Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə210/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Xulosalar. Inson bilimining jadal sur'atlarda rivojlanishi ijod qilishni o‘rganish vazifasini qo‘yadi. Ijodiy faoliyat hamda ta'lim metodlarini o‘rganish haqidagi fan evristika deb ataladi. Ilmiy davralardagi suhbatlar, fikrlar almashinuvi, munozaralar, muammoli vaziyatlar tahlili – shaxsning ma'naviy, ijodiy qobiliyati rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Intuitsiya va ijodni formal mantiq vositalari yordamida tavsiflash mumkin emas, biroq evristik metodlar orqali sub'ektning iste'dodi, xotirasi, zehni, tasavvurini safarbar etishni talab qiluvchi yangilik ustida izlanishlar olib boriladi.
Induktiv tafakkur – hodisalarning bir qismini o‘rganish orqali olingan bilimni hodisalarning butun turkumiga nisbatan tatbiq etish evristik usul hisoblanadi. O‘xshashlik bo‘yicha tafakkur ham evristik mushohada yuritishning haqiqatga erishishni kafolatlamaydigan, biroq oddiy faraz ham hisoblanmaydigan usulidir. Matematik modellashtirish ham evristik usul hisoblanadi. Fanning barcha tamoyillari evristik mazmunga ega. Masalan, fizikada muvofiqlik prinsipidan foydalaniladi: eski va yangi nazariya o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi kerak, yangi nazariyaning matematik apparati ma'lum darajada eski nazariyaga mos kelishi lozim. Falsafa evristik xususiyatga ega, shu sababli yuksak cho‘qqilarni egallash intuitsiya va ijodni anglab yetishning ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi.


14-MAVZU FALSAFADA HAQIQAT MUAMMOSI


Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub'ektdan tashqarida va undan qat'iy nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning ob'ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in'ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab yetilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba'zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma'noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va omilidir.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin