Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Ijtimoiy birliklar va guruhlar



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə259/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Ijtimoiy birliklar va guruhlar. Ijtimoiy birliklar va guruhlar ijtimoiy tuzilmaning muhim elementi hisoblanadi. Ular kishilarning umumiy ijtimoiy belgilari mavjudligi bilan ajralib turadigan birlashmalaridir. Mazkur belgilar qatoriga guruh uchun umumiy sanalgan ehtiyojlar va manfaatlar, qadriyatlar va me'yorlar, turmush tarzi, ijtimoiy mehnat taqsimotidagi o‘rin va ular bilan bog‘liq ijtimoiy rollar kiradi. Ijtimoiy guruh xususiyati va tipi uning xulq-atvorini va jamiyatning ijtimoiy kichik tizimidagi o‘rnini ham belgilaydi. Ehtiyojlar va manfaatlarning birligi ijtimoiy birliklar va guruhlarni birlashtiruvchi asosiy belgi hisoblanadi. Mazkur ehtiyojlar va manfaatlar ijtimoiy birliklar va guruhlarning jamiyatdagi mavqyei bilan belgilanadi. Ijtimoiy birliklar va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy bir jinslilik va barqarorlik darajasiga ko‘ra farq qiladi. Ijtimoiy guruhlarga taqqoslaganda ijtimoiy birliklar ijtimoiy jihatdan turli jinsliligi va tashkiliy jihatdan murakkabligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy birliklarga jumladan etnik va konfessional birliklar, ekologik, siyosiy harakatlar, sport yoki havaskorlarning uyushmalari kabi jamoat birlashmalari misol bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy birliklar va guruhlar turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Jumladan, katta va kichik ijtimoiy guruhlar farqlanadi. Kichik guruh a'zolarining yaqinligi, aloqalarning mustahkamligi, munosabatlarning norasmiyligi, bevosita shaxsiy aloqalar o‘rnatilgani, umumiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari amal qilishi bilan tavsiflanadi. Kichik guruhga korxona, muassasaning mehnat jamoasi, oila misol bo‘lishi mumkin. Jamoa – umumiy faoliyat, manfaatlar va xulq-atvor qoidalarining birligi belgisiga ko‘ra uyushgan kichik ijtimoiy guruh (masalan, mehnat, o‘quv, harbiy, sport jamoalari). Oila – jamiyatning nikohga yoki qon-qarindoshlikka asoslanadigan muhim instituti. Oilaviy munosabatlar nasl qoldirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadigan va bolalarni tarbiyalash, ularga jamiyatning madaniy an'analarini singdirishga qulay zamin hozirlaydigan shaxslararo o‘zaro aloqalarning norasmiyligi bilan ajralib turadi. Oilaviy munosabatlar qarindoshlik aloqalari bilangina cheklanmaydi: ular oila a'zolarining bir-biri oldida o‘zaro ma'naviy javobgarligi, birgalikdagi mehnat va turish-turmush hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan va huquq bilan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar bilan mustahkamlanadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin