Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org
3. Dunyoqarashning mohiyati. Dunyoqarash faqat insonga xos bo’lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog’liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalami ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi.
Dunyoqarashning shakllanishiga ijtimoiy muhit ta’sir etadi. Aql paydo bo’lishi bilan inson o'zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi,
unda o‘z “meni” va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu
tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi.
Dunyoqarashning tuzilishi - dunyoni sezish, idrok etish va dunyoni
tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat.
Dunyoni sezish - bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish bo’lib, bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini subyektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug’ bo’lib tuyulishi mumkin bo’lgan nur, sog’lom odam uchun normal bo’ladi.
Dunyoni idrok etish - bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishida namoyon bo’ladi. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo’lishi, ya'ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o'xshash fantaziyalar paydo bo’ladi.
Dunyoni tushunish - insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini
aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning о’zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o’zgalar qadrini bilmaydi.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir.
Mifologik dunyoqarash -turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlaming ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.(“Mif” tushunchasi yunoncha mythos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi).