Falsafa fanidan mustaqil ish 5 Bajardi: Norsafarov. O tekshirdi: Xudoyqulov. A mavzu



Yüklə 47,9 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü47,9 Kb.
#194116
falsafadan Mustaqil ish 2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

FALSAFA FANIDAN



Mustaqil ish 5
Bajardi: Norsafarov.O

Tekshirdi: Xudoyqulov. A

Mavzu: Tushuncha - predmetlarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi
mantiqiy shakl.
Tushunchalarni bo‘lishning maqsadi va tuzilishi. Xulosa chiqarishning
umumiy mantiqiy tavsifi.
Dalillash va ishonch-e'tiqodning shakllanish jarayoni.
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Yangi
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida rivojlanish modeli va
Uchinchi renessans tushunchalari.
Amaliy loyihalar: “Mening oilam – mening baxtim”; “Ustozim –
hayiotim chirog‘i”; “Mening mahallam – mening faxrim”;
“Mahallamning olim va ziyoli insonlari”; “Mening hayot falsafam

Reja:

1.Tushuncha - predmetlarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi mantiqiy shakl.
2.Tushunchalarni bo‘lishning maqsadi va tuzilishi.
3.Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi.
4.Dalillash va ishonch-e'tiqodning shakllanish jarayoni.
5.O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida rivojlanish modeli va Uchinchi renessans tushunchalari.
6.Amaliy loyihalar: “Mening oilam – mening baxtim”; “Ustozim –hayiotim chirog‘i”; “Mening mahallam – mening faxrim”;“Mahallamning olim va ziyoli insonlari”; “Mening hayot falsafam

Tushuncha — narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchaning. bilish mahsulidir, bu bilish oddiydan murakkabga koʻtarila borib, eski Tushuncha.larni mukammallashtiradi, aniklashtiradi va yangilarini shakllantiradi. Tushunchaning.ning asosiy mantiqiy vazifasi biron narsani boshqa narsadan fikran ajratishdan iborat. Predmetlarning turkumlarini ajratish va bu predmetlarni Tushunchda umumlashtirish tabiat qonunlarini bilishning zarur shartidir. Har bir fan muayyan Tushunchalar bilan ish koʻradi, ularda bilimlar jamlanadi. Tushuncha. hissiy bilish shakllaridan farq qilib, inson miyasida toʻgʻridantoʻgʻri aks etmaydi. U taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi. Tushunchaning shakllanishi soʻz bilan bogʻliq. Ular oʻrtasidagi uzviy aloqadorlik tafakkur va til oʻrtasidagi bogʻlanishning aniq tarzda namoyon boʻlishidir. Tushunchalar soʻz va soʻz birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Har qanday Tushunchalar. — abstraksiyadan iboratdir, bu hol Tushunchada voqelikdan uzoklashgandek tuyulsada, haqiqatda esa Tushuncha yordamida voqelikning muhim tomonlarini ajratib, tadqiq qilish yoʻli bilan chuqurroq bilib olinadi. Tushunchalarning oʻzaro aloqadorligi va bir-biriga oʻtib turishi dialektik mantiqning tushuncha haqidagi qoidasining muhim tomonlaridan biridir.
Tushuncha – predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo‘lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo‘lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo‘lishi uning o‘z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo‘lishini taqoza etadi.
Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo‘qolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo‘lishi individning inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim emas.
Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi.
Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi. Sintez analizga teskari usul bo‘lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan iborat.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig‘indisi tashkil etadi. Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‘zida qamrab oladi.
Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan kishining o‘ziga ma’lum bilimlar va tajriba,, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliqdir. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi ob’ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir. SHu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo o‘rinli bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Falsafiy yo'nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko'ra, o'ziga xos bo'lib, asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal mohiyati to'g'risidagi falsafiy ta'limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to'g'risidagi, insonning olamga bo'lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim sohasidir.
Gnoseologiya — bilish falsafasi bo'lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to'g'risidagi
ta'limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to'g'risidagi falsafiy ta'limot.
Praksiologiya — insonning predmetli-o'zgartiruvchan, amaliy faoliyati to'g'risidagi falsafiy ta'limot.
Metodologiya — bilish va o'zgaruvchan faoliyat usullari to'g'risidagi ta'limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta'rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari),
ularning mazmunidan qat'i nazar, xolis o'rganuvchi ta'limot.
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to'g'risidagi fan.
Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go'zallikning o'rni, qonun-qoidalari to'g'risidagi qarashlar majmuyi.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib etish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo‘lish – ko‘rsatilgan bo‘limlarni sinchiklab o‘rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir.
O‘zini oqlamagan g‘oyalar, yo‘nalishlar va konsepsiyalar bisyor, ularning aksariyati hozir juda og‘ir ahvolda, ayrimlari esa kuchli inqiroz holatini boshdan kechirmoqda. Ammo falsafa o‘zining birinchi ma’nosida – «donolikni sevish» sifatida, haqiqatning tagiga etish usuli sifatida, jon holati sifatida va nihoyat, dunyoqarashning alohida shakli sifatida insoniyat turguncha mavjud bo‘ladi.
Falsafaning asosiy masalalari. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma’nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta’limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qat’iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Birinchi jihat moddiylik va ideallikning o‘zaro nisbatiga tegishli. Savol shunday qo‘yiladi: «Materiya birlamchimi yoki ruh (ong)mi?» yoki, «Tafakkur va borliqning nisbati masalasi butun, ayniqsa, eng yangi falsafaning buyuk asosiy masalasidir».
Ikkinchi jihat birinchi jihat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, quyidagicha ta’riflanadi: «Dunyoni bilish mumkinmi?» Boshqacha aytganda: «Biz haqiqiy dunyo haqidagi o‘z tasavvurlarimiz va tushunchalarimizda borliqni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmizmi?»Bu masalada materialistlar va idealistlarning qarashlari ziddiyatli xarakterga egadir.
Falsafaning asosiy funksiyalari. 
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi insonning dunyoga munosabati, uning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog‘liq bo‘ladi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir.
Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. 
Falsafaning integrativ funksiyasi real borliqning yangi ob’ektlari va hodisalari insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab etilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ilmiy bilim o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. 
Falsafaning madaniy funksiyasi odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg‘otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon bo‘ladi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi hayotning ma’nosi, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funksiyani bajaradi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga keluvchi munosabatlar bilan bog‘liq.
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab etishga yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir.
O‘zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:
- xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O‘zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog‘liq:
- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. O‘z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bo‘lmoqda;
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g‘oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo‘shliqni yangi g‘oyalar bilan to‘ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o‘zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Falsafiy dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator yo'nalishlarda namoyon bo'ladi.
1. Avvalo bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog'liq. Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyg'onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga yetkazish davr talabi ekani kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to'g'risidagi g'oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirish zarur.
2. Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e'tibori bilan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida iqtisodiy mustaqillikka erishish orqali siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarining o'sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi g'oyalarga tayanadi. Uning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg'ulari, orzu-intilishlariga mosligi bilan belgilanadi.
3. Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. Bu esa, o'z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, davlatimizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy hayotidagi ijobiy o'zgarishlar to'g'risida xalqimizda to'g'ri tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko'rsatadi.
4. Falsafiy tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy tus olishi uchun O'zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan maqsad va g'oyalarni amalga oshirish yo'lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g'oyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni ma'naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga ega.
5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga yetish, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo'lgan tahdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fanlaming ahamiyati beqiyos. Shu bois o'z xalqi tarixini, o'z milliy madaniyatini, urf-odat va an'analarini yaxshi biladigan, milliy g'ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidir.
6. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e'tiboriga ko'ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidan chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat miqyosidagi, balki har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart-sharoit yaratadigan jarayondir. Shu ma'noda, u ham, jamiyatdagi boshqa o'zgarishlar kabi, avvalo, inson uchun, uning kamoli va hayot farovonligini ta'minlaydigan islohotdir.
XXI asrga kelib, insoniyat g'oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida turganligini anglay boshladi. Xususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xomashyo va energetika resurslari, Yer shari aholisining shiddat bilan o'sib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta'minlash, sog'liqni saqlash, maorif va madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish muammolari yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda.
Bu masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g'oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi esa tobora aniq bo'lib bormoqda.
Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko'zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma'naviy omillari (ideallari), borliqdagi o'rni, munosabatlari sabablari, ruhiy va moddiy ehtiyojlarini qondirish usul va vositalari — barcha-barchasini ko'rsatib beradi.
Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi.
Bir tomondan, jamiyatning o'zgarib borish tamoyili falsafiy g'oya, nazariya va ta'limotlar o'zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o'zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma'naviy hayot tarzini ilg'ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo'lib xizmat qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rag'batlantirish, milliy o'zlikni anglash, istiqlol mafkurasini shakllantirishda shoshilmay, behuda his-hayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o'rni va hamiyati g'oyatda ulkandir.
Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda ham kishilarni yuksak g'oyaviylik, mustahkam e'tiqod, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham umummilliy, umuminsoniy manfaatlarni nazarda tutgan holda madaniy va ma'rifiy hal etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi.
Tushunchalarni bo‘lishning maqsadi va tuzilishi. Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, hajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.
Yakka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Mars planetasi yakka tushunchadir. Umumiy tushuncha predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta» tushunchasi umumiy tushuncha hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, «kimyoviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. «Yulduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz.
Fikr yuritish jarayonida umumiy tushunchalar ayiruvchi va to‘plovchi tushunchalar tarzida bo‘lishi mumkin. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. To‘plovchi tushuncha ham umumiy tushuncha bo‘lib, u aks ettirgan belgilar shu umumiylikni tashkil etuvchi har bir predmetga taalluqli bo‘lmaydi. Masalan, “konferensiya” – to‘plovchi, “konferensiya ishtirokchisi” – ayiruvchi.
Mazmuni bo‘yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadi. Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks yettiriladi. Masalan, «Inson», «Tabiat» tushunchalari – konkret tushunchalar, «Qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Sistemalilik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.
Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O‘qituvchi» va «O‘quvchi», «Ijobiy qahramon» va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Bazi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «savodli kishi», «vijdonli kishi» – ijobiy tushunchalar, «savodsiz kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir.

Xulosa. Rivojlanish bu yani sivilizatsiya taraqqiyot hisoblanadi. Eski holardan yangi holatga o’tish qonun va qarorlarni o’zgaritrish hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib bu juda avj olmoqda. O’zbekistonda qonunlarida, konstitutsiyada, hayotida va shaharlarida kuzatsak bo’ladi. Yana bu rejalarda juda ko’p insonni hissiyotlari, hayotiy kechilmalari, qadrialatlari mazmuni yoritilib berilgan.
Yüklə 47,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin