni o‘zlashtirish uchun sarflanadigan mablag‘lardan okean va quruqlikning o‘zlashtirish, yurak-tomir va rak kasalliklarini davolash kabi masalalarni xal etishda foydalanish lozim. Bu nuqtaviy - nazar tarafdorlari umumbashariy harajatlarning miqdoriga e’tibor beradilar. SHuningdek, koinotdan harbiy maqsadlarda foydalanish xavfi ham shu qarashlarda hisobga olingan.

YAna bir qarashga ko‘ra, koinotni o‘zgartirish zarur. CHunki uning yordamida tarixiy taraqqiyotning borishi bilan yuzaga kelgan vazifa va muammolarni echish mumkin. Bu qarashlar sirtdan qaraganda, sof ilmiy manzaradek bo‘lib ko‘rinadi, lekin ularning zaminida koinotni o‘zlashtirishda etakchilik qilayotgan davlatlarning siyosiy, iqtisodiy manfaatlari yotadi.

Hozirgi asosiy vazifa koinotni o‘zlashtirishni butun insoniyatning manfaatlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lashdan iborat. Boshqa barcha umumbashariy muammolarni o‘rganishda ham shu maqsadlardan kelib chiqmoq kerak.


Respublikamizda «demografik portlash» asosan, XX asrning ikkinchi yarmida ro‘y berib, bu jarayon (boshqa biror jiddiy omillar ta’sir etmasa) XXI asrning dastlabki o‘n yilliklari oxirigacha davom etishi bashorat qilinmoqda. Respublikamizda hozirgi vaziyatda vujudga kelgan o‘ziga xos «demografik vaziyat g‘oyat muhim xususiyatlardan biridir, — deb qayd qilgan edi Prezident I.A. Karimov, — Jumhuriyatimizda aholi va mehnat resurslari har yili yuksak sur’atlar bilan ortib bormoqda». Jumladan, 1980 yilda aholining bir yillik tabiiy o‘sishi 421161 kishini tashkil etdi, bu ko‘rsatkich 1989 yidda 480621 kishini; 1997 yilda 580673 kishini tashkil etdi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin