Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə1/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org


Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti

Falsafa fanidan sessiya javoblari.
1. Falsafa fanining predmeti.
Falsafaning predmeti tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy rivojlanish qonunlarini o‘rganishdan iborat.
Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan
qoniqmagan insonning o'ziga ma'lum bilimlar va tajribaga, muayyan e'tiqod,
ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga
harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi obyekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo’lishi mumkin bòlgan hamma narsa falsafaning predmetidir.
Falsafaning predmetiga biz umumiy nuqtayi nazardan ancha keng ta’rif bergan bo‘lsak-da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu sabablarga ko‘ra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqadi.
Masalan, qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta’limotlarning o‘ziga xos xususiyati bòlib, bunda asosiy e’tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Evropada xristianlikning, Sharqda islom dinining vujudga kelishi va mustahkamlanishi natijasida òrta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos - markazdan o‘rin olgan xudo) xususiyat kasb etdi, ya’ni Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg'onish davrida falsafa san’at (estetika)ga va ko‘p jihatdan insonga murojaat qilindi. Yangi davr deb nomlanuvchi XVII-XVII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy boĝlandi, natijada falsafiy tadqiqotlaming diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‘rin oldi.


2. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi.
«Falsafa» tushunchasi yunoncha “phileo” - sevaman va “Sophia” - donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, "donolikka muhabbat" ma’nosini anglatadi. Falsafa so'zini qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an‘analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilimni inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yòli orqali olishi mumkin bolgan bilimdan farqlash maqsadida ishlatgan.
Pifagor va qadimgi davrning boshqa faylasuflari donolikka da’vo ham qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan.
Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng sònggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bòlgan bashoratgòylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so'zlari birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, ularning fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi bo’lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor
haqiqatlarga emas, balki o ‘z aqliga tayanib, ijodiy yòli bilan, shuningdek, boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bolgan.
Insonning tabiatga qarshilik ko'rsatish, ishlab chiqarish vositalarini yaratish va ko'paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o‘sgunga, buning natijasida yetarli tajriba va bilimlar to‘plangunga, odamlar aqli ko‘p sonli savollarga javob izlash uchun yetarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yòlni bosib òtgan. Shu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bòlish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Chunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllariclan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish - inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda hayot paydo bo’lish tarixi haqida gapirish demakdir.
Insonda ong paydo bòlib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatiarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, ya’ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bo’lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi о‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklami tushunadigan darajaga yetgan davri bilan bog’lanadi.



Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin