Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnatham moddiy, hamda ma’naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy–foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Sport – estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi.Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko‘plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O‘bekiston ko‘plab sport turlari bo‘yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o‘tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida ko‘zga ko‘rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog‘lomlashtirishiga qaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida «Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi porloq bo‘ladi» - degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadi.
Estetik tarbiya juda keng ko‘lamga ega bo‘lib, insonni bir butun shaxs sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun har qaysi davr, tuzum, jamiyat estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Biroq, bu jarayon pedagoglar zimmasiga juda katta vazifa yuklaydi. Ayniqsa, bugungi kunda oliy ta’lim muassasasida katta ehtiyojga aylanmoqda. Biroq, ko‘pgina oliy ta’lim muassasalarida bu fanga nihoyatda jo‘n va primitiv yondoshuv mavjudligini alohida e’tirof etish zurur. Fanning maqsadini noto‘g‘ri tushunish mavjud.
Estetik tarbiya ma’naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida inson ma’naviy va jismoniy olamining uyg‘un tarzda rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shadi. Estetik tarbiyada insonning tashqi ko‘rinishi, uning jamoat orasida o‘zini tutishi, jismoniy baquvvat bo‘lishi ham katta ahamiyatga ega. Shubhasiz, yuksak did ma’lum darajada kishining estetik tarbiya ko‘rganidan dalolat beradi.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviyatni yuksaltirishda estetik tarbiyaning zaruriyatini quyidagicha izoxlash mumkin.
globallashuv jarayonida inson tabiatida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni optimallashtiradi;
ma’naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida mavjud tahdidlarga qarshi inson go‘zalligini har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlaydi;