Mavzu: Milliy dinlar reja: Yahudiylikning vujudga kelishi va uning ta’limoti. Veda va veda dinlari



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix14.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#97729
1   2   3   4   5   6   7
ИЖТИМОИЙ ДИН СЛАЙД

1. Har doim ota-
onani to’la hurmat qilish;
2. Ularga eng suyuklik taomni keltirish;
3. Ular betob bo’lib qolganida chuqur 
qay
g’urish;
4. Ular vafot etganlarida yurak-yurakdan 
achinish;
5. Ular xotirasiga tantanali ravishda 
qurbonliklar qilish.


Oila va nikoh tushunchasi. Konfutsiychilik 
Хitoyda oila 
masalalariga hal qiluvchi ta’sir o’tkazdi. Konfutsiychilik 
ta’limotiga ko’ra, oila nikohdan, yoshlarning kelishuvi bilan 
boshlanmaydi. Balki, oila ehtiyojlari uchun nikoh amalga 
oshiriladi. Konfutsiychilar urf-
odatlariga ko’ra, avlodlar o’z 
ajdodlari ruhi oldida qilishlari kerak bo’lgan barcha 
marosimlarni o’z o’rnida, muntazam ravishda bajarishlari 
lozim.


Konfutsiychilikning
Хitoyda
tarqalishi.
Garchi
konfutsiychilar
o’z ta’limotlarini qadimgi Chjou aqidalariga bog’liq
urf-odatlar,
marosimlar,
axloqiy
me’yorlar asosiga qurgan
bo’lsalar-da, ular mazkur aqidalar orasida o’z munosabatlari,
qolaversa, har bir masala yuzasidan
o’z xulosalarini ham berib
bayon
qilar
edilar.
Mana
shu
narsa
konfutsiychilikning
muvaffaqiyatga erishishiga sabab
bo’ldi. Undan tashqari uning
muvaffaqiyatiga
sabab
bo’lgan
omillardan
yana
biri
konfutsiychilarning
o’zlari foydalangan qadimgi kitoblar, she’rlar,
risolalarni
yig’ib o’quvchilariga o’rgatganliklaridir. Bu ishning
asosiy qismi Konfutsiyning
o’zi tomonidan bajarilgan edi. U turli
podshohliklarda mavjud
bo’lgan uch mingdan ortiq qadimiy
qo’shiqlar, yozuvlarni jamlab, ularni qayta tahrir qilgan edi.
Konfutsiy va uning shogirdlari tomonidan tahrir qilingan asarlar
keyinchalik konfutsiychilikning asosiy manbalariga aylandi.


Mil. av. IV-
III asrlarga kelib Konfutsiy ta’limoti 
ancha keng tarqaldi va katta ta’sir doirasiga ega 
bo’ldi. Хan sulolasi davriga kelib (mil. av. III-II 
asrlar) konfutsiychilik davlat mafkurasi darajasiga 
ko’tarildi. Хan podshohlari Konfutsiy ta’limotlarini 
to’liq qabul qilmagan bo’lsalar-da, uning kuchini, 
jamiyatda egallab ulgurgan mavqeini e’tirof qilgan 
holda undan davlat boshqaruvida foydalandilar.


Хitoyda keng tarqalgan daosizm falsafiy
ta’limot sifatida mil. av. birinchi ming yillikning
o’rtalarida konfutsiychilik bilan deyarli bir vaqtda
paydo
bo’ldi. Bu ta’limot dastavval bir muncha
mavhum xarakterga ega
bo’lib, din bilan hech
qanday
aloqasi
bo’lmagan.
Ushbu
ta’limot
tarafdorlari
ham
konfutsiychilar
kabi
o’z
zamonalaridagi
harakatlarga
qarshi
bo’lganlar.
Daosizm
targ’ibotchilari ham hukmdorlar orasidagi
tinimsiz urushlarni qoralar edilar. Ular ham boshqa
bir qator falsafiy
ta’limotlar qatori orqaga – «Oltin
asr»ga – qaytishga chaqirar edilar.


Daosizmda mil. av. IV-
III asrlarga kelib nazariy asarlar paydo bo’la boshladi. 
Bunday asarlarda ijtimoiy-siyosiy va axloq masalalari daosizm uchun unchalik 
muhim sanalmadi. Biroq daosizm vakillari ilk bor borliq, tabiat, koinot haqidagi 
tushunchalarni ishlab chiqa boshladilar. 
Хitoydagi Szis faylasuflar 
akademiyasida daosizm nazariyotchilari: 
Тyan Pen, Sun Szyan, In Ven, Shen 
Dao, 
Хuan Yuan va boshqalar to’plangan bo’lib, ular inson va uni o’rab turgan 
borliq xususida beto’xtov munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar. 
Bunday asarlar hozirgi kungacha saqlanmagan, biroq daosizmning asosiy 
manbasi sanaladigan «Daodetszin» risolasida o’z aksini topgan. Mazkur 
risola muallifi Lao-Szi
hisoblanadi. Uning hayoti haqidagi ma’lumotlar kam, 
borlari ham noaniq. Afsonalarga qaraganda, Lao-Szi onasining qornida bir 
necha o’n yillar yashab, keksa donishmand holida dunyoga kelgan. Shuning 
uchun uni «Lao-Szi» – «Keksa donishmand», «Qari bola» deb atadilar. Lao-
Szi mil. av. VII da tug’ilgan, Konfutsiyning zamondoshi hisoblanadi. Qadimgi 
Хitoy yodgorliklarida Konfutsiyning Lao-Szi bilan uchrashganligi, uning 
donoligidan hayratga tushgani va uni ajdahdeb atagani haqida rivoyat 
keltiriladi.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin