Mavzu: Milliy dinlar reja: Yahudiylikning vujudga kelishi va uning ta’limoti. Veda va veda dinlari



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix14.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#97729
  1   2   3   4   5   6   7
ИЖТИМОИЙ ДИН СЛАЙД



Mavzu: Milliy dinlar
REJA:
1. Yahudiylikning vujudga kelishi va 
uning ta’limoti.
2. Veda va veda dinlari.
3. Konfutsiylik va daosizm.


Milliy dinlar
– ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillarini o’ziga 
qabul qilmaydigan dinlar. Masalan, Yahudiylik (yahudiy millatiga xos), 
hinduiylik (hindlarga xos), Konfutsiylik (xitoy millatiga xos), Sintoizm 
(yaponlarga xos).
Milliy dinlar
Yahudiylik
Hinduiylik
Konfutsiylik
Sintoizm 
Daosizm


Yahudiylik miloddan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida
Falastinda vujudga kelgan, yakkaxudolik
g’oyasini targ’ib
qilgan dindir. Yahudiylik millat dini
bo’lib, faqatgina yahudiy
xalqiga xos. Yahudiy
so’zining kelib chiqishi haqida turli
fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy
o’zining «Qadimgi
xalqlardan
qolgan
yodgorliklar»
kitobida
yozishicha,
yahudiylar bu
so’zni somiy tillaridagi hoda – «tavba qilmoq,
tavba
qilganlar» so’zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalar-
da, aslida bu fikr
noto’g’ri, «yahudiy» so’zi Banu Isroil xalqi
ustidan hukmronlik qilgan
Ya’qub Payg’ambarning o’g’li
Yahudo nomiga nisbat berilgan.
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil
bo’lib,
Isroil
– Ya’qub payg’ambarning ikkinchi ismi, banu 
«bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil avlodlari».


Yahudiylik ta’limoti to’rt asosga tayanadi:
1. Olamlarni yaratuvchi yagona xudo
– Yahvega imon
keltirish.
Yahve
so’zi «rabb, parvardigor» ma’nosini
bildiradi.
Тavrotning «Chiqish» kitobida Хudoning Musoga
aytgan ushbu
so’zi keltiriladi: «Yahve – ota-bobolaringiz
Ibrohim, Ishoq,
Ya’qublarning parvardigori, u meni sizga
yubordi» (Chiqish: 3). Mil. av. VI asr oxirlarida yahudiy
ruhoniylari oddiy xalq hurmatini pasaytirib
qo’ymasliklari
uchun Yahve
so’zini ishlatishni man etib, uning o’rniga
murojaat uchun
«Adonay» («Rabb, Хoja») so’zini qo’llashni
buyurganlar. Shundan
so’ng faqat ruhoniylargagina ibodat
vaqtida Yahve nomini tilga olishlariga ijozat berilgan.
Yahudiylik
ta’limotiga ko’ra, Yahve olamlarni yaratishni
yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa
dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni
buyurdi. Shu sabab yahudiylik dinida shanba kuni
ulug’ kun
hisoblanib, hech bir ishga
qo’l urilmaydi.


2. Yahudiylar yer yuzidagi xalqlarning
«eng mumtozi»
va u
«dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi» ekanligi.
Ular
o’zlarini Хudo tomonidan saylangan, muqaddas xalq
ekanini, yahudiyning ruhi
Хudoning bir qismi hisoblanishini
da’vo qiladilar.
3. Messiya
– xaloskorning kelishi haqida. Unga ko’ra,
oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni
chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni
isloh qilgan holda qaytadan quradi; 2) butun yahudiylarni
Sinion atrofida
to’playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini
jazolaydi.
4. Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi
tasavvurlar, asosan
Тalmudda bayon etilgan. Unga ko’ra,
Yahvega chin
e’tiqod qilganlar oxiratda mukofotlanadilar.
Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo
oladilar.


1.
Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik;
2.
But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik;
3.
Bekordan-bekorga 
Хudo nomi bilan qasam ichmaslik;
4.
Shanba kunini hurmat qilish va uni 
Хudo uchun 
bag’ishlash;
5.
Ota-onani hurmat qilish;
6.
Nohaq odam o’ldirmaslik;
7.
Zino qilmaslik;
8.
O’g’rilik qilmaslik;
9.
Yolg’on guvohlik bermaslik;
10.
Yaqinlarning narsalariga ko’z olaytirmaslik. 
Yahudiylik ta’limoti bo’yicha Muso payg’ambar Тur tog’ida Yahve bilan uchrashganda 
Yagona 
Хudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda mazkur din asosini 
tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar 
Тavrotning «Ikkinchi qonun» kitobidan 
o’rin olgan bo’lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart. Ular quyidagilardir: 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin