Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Mehnat va o‘yin faoliyat turi sifatida



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə321/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Mehnat va o‘yin faoliyat turi sifatida. Odatda mehnat insonning mehnat qurollari yordamida tashqi dunyoga ta'sir ko‘rsatish va oldindan mo‘ljallangan natijaga erishishdan iborat maqsadga muvofiq faoliyati sifatida tavsiflanadi. Mehnat tushunchasiga nisbatan bunday yondashilgan taqdirda, olim, aktyor, pedagog, haykaltarosh, faylasuf faoliyati mehnat hisoblanmaydi. Bugungi kunda unumsiz deb nomlash mumkin bo‘lgan mehnat turlari mavjud emasligi aniq-ravshandir. Zero mehnat yaxlit jarayon bo‘lib, insondan moddiy va ma'naviy kuch-g‘ayrat sarflashni taqozo etadi. Inson va jamiyatning rivojlanishi jarayonida yuz bergan mehnat taqsimoti mazkur yaxlit jarayon parchalanishiga, jismoniy va aqliy mehnatning ajralishiga olib keldi. Ammo mazkur ajralish jismoniy mehnat insonning faqat jismoniy kuch sarflashi, uning muskullari harakati bilan bog‘liq ekanligini anglatmaydi. Jismoniy mehnat inson ma'naviy, ruhiy va asabiy kuch sarflashini ham nazarda tutadi. Ammo jismoniy va asabiy kuch-g‘ayrat ulushi jismoniy mehnatda ko‘proq bo‘ladi. Aqliy mehnat esa, hyech shubhasiz, insonning ma'naviy kuchlari, uning intellektual imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanishni nazarda tutadi. Ammo jismoniy mehnat ham, aqliy mehnat ham o‘xshash jihatlarga ega. Birinchidan, jismoniy mehnat ham, aqliy mehnat ham muayyan qurollardan foydalanishni nazarda tutadi. Ikkinchidan, mehnat oldindan mo‘ljallangan natijaga erishishni nazarda tutadi. Uchinchidan, mehnat tabiat va jamiyat kuchlaridan foydalanmasdan yashay olmaydigan insonning muayyan ehtiyojlari bilan belgilanadi (chunki inson bioijtimoiy mavjudotdir). To‘rtinchidan, jismoniy va aqliy mehnatning eng sodda omillari – mehnat predmetlari, mehnat qurollari va inson mehnatining o‘zi umumiydir. Ammo mehnatning asosiy o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u tashqi dunyoning insonga qarshi turuvchi kuchlarini moddiy va ma'naviy jihatdan o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
Mehnatga muayyan abstraksiya, ya'ni faoliyat xossasi sifatida yondashadigan bo‘lsak, uning amaliylik, ayrim foydali natijaga erishishga qaratilganlik kabi xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin. Bu inson va tashqi dunyo o‘rtasida yuz beradigan va insondan tashqaridagi unga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlarni jilovlashga qaratilgan jarayondir. Shu sababli mehnat muqarrar tarzda insonning jismoniy va ma'naviy kuch-g‘ayrat sarflanishi bilan bog‘liqdir. U o‘ziga zarur bo‘lgan natijaga erishish yo‘lida bor kuch-g‘ayratini sarflaydi. Mehnat insondan sidqidildan ishlash, zahmat chekishni talab qiladi, tegishli ko‘nikmalarni shakllantirish va irodani toblashni nazarda tutadi. O‘z ma'naviy kuchlarini inson mehnat jarayonini o‘zlashtirish, tashqi kuchlar qarshiligini yengishga sarflaydi. Shu sababli mehnat faoliyati insonga tashqi dunyoni ham, o‘z-o‘zini ham anglash imkonini beruvchi real tajriba sifatida amal qiladi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin