Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə219/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Amaliyot falsafasi. Inson – faol mavjudot. Yunoncha «praktikos» so‘zi faol degan ma'noni anglatadi. Shuningdek amaliyot insonning faoliyatidir.
Inson faoliyati sifatida amal qiladigan hamma narsa amaliyotdir. Til, madaniyat va uning ko‘p sonli tarkibiy qismlari amaliyot turlaridir. Ko‘pincha amaliyot deganda moddiy amaliyot, ya'ni vositasi va mahsuli sifatida predmetli moddiy dunyo amal qiladigan faoliyat tushuniladi. Biroq moddiy amaliyot ham amaliyot turlaridan biri, xolos.
Amaliyot mavzusi ma'naviyat muammolari bilan uzviy bog‘liq. Inson nima uchun harakat qiladi? Kantning mashhur savoli quyidagicha yangraydi: «Insonning maqsadi nima?».

Platon uchun amaliyot ma'naviy jihatdan ijobiy va boz ustiga ajoyib faoliyat. Stoiklar insonning erkin xohish-irodasi yaxshi ishlarda mujassamlashadi deb hisoblaganlar.


Antik jamiyatda jismoniy mehnatni bajarish qullarning vazifasi hisoblangan. Hatto san'atga ham past nazar bilan qaralgan. Dono odamning mushohada qilishi faoliyatning eng oliy shakli sifatida tan olingan. Borliqqa nisbatan bunday yondashuv amaliyot muammosini inson aqli sohasiga ko‘chirgan. Amaliyot haqidagi ta'limot (praksiologiya) axloq, yaxshi xulq haqidagi ta'limot sifatida amal qiladi. Axloqni o‘rganish antik falsafaga ham, qadimgi hind falsafasiga ham xos. Amaliyotni axloqiy tushunish an'anasi butun jahon falsafasi orqali o‘tadi. Qadimgi manbalardan biri “Avesto”da amaliyot inson moddiy va ma'naviy hayotini yaxshilashga intilishida namoyon bo‘ladi. Jumladan, mehnat qilib, boylik yaratib, tashlandiq joylarga ishlov berib, sug‘orib obod qilgan sut, go‘sht, don yetishtirib, farovonlikni ta'minlagan dehqonlar, chorvadorlar, bog‘bonlar ovchilar, hunarmandlar ulug‘langan. Asarda “Kimki ham chap qo‘li va ham o‘ng qo‘li bilan yerga ishlov bersa, u yerga foyda keltiradi”132[132] deb ta'kidlanadi.


Diniy ta'limotlarga ko‘ra inson faoliyati Xudoning unga bergan in'omidir. Xudo o‘zida oliy fazilatni ifoda etadi. Xudo insonni yaxshilik sari yetaklaydi, biroq bu yo‘ldan borish uchun nafs balosini yengish lozim. Xristianlikda mehnatga Xudo insonga yuborgan la'nat sifatida qaragan. Faoliyatning asosiy shakli Xudoga xizmat qilish, ya'ni sig‘inish, ibodat qilish va shu kabilar bilan bog‘langan.
Markaziy Osiyo mutafakkiri Beruniy fikricha, inson amaliy faoliyatining biron bir sohasi ularning o‘zaro ta'sirisiz amalga oshmaydi.
Yangi davrda sxolastikaga qarshi kurashda falsafaning amaliyotga qaratilganligi ingliz faylasuflari (Bekon, Gobbs, Lokk) tomonidan qayd etildi. Hayotga tatbiq etiladigan falsafani yaratishga urinish aqlning qudratiga asoslanadi. Darhaqiqat yangi davr falsafasida tafakkur faoliyatning haqiqiy shakli sifatida qaraladi.
Xususan, amaliy faoliyat insonning tirikchiligini yengillashtirish va yaxshi maqsadlarga, ayniqsa odamlar o‘rtasida murosai madoraga erishishga qaratilishi kerak.
Kant bu fikrni rivojlantiradi: u yaxshi maqsadlarga intilishni emas, balki asosiy axloqiy qonunni amalga oshirishni eng katta yutuq deb hisoblaydi. Maqsad muammosi mavjud narsalar sohasida emas, balki bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalar sohasida yechiladi. Shu munosabat bilan ko‘p sonli aksiologik (qadriyatlar bilan bog‘liq) muammolar yuzaga keladi.
Kant aql darajalari tushunchasini muomalaga kiritdi: nazariy aql narsalar dunyosi haqida mushohada yuritadi; faqat amaliy aql ob'ektlarni kuzatish chegaralaridan o‘tadi va shuning uchun ham u nazariy aqldan ustun turadi. Amaliy aql xohish-iroda sifatida, amaliyot esa – axloqiy-odilona faoliyat sifatida amal qiladi. Kant amaliyotni maqsad, erkinlik, xohish-iroda, axloq kategoriyalari orqali tavsiflaydi.
Gegel amaliyotni sub'ektiv yondashuvdan xalos etish yo‘lida dadil qadam tashlagan. U o‘z e'tiborini vosita kategoriyasiga qaratadi. Gegel fikriga ko‘ra, vosita maqsaddan «mavjud borliqning umumiyligi» bilan ustun turadi. Sub'ektiv narsalar yakka, vosita esa umumiydir. Gegel uchun mehnat insonning o‘z-o‘zini yaratishidir, biroq u inson, ishlab chiqarish vositalari emas, balki mutlaq ruh mantiqini ro‘yobga chiqaradi. Mutlaq ruh yaxlit holda nazariya va amaliyotda o‘zining mavhum ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Amaliyot nazariy bilishdan ustun turadi, chunki u nafaqat umumiylik, balki mavjudlik fazilatiga ham egadir. Gegelning ob'ektivning sub'ektivdan, amaliyning nazariydan, vositaning maqsaddan ustunligiga italyan faylasufi va siyosiy arbobi Gramshi amaliyot falsafasi deb nomlagan marksizm yaqin turadi.
XX asr G‘arb falsafasining ko‘pgina yo‘nalishlari uchun amaliyot o‘z erkinligini loyiha va tanlash imkoniyatida ro‘yobga chiqaradigan (Sartr) xohish-irodali (pragmatizm), oqilona (neopozitivizm) mavjudot sifatida tushuniladigan individning faoliyatidir. Gusserl falsafasida amaliyot inson faolligining barcha shakllarini o‘zida mujassamlashtiradi, biroq falsafiy tahlil ulardan sof bilim, nazariyani ajratib oladi. Ayni shu bilim tahlil predmetiga aylanadi. Xaydegger uchun insonning «dunyoda borligi» narsalar bilan muomala qilish demakdir. Ijtimoiy-amaliy soha haqiqiy borliqqa ega emas, unda insoniyat inqirozining manbalari mavjud.
Marksizmda amaliyotning tarixiy vazifasi yaxshilik va yomonlik dialektikasini ro‘yobga chiqarishdan iborat deb tushuniladi. Marksistlar taklif qilgan dunyoni qayta qurish dasturi ularning fikricha ijtimoiy-axloqiy xususiyatga ega bo‘lgan kommunistik ideallarga erishishga qaratilgan.
Gusserl muhim ma'naviy qadriyatlarga rioya etgan holdagina amaliyot o‘zining haqiqiy maqsadlariga erishadi, deb hisoblaydi.
Demak, falsafada amaliyotga yaxshi maqsadlarga erishish sifatida yondashish an'anasi mavjud. Faylasuflar asosan amaliyotni tor praktitsizm, hamma narsadan bevosita moddiy naf ko‘rish yo‘sinida tushunishga moyil emaslar. Faylasuflarning qiziqishi umumiy ahamiyatga molik qadriyatlarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. «Maqsad vositalarni oqlaydi» degan tezisni Kant ham, Gegel ham tanqid tig‘i ostiga olgan. Yaxshilikka qaratilmagan vositalardan foydalanish muqarrar tarzda yomon maqsadlarga erishilishiga sabab bo‘ladi.
Shunday qilib, amaliyot turli falsafiy yo‘nalishlarda har xil talqin qilinadi. Amaliyot kategoriyasi keng va tor ma'noda yo insonning har qanday faoliyati, yo uning faqat moddiy faoliyati sifatida tushuniladi.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin