Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Ijtimoiy rivojlanish va geografik muhitning o‘zaro ta'siri



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə118/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Ijtimoiy rivojlanish va geografik muhitning o‘zaro ta'siri. Aksariyat olimlar fikriga ko‘ra, geografik muhit jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy tuzilishini belgilovchi asosiy omil hisoblanmasa-da, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish sur'atini jadallashtirib yoki pasaytirib, tarixiy jarayonga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuni ta'kidlash lozimki, XX asrga qadar odamlarning iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyati yuksalgani sari ularning ishlab chiqarish va ijtimoiy hayoti geografik muhit va tabiatning stixiyali kuchlariga kamroq bog‘liq bo‘lib borgan.
XX asr vaziyatni butunlay o‘zgartirdi: u nafaqat ko‘rsatilgan qonuniyatni buzdi, balki uni teskari burib yubordi; ya'ni insoniyat umumbashariy hodisaga aylangach, uning iqtisodiy o‘sishi geografik muhitning tabiiy chegaralariga kelib taqaldi. Bu muhit o‘z maydoni va resurslari jihatidan odamlar ishlab chiqarish faoliyatining tobora o‘sib borayotgan hozirgi miqyosi uchun haddan tashqari kichkina bo‘lib qoldi. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, oxirgi uch o‘n yillikning o‘zida jahonda insoniyat o‘zining oldingi butun tarixi mobaynida iste'mol qilgan miqdorda xom ashyo ishlatilgan. Iqtisodiy o‘sishning mavjud sur'atlari saqlangan taqdirda, yaqin o‘n yilliklarda sanoat ishlab chiqarishi yana ikki-uch baravar ko‘payishi mumkin bo‘lib, bu juda ko‘p miqdorda qo‘shimcha tabiiy resurslarni talab qiladi.
Inson o‘zi yaratgan sun'iy muhit – borlig‘i «ikkilamchi tabiat» yer qiyofasini bundan ham ko‘proq o‘zgartiradi. U sayyoraning yashashga ozmi-ko‘pmi yaroqli bo‘lgan butun qit'a va orol hududini qoplagan ulkan megapolislar va son-sanoqsiz aholi yashaydigan joylardan iborat. Shuningdek, u avtomobil yo‘llari va temir yo‘l tarmoqlari, kanallar, konlar, uyumlar va inson tomonidan yaratilgan, unga qadar hyech qachon mavjud bo‘lmagan boshqa ko‘plab narsalarni o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, bugungi kunda geografik muhitning o‘zgarishida yetakchi rol insonga o‘tdi, biroq ayni vaqtda u yuqorida zikr etilgan tabiiy to‘siqlarga duch kelib, XX asr boshida qo‘lga kiritilgan geografik muhitga nisbatan o‘z mustaqilligini yo‘qotdi. Jamiyat rivojlanishida geografik muhitning rolini asoslashga bo‘lgan qiziqish asrlar mobaynida saqlanib qolayotgani va vaqti-vaqti bilan kuchayib turishi, ayni shu hol bilan izohlanadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin