Falsafa fanidan masofaviy sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 3-mustaqil uchun topshiriq



Yüklə 20,65 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü20,65 Kb.
#211709
3- mustaqil ish kuzgi semestr (2) (2)


Falsafa fanidan masofaviy sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 3-mustaqil uchun topshiriq.

  1. Nazorat turi: Taqdimot. Korrupsiya va uning asoratlariga qarshi kurashish borasida taklif va mulohazalar.

Izoh:Power Point dasturida tayyorlanadi.
15 ball

  1. Abdulla Avloniyning Turkiy guliston yoxud axloq asaridan olingan parcha yuzasidan fikr-mulohazalar.

Izoh:Word yoki qo’lyozma shaklda tayyorlandi
10 ball
IQTISOD
Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur.Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda so’mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik o’ldig’I kabi iqtisodning ziddi isrofdur. Alloh taolo isrof qilguvchilarni suymas. Iqtisodni rioya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yasharlar. Arilar qish kunida yemak uchun bol yig’ganidek, boshlariga keladurgan qora kunlarni o’ylab, oq pul yig’urlar. «Toma-toma ko’l bo’lur», – demishlar. Har narsa ozdan ko’payur. Ko’pni ozaytirg’uvchi xotun kishi, Turkiy Guliston yoxud axloq. Ozni ko’payturmak erur er ishi. Hozirgi zamonda maqsudga yetmak, o’z millatiga xizmat qilmak, xalqg’a maqbul bo’lmak uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliqlari ila o’lchanur. Har yerda boy millatlar og’ir kelub, pallani bosub xo’ja o’lganidek, faqirlari yengil kelub, qul va asir bo’lub, osilib qoladur. Mol topmakning eng barakatli yo’llari:hunarchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdur. Bularning har biriga ham bu zamonimizda bilim lozimdur. Bobolarimizning «bo’lsa bo’lar, bo’lmasa g’ovlab ketar» zamonlari o’tub, o’rniga «bilgan bitar, bilmagan yitar» zamoni keldi.
Amerikalilar bir dona bug’doy ekib, yigirma qadoq bug’doy olurlar, yovrupolilar o’zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub, o’zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotub, chandir chaynaymiz: qaymoq berub, sut oshiymiz, non o’rniga kesak tishlaymiz. So’zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo’lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof, tuganmas sa’y, bitmas g’ayrat lozimdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «So’ng zamonlarda dinni saqlamak mol ila bo’lur. Iqtisod uzra harakatli kishilar faqir bo’lmas», – demishlar. Yana, «Har narsada o’rta iqtisod yo’lini tutmak lozimdur. Ifrot va tafritdan ihtiroz qilmak kerak, hatto din amrinda ham bir odam ortuq sufiylik sotsa, oxirinda o’zi mag’lub bo’lur», – demishlar.
Xalq ichinda mo’tabar bir narsa yo’q davlat kabi,
Bo’lmag’ay davlat jahonda quvvat-u sihhat kabi.
Iqtisod, insof ziynatdur vujudi odama,
Yaxshi ne’mat yo’q kishiga sa’y ila g’ayrat kabi

3-mustaqil ish uchun belgilangan ball: 25.


Topshiriq bajarish buyicha ko’rsatma
Hurmatli talabalar, sizdan masalalarga ijodiy yondashishni va kreativ fikr va mulohazalaringizni bildirishingizni so‘rayman.

  1. Berilgan mavzu yuzasidan taqdimot tayyorlang.

  2. Plagiyat(ko’chirmakashlik) ham axloq normalariga, ham huquq normalariga zid.

  3. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar va olib borilishi lozim deb bilgan eng muhim antikorrupsiya g’oyalarga misollar keltiring.

  4. Esse.Ijodiylik va mustaqil fikrlashni talab qiladi, shunga ko’ra har bir talaba yuqorida berilgan matnni izohlash va unga tanqidiy yondashuv orqali masalani ochib berishingiz talab qilinadi. Eng kam xajmi 150 ta so’z bo’lishi lozim. Times New Roman da yoziladi.

  5. Mustaqil ishni Power Point va Times New Roman shriftida 14 kattalikda tayyorlang.

  1. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 25.

  1. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida, jumladan, berilgan masalalarni dalillar asosida yoritib bersa, 23-25 ball bilan baholanadi.

  2. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsa, 20-22 ball qo’yiladi.

  3. Agar mustaqil ishni to’liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo’lsa, 17, 15 ball qo’yiladi.

  4. Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo’lsa, 14, 12 ball qo’yiladi.

  5. Agar mustaqil ishda jiddiy qo’pol xatolar mavjud bo’lsa, 10, 8 ball qo’yiladi.

  6. Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi.

  1. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo’natishingizni so’rayman.

  2. Topshirish muddati: 25.01.2024. Soat: 23:55.

  3. Omadlar tilayman!!!


Topshiriqni bajarish uchun manbalar:
1.Davronov Z., Shermuhamedova N, Qahharova M, Nurmatova M, Husanov B, Sultonova A. Falsafa. – Toshkent: TMU, 2019
2. Madaeva Sh. Shermuhamedova N. va boshqalar. Falsafa – o‘quv qo‘llanmasi. – Toshkent: 2019
3. Muhammadjonova L.A. L.A. Abdulla Sher, Shodimetova G. Axloq falsafasi. – Toshkent: Vneshinvestprom, 2023

Bajarilgan ishni Hemisga yuklash muddati: 25.01.2024.soat 23-55.


Fan o‘qituvchisi: Xolmirzayev N.N. (99-369-23-86)
Yüklə 20,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin