Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Insonnning bioijtimoiy mohiyati



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə295/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Insonnning bioijtimoiy mohiyati. Falsafiy antropologiya yechadigan muhim muammolar orasida inson biologik va ijtimoiy mohiyatining o‘zaro nisbati to‘g‘risidagi masala alohida o‘rin egallaydi. Inson jonli tabiatning bir qismi, shuningdek biologik evolyusiya mahsuli ekanligi hozirgi zamon tabiatshunosligi fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma'rifatli odamlarning keng doirasi uchun ham aniq-ravshan va deyarli shak-shubhasiz dalilga aylandi. Har bir inson o‘z biologik xususiyatlari: genetik kodi, vazni, bo‘yi, mijozi, terisi va sochining rangi, yashash muddati va shu kabilarga ko‘ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson ijtimoiy mavjudot ekanligi, uning o‘ziga xosligi va betakrorligi odamzotning ijtimoiy tabiati, u kamol topgan, ta'lim-tarbiya olgan, madaniy va axloqiy qadriyatlar va mo‘ljallarni o‘zlashtirgan ijtimoiy muhit bilan belgilanishi ham shak-shubhasizdir.
Ayni shu sababli inson individi nafaqat biologik, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, insonning kamol topishi jamiyatda va faqat jamiyatda yuz beradi.
Insonning mohiyati. Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‘i birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.
Shunday qilib, individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa, individuallik uni muayyan o‘ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, «shaxs» tushunchasiga yanada torroq ma'no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda tutgan holda shaxs to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Ya'ni keng talqinga yo‘l qo‘yadigan «individ» va «individuallik» tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual xususiyatlarga ega bo‘lgan ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. «Shaxs» tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bog‘liq bo‘lib, faqat shu ma'noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‘rni, «ijtimoiy qiyofasi» nuqtai nazaridan tavsiflaydi.
Kezi kelganda yana shuni ham ta'kidlab o‘tish lozimki, har qanday shaxs zamirida oqilona faoliyat yotuvchi ongli-ixtiyoriy faollik tavsiflanadi. Shuningdek inson yangi moddiy va ma'naviy boyliklar yaratib, o‘z ijodiy imkoniyatlarini izchil ro‘yobga chiqarish orqali shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi zamon fanida shaxsning shakllanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi uch muhim omil: irsiyat, madaniy muhit va yashash sharoiti farqlanadi. Bu omillar o‘zaro ta'sirga kirishishi natijasida inson shaxs sifatida o‘ziga xos xususiyatlar majmui: tegishli ehtiyojlar, qiziqishlar, mijoz, qobiliyatlar, maqsadlar, mo‘ljallar, ma'naviyat va shu kabilarga ega bo‘ladi. Insonning mazkur betakror individual xususiyatlari asosan u yashayotgan muhitdagi ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar ta'sirida shakllanadiki, bu shaxsning shakllanishi va kamol topishida jamiyat juda muhim rol o‘ynashini qayd etish imkonini beradi. Ayni vaqtda shaxs umumiy e'tirof etilgan me'yorlarga muvofiq yoki ularga zid shakllanishi va kamol topishi mumkin. Bu ma'noda ijobiy shaxslar to‘g‘risida ham, salbiy shaxslar to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin.
Hozirgi vaqtda aksariyat olimlar va faylasuflar inson evolyusiyasidagi ijobiy jarayonlarni va ijtimoiy o‘zgarishlar imkoniyatlarini ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi, odamlar ongidan umuminsoniy me'yorlar mustahkam o‘rin olishi bilan bog‘lamoqdalar. Bunda inson o‘zining butun umri mobaynida, bir tomondan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga harakat qilib, boshqa tomondan esa – o‘zini qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhit ta'sirini his etib, yaxlit bir butun hodisa sifatida, uzluksiz tadrijiy rivojlanishini e'tiborga olish lozim. Boshqacha aytganda, o‘zining kamol topish jarayonida u doim ham sub'ekt, ham ob'ekt hisoblanadiki, bu shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi va hayot mazmunini izlashi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muhim falsafiy muammo yuzaga kelishini belgilaydi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin