Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti


Falsafaning asosiy qonulari. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə24/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org

30. Falsafaning asosiy qonulari. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni — dialektika qonunlaridan biri. Uni Gegel ishlab chiqqan. Bu qonunga koʻra, ziddiyat, qarama-qarshi tomonlar, kuchlar oʻrtasidagi kurash harakat va rivojlanishning sababi, manbai hisoblanadi. Rivojlanish ziddiyatlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat, bu eskining yoʻqolishi va yangining paydo boʻlishiga olib keladi. Qarama-qarshilik deb narsa va hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi tomonlari, quchlarning oʻzaro munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar birligi nisbiy, oʻtkinchi, yaʼni u narsa va hodisadagi ikki qarama-qarshi kuchning maʼlum nisbiy vaqt ichida birga mavjud boʻlib turishini anglatadi. Qarama-qarshiliklar kurashi esa abadiy, yaʼni rivojlanishning manbai sifatida doim, har qanday sharoitda barcha jism va hodisalarga xos. Qonunning mohiyati va amal qilish jarayonini oʻrganishda ichki va tashqi, asosiy va asosiy boʻlmagan ziddiyatlarni bir-biridan farq qilish zarur, lekin ular oʻrtasida mutlaq chegara ham yoʻq. Voqelikda ular oʻzaro chirmashib ketadi, bir-biriga oʻtadi va taraqqiyotga xilmaxil taʼsir qiladi. Shuning uchun ziddiyatlarning har biriga konkret yondashish, ziddiyat namoyon boʻladigan sharoitni, muhitni, vaziyatni, u oʻynaydigan rolni hisobga olish zarur.
http://fayllar.org
Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin