Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti


Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə7/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org

8. Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar.
Hindistonda falsafagacha bo’lgan fikrlar uchta manbada mujassamlashgan: Vedalar, Maxobxorat, Bxagavatgita.
XX asrda yashab ijod etgan hind faylasufi Aurobindo Gxoshning ta’kidlashicha, “Maxobxorof’-yakka, indivudual ong emas, milliy ong ijodi, xalqning o‘zi to‘g‘risida yozgan poemasidir”, - degan edi.
Qadimgi hind falsafasi shakllanish davri to‘rtga bo’linadi.
1. Vedalar davri (er.avv. 1500 - 600 y.). Bu davr otiylarning joylashishi
va ular madaniyatining yoyilishi, ‘O’rmondagi universitetlar”ning paydo
bo’lishi davri.
2. Epik davr (er.avv. 600- 200y.) - ilk upanishaddan darsha’nlar yoki falsafiy sistemalargacha bo’lgan davr. Bu davrda buddizm, jaynizm va boshqa ko'plab diniy ta’limotlar paydo bo’ladi.
3. Sutra davri (er.avv. 200 y.- eramizning ikkinchi asri boshlarigacha) - Qisqa va umumlashgan falsafiy ta’limotlar davri.
4. Sxolastik davr (eramizning ikkinchi asridan boshlanadi). U mohiyatan avvalgi davrga o‘xshab ketadi.
Vedalar eramizgacha uchinchi ming yillikda yig’ila boshlangan. Vedalar jami 4 ta: Rigvedalar- gimnlar to'plami, Samavedalar - (“Saman”
qo‘shiqlar to‘plami), Yajurveda - (yajus qurbon qilish formulasi, qurbon
qiiishning formulalari to’plami, Atharvaveda (Atharvak afsonaviy koxin
nomi) - magiya va qasamlar to’plami. Har bir veda adabiyoti samxitlardan,
ya’ni matnlardan tashkil topgan. Xususan, Rigvedalar 1028 gimndan tashkil
topgan.V edalar davrida dastlabki ilmiy tasavvurlar, xususan, geometrik
olchamlar, arifmetik hisoblar, xususan olnlik sanoq sistemasiga oid fikrlar
mavjud bo’lgan.
Upanishad (atrofida o’tirish) - ustoz oyog’lari oldida o’tirib bilim olishni
bildiradi, Bu upanishadga mansub asailarda ko‘rsatmalar, o‘gitlar ko'pligidan
dalolat beradi.
Hind falsafiy sistemalarini odatda veda g‘oyalari an’analariga bo’lgan
munosabatiga ko‘ra ikki guruhga: astika va nastikaga ajratiladi. Astikaga
vedalar avtoritetini e’tirof etadigan, ortodoksal, mumtoz sistemalar - vedanta,
nyaya, vaysheshika, yoga, mimansa va sankxyalar mansub. Vedalar avtoritetini tan olmaydigan ta’limotlar qatoriga lokayata, buddizm va jaynizm kiradi.



Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin