Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Uzbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining taxdidi kuyidagilarda uzini namoyon etmokda



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə221/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Uzbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining taxdidi kuyidagilarda uzini namoyon etmokda:
- Akidaparastlikni yoyish orkali muslmonlarning isloxatchi
-Davlatg ishonchini yo’qqa chiqarishga urinish:
- Mustaxkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik va xamjixatlik, millatlar va fukorolararo totuvlikka raxna solishga qaratilgan urinishlar;
- Demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e’tiqod erkinligiga asoslangan ko’p konfessiyali dunyoviy jamiyatni obro’sizlantirishga yunaltirilgan sahiy xarakatlar va boshkalar.
Diniy fundamentalizm diniy ekstremizm bilan uzviy boglikdir. Dinniy ekstremizm muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib unsurlarning faoliyati mafkurasi. Bunga misol tarikasida yakin va urta shark mamlakatlarida faoliyat kursatayotgan «Musulmon birodarlari » va undan ajralib chikkan kuplab dininy ekstremistik ruxdagi guruxlar va tashkilotlarni kursatish mumkin. "Musulmon birodarlari" tashkiloti Misrda shakllanadi. Noan’ananaviy okimlar xammasi shunga borib takaladi. 1906 yilda Misrda dindor oilada Xasan al Banna tavallud topdi. 12-13 yoshlarida diniy bilimlarga chankoklik bilan ajralib turadi. 1926 yil Koxiraga ukishga boradi. U erda Dorilum "imlar uyiga" ukishga kiradi, 4 yilda uni bitiradi. Ismoiliyaga ukishga boradi, targibot ishlarini boshlaydi. 1928 yilda "Alixvon al-muslimin" (muslmon birodarlari) tashkilotiga asos soladi. Tarafdorlari asta sekin kupaya boradi .1934 yilda Xasan al-bonna Koxiraga keladi, faoliyati nixoyatda kengayib ketadi. Tipografiyaga ega buladi .1935 yilning uzidayok uning axzolarining soni 40 mingtaga etdi. Tashkilot filiali 102 taga etdi, moddiy jixatdan xam maxnaviy jixatdan xam kuchayib ketdi. Ularning ishori xudo idealiz, paygambar yulboshchimiz, jixod maksadga erishish vositasi, ollox yulida jon berish mukaddas tillagimiz. 2 kilich kesilgan joyda Kurxon rasmi bor.
"Al-ixvon al-muslimin" bu taxlimotlar asosida islom dini tarkalgan mamakatlarda kurxon va shariatda ifodalangan koidalarga tulik rioya kiluvchi "islomiy adolat" printsiplari urnatilgan jamiyat kurish uchun siyosiy kurashni boshlab yubordilar. 1928-1936 yillardagi davrni xayriya va maxrifatchilik etapi deb atasa buladi. Keyingi yillarda u kurash uslubi sifatida terrorni kullash darajasiga etgan siyosiy tashkilot sifatida maydonga chikadi, jamiyat murakkab va rivojlangan tashkiliy strukturaga ega. Uning tarkibida xarbiylashgan guruxlar, chet el shaxobchalari mavjud, jamiyat asosan barcha arab mamlakatlarida faol xarakat kiladi. Boshka mamlakalarda ularning faoliyati kuzatilgan. Aksariyat mamlakatlarda uning faoliyati rasman taxkiklangan.
Raxbariyat garbiy Evropa mamlakatlaridagi makazlardan turib boshkaruv ishlarini amalga oshiradi. Al-ixvon al-muslimin goyalari 3 narsaga asoslanadi.

  1. Islom nuktai nazaridan muslmonlar bir millatni tashkil kiladilar. Geografik va extikod buyicha birodardirlar, geografik muxitni tan olishmaydi.

  2. Islom nafakat din, balki turmush tarzi unda iktisodiy, ijtimoiy, siyosiy va dunyoviy masalalar karor topgan.

  3. Islom xamma xalklarni tabakalarini birodarlikka chakiradi. Yagona raxbar xalifa bulishi kerak.

1944-45 yillarda Xasan al-Banna maxfiy organi Misr vazirlariga duk-pupisa kila boshlaydi. Taxlim vaziriga aytadi: dunyoviy fanlarni olib tashlab diniy fanlarni kuyasan deydi. Bosh vazir uni tergaydi, unga suikasd uyushtiradilar. Xasan al-Banna kamokka olinadi.
1948 yilga kelib Xasan al-Banna uldiriladi. 1952 yil 26 iyunda Misrda revolyutsiya bulib, davlat tepasiga Jamol Abdil Nosir boshchiligidagi xur ofitserlar guruxi keladi. 1956-58 yillarda AS-Suvon tugoni kurilgandan sung SSSR bilan munosabatlarni yaxshilaydi. Bu xolat ixvon al muslimin tashkilotiga yokmaydi va 1956 yilda Abdil Nosirga suikasd uyushtiriladi. J.A Nosir ularni daorga ostiradi. Ularning bir kismi Iordaniyaga kochib, usha erda faoliyat boshlaydi. 1967 yilda arab-isroil urushi boshlanadi, bu ularning faoliyati kuchayishiga kul keladi. 1970 yilda J. A. Nosir uladi. Davlat tepasiga Anvar Saodat keladi, A.Saodat avval ixvon al-musliminga yordam beradi, keyin esa ularni chetlashtiradi. 1981 yil 6 oktyabrda A. Saodatni otib uldirishadi. Undan sung bu tashkilotlarga karshi kurash kuchayib, ketadi keyingi davrda al-ixvon al-muslimin orasida bulinish yuz berib, ular uch yunalishga ajralib ketganlar:
1. «Muxtadillar» – Xasan al- Banna va Saxid Kutb tarafdorlari.
2. "Islom demokratlari"- islom sotsializmi taxlimoti izdoshlari.
3. Terror uslubini kullovchi turli ekstremistik tashkilotlar, ular orasida «Al- jixod », « Xizb at-taxrir al- islomiy » (islom ozodlik firkasi), « Xizbullox » va boshka tashkilotlar» bor.
Xizb at-taxrir alislomiy-sunniylik doirasidagi diniy siyosiy partiya. 1952 yili Kuddus shaxrida Falastinlik Takiy ad-din an-Nabaxoniy (1909-1979) tomonidan asos solingan. U Xayfada tugilib usgan. Koxiradagi "al-Asxar" universitetida taxlim olgan. Tashkilotning asosiy maksadi jaxon mikiyosida islom davlatini xalifalik shaklida kayta tiklash. Asosiy daxvo davlat diniy islomiy konunlar asosida xalifa tomonidan idora etilishi lozim. Avval xalifalik arab dunyosida, keyin islom dini tarkalgan boshka mamlakatlarda, sungra butun dunyo mikyosida amalga oshiriladi. Partiya dasturi 187 banddan iborat bulib, uning asosiy maksadi-xokimiyatga erishish, bundagi asosiy yul-islomiy fikrlovchi yuksak madaniyatli shaxslarni shakllantirish. Unga islomiy taxlim tarbiya berish ikki bochkichdan iborat:
1. U bilan islom taxlimoti bilan tanishtirish yulida madaniy maxrifiy ishlar olib borish:
2. Siyosiy faoliyatga tortish. Partiya madaniy ishlarga juda katta etxibor beradi. Maksadga erishishuchun kurash 3 boskichdan iborat.
goyaviy fikriy kurash
jamiyatda goyaviy inkilobni amalga oshirish
xokimiyaga fakatgina umma-jamoaning tulik roziligi (ijmo) dan sung kelishi.
Xozirgi kunda mavjud maxlumotlarga kura firkaning butun jaxon buyicha raxnamosi va amiri Abdul Kaddim Zollumdir.
Dunyoning konfessional manzarasi. "Konfessiya" so’zi (lotincha – "confessio") o’zbek tiliga aynan tarjima qilinganda “e’tiqod qilish”, degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya deganda muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o’ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo’lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi.
Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, islom dinida bunday holat kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar alohida konfessiya sifatida ro’yxatdan o’tmaydi. Masalan, O’zbekistonda ham bir necha shia jamoalari bo’lishiga qaramay, ular o’zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar.
Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga, ularning turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi me’yoriy omillardan biri bo’lib kelgan. Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko’maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o’tishlarida kuch bag’ishlagan; to’rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishga yordam bergan va shu yo’l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Bugungi kunda dinga bo’lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o’ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o’z-o’zini anglashga bo’lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o’z navbatida inson ma’naviyatining uzviy qismi bo’lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat hayotidagi o’rnini anglashga bo’lgan e’tiborning kuchayishini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo’lgan qiziqishning kuchayishi bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni hal qilish yo’llari haqidagi o’y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg’unligini ta’minlagan holda bugungi kunning og’ir va murakkab savollariga to’laqonli javob topishga intilishi bilan bog’liq ekanini ham alohida qayd etish lozim.
Mutaxassislar ma’lumotlariga ko’ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo’lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
Yangi diniy harakatlar deganda odatda XX asrning 70 yillarida Evropa va AQShda tarqalgan noan’anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar bunga an’anaviy dinlardagi inqiroz davri sabab bo’lganligini ta’kidlaydilar. YaDH liderlari jamiyat kayfiyatidagi o’zgarishlarni, bu “o’tkinchi dunyo”ning nuqsonlarini fosh qilib, o’zlarini “xaloskor”, yuksak axloqli “haqiqqatgo’y” sifatida ko’rsatdilar. YaDH to’riga ko’proq yoshlar ilindilar. YaDH qat’iy ta’limotga ega bo’lmagan tashkilot bo’lib, uning faoliyati lider roli bilan belgilangan.
Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib borganlar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga oshirilgan. YaDHlarning ba’zilari dunyoning turli burchaklarida o’z bo’linmalariga ega bo’lgan, biznes bilan shug’ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylandi. YaDHlar meditatsiya amaliyotini keng qo’llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida shaklida boshqariladi. YDH larning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir. (Aum Sinrikyo (Tokio metrosi 10G’5000 zah.), Quyosh ehromi (frantsiya va Kanada) va b.). Diniy ta’limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga:

  • protestantlarning “ikkilamchi” birlashmalari – Iogov shohidlari, Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi (mormonlar), Masih tserkovi (Boston harakati);

  • soxta xristian harakatlar – Mun birlashtirish cherkovi, Vissarion oxirgi Ahdi cherkovi, Oq birodarlar;

  • sayentalogik kultlar – Xristian ilmi, Ron Xabbard sayentologiya markazi, Kloneyd, Oq ekologlar harakati;

  • neo- va kvaziorientalistik maktablar va kultlar – “Tirik axloq”(Agni yoga), Krishnani anglash jamiyati, Transtsendental meditatsiya, Aum-Sinrekyo, Saxadja-yoga va b.);

  • Yangi majusiy tashkilot va kultlar – “Runvira” ukrain milliy e’tiqodi cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk “qadimgi diniy e’tiqodiga qaytish kulti” va boshqalar kiradi.

Sekta so’zi, eng umumiy ma’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo’lmagan holda din bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo’nalishga mansub bo’lgan ko’plab sektalar faoliyat ko’rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar.
Zamonaviy voqelik diniy-ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo’lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko’rsatmoqda. Xususan, ma’lumotlarga ko’ra, bizga qo’shni bo’lgan davlatlarda "Bogorodichiy tsentr", "Tserkov ob’edineniya", "Tserkov Isusa", "Tserkov Novogo Zaveta", "Beloe bratstvo", "Bojestvenno’y orden Pervogo Angela" kabi o’nlab diniy sektalar noqonuniy ravishda faoliyat olib bormoqda. "Satanizm" deb ataladigan sekta ham keng tarqalgan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, o’ta xavfli bo’lgan bu sektaning Rossiyada 100 ming, Er yuzida 5 milliondan ortiq tarafdorlari bor.
Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo’rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo’lganlar ichida ish olib borish yo’li bilan o’z tarafdorlarini ko’paytirishga harakat qilmoqdalar. Bunday sektalarga asos solgan "avliyo"lar o’z izdoshlarini aldash yo’li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo’layotgan voqealarning ko’pchilikka ma’lum bo’lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi, ular faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda.
Ugandadagi "Oxirat kuni" sektasi boshliqlarining faoliyati bunga misol bo’ladi. Oxiratni 1999 yilning 31 dekabriga "belgilagan" ushbu sekta rahbarlari o’z tarafdorlarini mol-mulklarini sotish, tushgan mablag’ni ularga berishga va shu yo’l bilan gunohlardan forig’ bo’lishga chaqirgan. Qiyomatning 2001 yil 1 yanvarga "ko’chirilishi" sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg’onishiga olib kelgan. Shundan so’ng rahbarlar Kanungu qishlog’ida 500 dan ortiq o’z tarafdorlarini aldab bir joyga to’plab, ustlaridan yopib binoga o’t qo’yib yuborishgan. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko’ra, tezkor tadbirlarni o’tkazgan politsiya yana to’rt joyda ommaviy qabrlarni topgan. Umuman bu sektaning qurbonlari 1000 ortiq bo’lgani qayd qilingan.
Jahon xristianlarini birlashtirish yo’lidagi Muqaddas Ruh assotsiatsiyasi (Assotsiatsiya Svyatogo Duxa za ob’edinenie mirovogo xristianstva (ASD-OMX) bo’lib, Mun San Men birlashtirish cherkovi, Birlashtirish harakati, munchilar (munisto’) kabi nomlar bilan ham ataladi.
Tarixi: BCh asoschisi Sun Myung Men 1920 yilda Shimoliy Koreyada mahalliy presviterian cherkoviga e’tiqod qiluvchi dehqon oilasida tug’ilgan. Maktabda o’qish davrida u pyatidesyatniklar yig’inlarida qatnashardi. 1936 yili Pasxa bayramida unga “vahiy” keladi: Iso Masih unga ko’ranib, uni taxminan 2000 yil avval boshlagan missiyasini yakunlash uchun “tanlangan”ini aytgan. Ma’lumotlarga ko’ra, bu voqea sodir bo’lganda osmondan: “Sen insonlarni halokatdan qutqarasan, sen Masihning ikkinchi bor zoxir bo’lishisan!". Shu voqea sabab u o’z ismining birinchi bo’lagi - Sun (ajdarho)ni -San (nur taratuvchi (svetyahiysya)ga o’zgartirdi va bu bilan u o’zini “ilohiy” kelib chiqishini bildirdi. Shu yo’l bilan yangi “payg’ambar”- Mun San Men vujudga keldi.
Munchilarning ta’kidlashlaricha, bo’lg’usi payg’ambar Yaponiyada elektrik kasbini egallagan, ammo u o’z iste’dodi bilan muhandis diplomini olishi ham mumkin edi. Biroq u “ilohiy yo’l”ni tanlashni afzal bilgan.
Munchilar to’liq va yakuniy haqiqatga “Haqiqiy Ota ” orqali erishaladi. Mun va uning xotini yaqinda “Iso Masih”ga rafiqa topishgan va Iso Masih ularga ko’rinib minnatdorchilik bildirgan. Munchilarning ommaviy nikoh tantanalari “Unashtirish” marosimi munchilarning ammaliyotida markaziy o’rinda turadi.
U 2 qismdan iborat: “muqaddas vino” marosimi va “muqaddas nikoh”.
Ushbu marosimlar vino orqali unashtirilayotganlar odamzotning “birinchi gunohi”dan poklanib, yangi “haqiqiy” hayotni boshlashlarini anglatadi. Nikoh marosimidan avval “unashtirish” bo’lib o’tadi. Bo’lg’usi kelin-kuyovlar o’z juftlarini topishni Mun va uning tajribali mintaqaviy liderlariga to’lig’icha ishonadilar. Ayrimlar o’z juftini nikoh tantanasidan bir necha kun avvalgina taniydilar.
“Muqaddas vino” yoki “Nasabni o’zgartirish” marosimi orqali munchilar Mun va uning oilasi bilan qarindoshlik rishtalarini bog’laydilar. Mun ta’rificha: “Bu marosimlar shayton dunyosidan saqlovchi va “Haqiqiy ota-onalar”ga yaqinlashish bo’yicha o’ziga xos “emlash” vositasidir. Vinoda 21 bitta unsur (element) va “Ota va Ona”ning qoni jamlangan bo’lib, uni iste’mol qilgan inson o’z ajdodlaridan voz kechadi.
Boshqa bir ma’lumotlarga qaraganda, ushbu ichimlik tarkibiga Mun va xotinining boshqa narsalari ham solinadi.
Aу́m sinrikyo  (sanskritcha “olam”) haqiqati ta’limoti; ingliz tilida “Supreme truth”, ya’ni “oliy haqiqat” deb tarjima qilingan ( 2000 yildan boshlab Alef nomi bilan faoliyat yuritmoqda (somiy tillar alifbosidagi 1 harfi bo’yicha)) — yangi diniy, sinkretik, terroristik, ekstremistik, totalitar, destruktiv sekta bo’lib, vadjrayana buddizmi asosida Yaponiyada vujudga kelgan.
Sektaga yaponiyalik Syoko Asaxara 1987 yili asos solgan, u 1995 yilda Tokio metrosidagi zaharli gazlar portlatishni uyushtirgandan so’ng mashhur bo’lib ketgan.
Hozirda sekta terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritilgan. Evropa Ittifoqi, Kanada, Moldaviya, Rossiya, AQSh va boshqa davlatlarda faoliyati ta’qiqlangan. Aum sinrikyodan Rossiyada 24000, Yaponiyada 6600 kishi jabrlangan. 1990 yillarda Aum Sinrikyoning Nyu York, Bonn, Shri Lankada markazlari faoliyat yuritgan. 1986 yilda uning tashkilotiga diniy tus berildi va u “AUM Sinsen-no-kay” (“Ma’naviy rivojlangan va notabiiy kuch quvvatga ega kishilar jamiyati”) deb ataldi.
1995 yil 20 martda «Aum sinrikyo»ning 10 ta a’zosi tomonidan terroristik akt sodir etilgan. Ular Tokio metrosida zarin zaharli gazi yordamida gazli portlatish sodir etishgan.
Natijada 12 kishi vafot etgan, o’nlab kishilar zaharlangan, 1000 kishining ko’rish qolbiliyati pasaygan. Yaralanganlarda tananing ayrim a’zolarida paralich, so’zlash qobiliyatining yo’qolishi, tayanch harakat a’zolarining shikastlanishi, ko’r bo’lib qolish holatlari ham uchragan. Ushbu aktga Asaxara o’zi buyruq bergan (rad etsada).
Ularning fikricha, Oxirzamon kelishi va Yaxshilik va Yomonlik o’rtasidagi oxirgi urush kutilmoqda va urushda barcha “gunohkorlar” qirib tashlanadi. Politsiyachilar tomonidan sekta markazlari tekshirilganda kimyoviy va biologik qurollarning komponentlari (sibir yarasi (sibirskaya azva) va Ebola virusi) topilgan. Bundan tashqari Zairdan keltirilgan Mi 17 harbiy vertolyoti bo’lgan. Kimyoviy zax ira zarin tayyorlash orqali 4 million kishini o’ldirishga etadigan bo’lgan.
Oq birodarlik tashkiloti (OBT) eng janjalkash sektalardan biri bo’lib, Nyu Eyj harakati bilan o’zaro bog’liq. Uning g’oyalarida ham Baliq erasi (Iso Masih davri) yakunlanib, Vodoley erasi, ya’ni er yuzida Ilohiy boshqaruv davri boshlanishini da’vo qiladilar.
Asoschisi va yaqin yillarga qadar rahbari Yuriy Krivonogov tex.f.n.,m Kievning nevralgiya va psixiatriya institutida ishlagan, ko’plab yangi g’oyalar muallifi, inson shaxsiyatiga ta’sir o’tkazish masalalariga qiziqqan (KGB bilan aloqa bo’lgan)
O’z qiziqishlari o’laroq biroz muddat Krishnani anglash jamiyatiga a’zo bo’ladi va turli uslublarni o’rganadi. U “Atma” nomli “Qalb instituti”ni ochadi va “Znanie” nashriyoti orqali ko’plab risolalar chop etadi. Krivonogov ko’p shaharlarda ma’ruzalar o’qib yuradi va Dnepropetrovskda bo’lg’usi xotini Mariya Tsvigunni uchratadi va to’y arafasi uni erdagi “Xudo” deb e’lon qiladi.
Krivonogov o’zini turli avliyolar nomi bilan atab chiqqan (Ioann Predtech, Payg’ambarlar Yoqub, Nuh, Ioann Krestitetl, Tutanxamon, knyaz Vladimir, v.h) va oxiri Yuoann Svami ismida to’xtagan. Mariya ham dastlab Xudoning onasi, keyin Ota Xudo, O’g’il Xudo, Muqaddas Ruhga aylangan, nihoyat Mariya Devi Xristos nomini olgan. Mariya o’zini erkak jinsiga nisbatan ishlatiladigan “on” so’zi bilan murojaat qilgan. U er yuzida uch yarim yil yashab 144 ming eng e’tiqodli kishilarni “haqiqiy e’tiqodlilar”ni jamlashi kerak bo’lgan.
Bu kishilar yusmalianning yangi xalqi bo’lishi kerak edi. (YuSMALOS bu “Yuoann Svami Mariya Logos” abriviaturasi, shuningdek Jus malos “yovuzlik qonuni” ma’nosi bor). Yusmalos “olamni qutqarish” missiyasi 1990 yil 1 iyuldan 1993 yil 24 noyabrga qilib belgilangandi.
Erdan oxirgi bo’lib bu er xotin ketishi, ularni chormixlashlari lozim bo’lgan. Jasadlar uch kun ko’chada turib, uchinchi kuni qayta tirishlari va osmonga ko’tarilishlari kerak edi. O’sha kuni Oxir zamon bo’lib, er yuzi vayron bo’lishi, insoniyat halokatga uchrashi, keyin esa yusmalos xalqi erda yangi hayotni boshlashi, ular jannatda qolgan do’zaxda bo’lishi ta’kidlangan.
Belgilangan sanada Kievda bir necha ming tarafdorlar yig’iladilar. Albatta, Oxir zamon bo’lmadi. Kievdagi muqaddas Sofiya ibodatxonasi oldida to’polon uyushtirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashib ketishi, ochlik, fuqarolar urushlari, ommaviy epidemiyalar, spidning tarqalishi yuqoridagi kabi sektalarning keng yoyilishiga olib kelmoqda.
Umuman olganda, bunday sektalarning barchasi insonning ojizligi, ma’naviy va jismoniy kamolotga erishishga bo’lgan intilishi, kishilar hayotda duch keladigan qiyinchiliklardan o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida shaxsiy boylik orttirish niyatida foydalanadilar.
Mavjud diniy ta’limotlar, ulardagi muayyan qoidalarni davr talabiga moslashtirish, boshqacha aytganda, modernizatsiya qilish jarayoni ham davom etmoqda. Masalan, xristianlar amalga oshirgan inkvizitsiya va salb yurishlari xato bo’lganini tan olib, Rim Papasi hatto, rasman kechirim ham so’radi. 1992 yilda Papa Ioann Pavel II o’z paytida Erning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi qarashlarni yoqlagani uchun cherkov tribunali tomonidan tavba qildirilib, o’z qarashlaridan voz kechishga majbur qilingan Galileo Galileyning haq bo’lganini tan olib, barchadan uzr so’ragani ham bunga misol bo’la oladi.
Shuningdek, mavjud dinlarning tarqalish hududida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’layotganini ta’kidlash zarur. Masalan, o’tgan asrda asosan xristianlar yashab kelgan Evropada bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmonlar istiqomat qilmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniyada - 3 million, Germaniyada - 5 million, Frantsiyada - 6-7 million islomga e’tiqod qiluvchi fuqarolar yashamoqda. Tadqiqotchilar fikriga ko’ra, hozirda aynan islom e’tiqodchilari soni eng tez ko’payib borayotgan din hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, islomning yillik o’sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etib, 1989 yildan 2011 yilgaqadarmusulmon aholi soni Shimoliy Amerikada - 25, Afrikada - 2,15, Osiyoda-12,57, Evropada-142,35, Avstraliya va Okeaniyada-257,01 foizga ko’paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan.
Bunday o’zgarishlar, bir tomondan, globallashuv keltirib chiqarayotgan odamlar migratsiyasi natijasida, ikkinchi tomondan, kishilarning buddaviylik, ko’pgina hollarda va asosan islomni ongli tarzda qabul qilishi bilan bog’liq.
Shuningdek, aholisi an’anaviy ravishda buddaviylik va islomga e’tiqod qilib kelgan o’lkalarda xristianlikni yoyishga intilish kuzatilmoqda. BMT ma’lumotlariga ko’ra xristianlikning o’sish ko’rsatkichi yiliga 1,46 foizni tashkil qiladi. Mazkur jarayon ayrim xristian tashkilotlari va yo’nalishlarining faol missionerlik harakati natijasida sodir bo’lmoqda.
Qayd etilgan mulohazalar bugungi kunda ham dunyoning diniy manzarasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’layotganidan dalolat beradi. Diniy konfessiyalar manzarasi rang-barangligini O’zbekistonda rasman ro’yxatdan o’tib faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar misolida ham ko’rish mumkin. Xristianlikka mansub bo’lsa-da, yurtimizdagi 11 ta yo’nalishning har biri o’zini alohida diniy konfessiya, deb hisoblashi fikrimizning isboti bo’la oladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin