Kirish Bizning zamonamizda, umuman olganda, bilimlarni faqat ilmiy bilimlar bilan (yoki hatto ilmiy deb hisoblanadigan narsalar bilan) aniqlash va boshqa barcha turdagi bilimlardan voz kechish yoki ularni faqat mumkin bo'lgan darajada hisobga olish xatosiga yo'l qo'yish oson. ilmiy bilimga qiyosladi.
Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa bo’limi bo’lib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning ob’yektiv reallikka munosabatini o’rganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qo’llaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va hokazolar) ni umumlashtirib, uning falsafiy-metodologik asosi sifatida namoyon bo’ladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng ma’noda bo’lib, insonning jamiyatga ta’siri, tabiat hodisalarini o’zgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning ob’yektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiqlanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstract (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga o’tish bilan xarakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, ya’ni sezgi a’zolari orqali tashki olamning miyaga ta’siri natijasida paydo bo’ladigan in’ikos shakllarini tushunamiz.