Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə263/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Siyosiy kichik tizim. Rivojlangan ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan jamiyatda ijtimoiy, etnik va diniy tabaqalanishning kuchayishi muqarrardir. Mavjud mavqyeidagi tub o‘zgarishlardan kelib chiqadigan qarama-qarshi manfaatlarni ko‘zlovchi ijtimoiy birliklar va guruhlar mavjudligi ularning o‘rtasida siyosiy munosabatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu manfaatlarni muvofiqlashtirish zaruriyati jamiyat siyosiy tizimining tuzilishi va funksiyalarini belgilaydi. Siyosiy tizim jamiyatda siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlat va siyosiy tashkilotlar, institutlar va muassasalar majmuidir. Siyosiy tizim murakkab tuzilishga ega. Jamiyatda fuqarolarga nisbatan qonuniylashtirilgan majburlov choralarini qo‘llash yo‘li bilan o‘zining siyosiy munosabatlarni tartibga solish borasidagi funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat siyosiy tizimning bosh elementi hisoblanadi. Davlat jamiyatning muhim ijtimoiy-siyosiy instituti bo‘lib, muayyan hududda unga oliy hokimiyat vakolatlari beriladi. Bu vakolatlardan davlat odamlar, ularning guruhlari va birlashmalari xulq-atvorini boshqarish uchun foydalanadi. Davlatning asosiy belgilari:
1. Jamiyatdan ajratilgan xalq hokimiyati. Hokimiyat – bir sub'ekt (hokimiyat boshlig‘i)ning o‘z hukmi ostidagi fuqarolarga buyruqlar berish, ularning bajarilishi ustidan nazorat olib borish va ularni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkoniyati.
2. Suverenitet, ya'ni o‘z mamlakati hududida oliy hokimiyatga to‘liq egalik qilish va tashqi siyosatda mustaqillik.
3. Hokimiyat chiqargan qonunlar va uning vakolatlari amal qilinadigan hudud.
4. Butun aholi uchun majburiy sanalgan qonunlar va normalar qabul qilish mutlaq huquqi.
5. Davlat xizmati xodimlari, qurolli kuchlar, majburlov organlari va hokazolarni ta'minlash uchun aholidan soliqlar undirish huquqi.
Davlatning boshqaruv shakli (ya'ni hokimiyatni tashkil etish usuli) va davlat qurilishi shakllari mavjud. Boshqaruv shakllariga ko‘ra monarxiya va respublika farqlanadi. Monarxiya quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: birinchidan – hokimiyat bir shaxsga qarashli bo‘ladi; ikkinchidan – davlat boshlig‘iga hokimiyat meros bo‘lib o‘tadi. Davlat boshlig‘ining vakolatlari hyech qanday konstitutsiyaviy normalar bilan cheklanmaydigan mutlaq monarxiyalar va monarx vakolatlari konstitutsiya bilan cheklanadigan konstitutsiyaviy monarxiyalar farqlanadi. Respublikaning asosiy xususiyati shundan iboratki, unda hokimiyat manbai xalq hisoblanadi, zero davlatning oliy organlarini xalq saylaydi. Parlament, prezidentlik respublikalari va aralash respublikalar farqlanadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin