Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Ekologiyaning kelib chiqishi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə123/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Ekologiyaning kelib chiqishi. «Ekologiya» atamasi etimologik jihatdan yunoncha oikos – uy, boshpana va logos – ta'limot so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, keng ma'noda yashash muhitiga ega bo‘lgan jonli organizm (yoki jonli organizmlar, mavjudotlar) tashkil etgan har qanday tashkilot, tizimni anglatadi. Bu atamani nemis biologi E.Gekkel 1869 yilda biologiyaning vazifasi jonli organizmlarning atrof muhit bilan o‘zaro aloqasini o‘rganishdan iborat bo‘lgan bo‘limlaridan birini belgilash uchun ilmiy muomalaga kiritgan. Ekologiya masalalari uzoq vaqt mobaynida faqat tabiiy fanlar, avvalo biologiya doirasida o‘rganildi. So‘ngra, jamiyatning tabiat bilan munosabatlarida iqtisodiy, ijtimoiy va hatto siyosiy jihatlar aniqlanishiga qarab, ekologiya ijtimoiy fanlarning ham predmetiga aylandi. Ilk ijtimoiy va falsafiy tadqiqotlarning o‘ziyoq jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasi muammolari – bu avvalo jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining, shakllangan qadriyatlar tizimi hamda atrof muhit va insonning undagi o‘rni haqidagi tasavvurlarning muammolari ekanligini tasdiqladi.
Bugungi kunda «ijtimoiy ekologiya» deb nomlangan ilmiy tadqiqotlar sohasi vujudga keldi, «ekologiya» atamasi esa biologiya fanlari doirasidan ancha chetga chiqib, juda tez va keng tarqaldi. XX asr 70-yillarining o‘rtalarida ijtimoiy ekologiyaning to‘rt asosiy qonuni ta'riflandi:

  • hamma narsa hamma narsa bilan bog‘langan;

  • hamma narsa qayoqqadir yo‘qolishi kerak;

  • tabiat yaxshiroq biladi;

  • tekinga hyech narsa bo‘lmaydi99[99].

Bu qonunlar inson atrof muhit bilan uzviy o‘zaro bog‘liq ekanligini mustahkamladi va uning tabiatga o‘zboshimchalik bilan oxirini o‘ylamasdan aralashuvini taqiqladi.
Ekologik muammolar keskinlashuviga qarab ular yanada faolroq o‘rganila boshlandi. Ijtimoiy ekologiyadan tashqari, ilmiy bilimning boshqa, butunlay yangi sohalari, chunonchi: inson ekologiyasi, global ekologiya, shahar ekologiyasi yuzaga keldi. Ayrim kishilar va jamiyatning atrof muhit bilan o‘zaro aloqasi jabhasida ekologik muammolar ko‘p jihatdan falsafiy ma'no kasb etdi, chunki u inson borlig‘ining fundamental asoslariga daxldor bo‘lib, yerdagi hayotning betakrorligi va uning biologik rang-barangligini saqlash zarurligi haqidagi masalani yangidan qo‘ydi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin