Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə176/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Forig‘lanish (katarsis) - bu tushunchani mohiyatan diniy ma’noda qo‘llagan edi. Arastu esa uni san’atga nisbatan ishlatadi. Forig‘lanish, Arastu talqiniga ko‘ra, san’at o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, xususan, fojea (tragediya)ning maqsadi. U mohiyatan qo‘rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi.
Nafosat - bir tomonlama, real voqelikni, ikkinchi tomondan ilmiy tushunchani anglatadi. U real voqelik sifatida inson hayotining barcha sohalarini nurlantirib turuvchi qamrovli ma’naviy hodisa, tushuncha sifatida esa estetika faniga oid yuzlab, ehtimol, minglab atamalarni o‘z ichiga olgan eng yirik istiloh, ovro‘pacha ta’rifda-metakategoriya.
Estetik did - insondagi go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik singari estetik xususiyatlarni, umuman, nafosatni idrok etish qobiliyatini nazarda tutiladi.


9-mavzu: Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot

Reja:


  1. Globallashuv hodisasi va bu jarayonlarning shakllanish tarixi.

  2. Global muammolar tushunchasi, ularning kelib chiqish sabablari va turlari.

  3. Taraqqiyot strategiyasida global muammolarning tavsifi.

  4. Global muammolarni hal qilishda falsafaning roli.

  5. Texnika va texnologiya tushunchalarining mohiyati.



Tayanch so‘z va iboralar: Globallashuv, globalistika, global muammolar, mintagaviy muammolar, mahalliy muammolar, demografiya, ekologiya, ekologik tanazzul, ekosistema, demografik portlash, demografik siyosat, terrorizm, futurologiya, korrupsiya, texnika va texnologiya, nanotexnologiya, internet, virtual muloqot, kommunikatsiya.

Biz yashayotgan davrda insoniyat tarixida birinchi marta Yer kurrasida yashovchi kishilarning mutlaq ko‘pchiligi turmush tarzining asosiy tamoyillarini bir xilda tushuna boshlamoqdalar. Bu globalizasiyaning g‘oyaviy negizini tashkil etadi. Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Umuman olganda globallashuv tushunchasiga berilgan ta’riflar xilma-xil. Lekin uning xususiyatlarini to‘laroq qamrab olgani fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta’rifdir. Unda globallashuv jarayonining uch o‘lchovli ekaniga urg‘u beriladi:


Globallashuv – muttasil davom etayotgan tarixiy jarayon;
Globallashuv – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin