Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə262/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Hududiy guruhlar. Aksariyat mamlakatlarda hududiy guruhlarning o‘zaro munosabatlarida jiddiy muammolar yuzaga keladi. Bu ma'naviy hayot an'analari va iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra farq qiladigan viloyat va markaz, poytaxt va chekka o‘lka hamda yirik mintaqalarning munosabatlari bo‘lishi mumkin (masalan, AQSh yoki Italiyada Shimol va Janub munosabatlari). Etnik yoki diniy farqlar, bir ma'muriy birlikning boshqa ma'muriy birliklarga hududiy e'tirozlari hududiy guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirishi mumkin.
Jamiyat rivojlanishiga qarab uning ijtimoiy tuzilmasi murakkablashib boradi. Bu miqdor va sifat jihatidan har xil ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqasi va manfaatlarini muvofiqlashtirishni talab etadi. Ijtimoiy birliklar va guruhlarning turlari ularning o‘rtasidagi munosabatlar va ijtimoiy aloqalar xususiyatini ham belgilaydi. Aloqalar uzoq yoki qisqa muddatli, mustahkam yoki bo‘sh va zaif, bevosita yoki bilvosita bo‘lishi mumkin. Aloqalar xususiyatining shakllanishida manfaatlar muhim rol o‘ynaydi, ularni muvofiqlashtirish vazifasini esa jamiyatning maxsus institutlari, avvalo siyosiy tizim hal qiladi.
Ijtimoiy makon. Moddiy borliq makoni kabi, ijtimoiy makon ham moddiy ob'ektning tuzilishi bilan belgilanadi. Tegishli ravishda ijtimoiy tuzilma va ijtimoiy o‘zaro aloqalar ijtimoiy makon xususiyatini belgilaydi. Makondagi aloqalar o‘zaro aloqaga kirishayotgan sub'ektlar o‘rtasida ma'lum masofa mavjudligi bilan ajralib turishi mumkin. Biz mazkur masofa xususiyatini o‘zimiz uchun botiniy tarzda aniqlaymiz va yo uni saqlab qolishga, yo o‘zgartirishga harakat qilamiz. Odamlar o‘rtasidagi aloqalar ham makon mezoni bilan o‘lchanadi. Ular vizual, yo bevosita, yo bilvosita, yo doimiy, yo nomuntazam bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy makon o‘zining serdarajaliligi bilan ajralib turadi. Bu ayni bir inson turli birliklarda har xil maqomga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi (masalan, o‘zi mehnat qiladigan ishxonada u xizmat pillapoyasida eng past o‘rinni egallaydi, oilada esa boshliq hisoblanadi).
Insonning ijtimoiy makondagi o‘rni uning butun umri mobaynida o‘zgarib turadi. Bu hol «ijtimoiy mobillik» kategoriyasi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin