NAVRO‘Z BIRDAMLIK BAYRAMI!
Sahnada bahor tarovatini ko‘z-ko‘z etuvchi manzara aks ettirilgan. Uzoq-uzoqlardan bulbul, sa’va kabi qushlarning xonishi eshitiladi. Ariqlarda suvlarning jildirab oqayotgani, qiyg‘os ochilgan gullarning tasviri, ko‘m-ko‘k qir-adirlar, purviqor tog‘ manzaralari, gullagan dov-daraxtlarning chiroyi zalda o‘tirganlarga bahoriy kayfiyat, ko‘tarinki ruh baxsh etadi.
(Sahnaga jarchi chiqib keladi, barchani Navro‘z sayliga chorlaydi).
Jarchi:
Odamlar-u odamlar,
Bog‘da bitgan bodomlar!
Eshitmadim demanglar,
Navro‘zni olqishlanglar,
Sayldan kech qolmanglar!
Bozorlar bo‘lsin to‘kin,
Xalqimiz eksin ekin,
Hunarmand-u kosiblar,
Chevar-u holvagirlar,
Barcha-barchangiz bu kun,
Sayldan kech qolmanglar!
Tun-u kun tenglashadi,
Hamma bir muchal oshadi,
Baxt keltirsin yangi yil,
Sevinchlarga to‘lsin dil,
Sayldan kech qolmanglar!
(Jarchi bir aylanib, sahnadan chiqib ketadi. Sahnaga birin-ketin suxandonlar kirib kelishadi).
1-suxandon:
Assalom, ona yurt, tonglar o‘lkasi!
Ta’rif-tavsifingningyo‘qnihoyasi.
Sengabag‘ishlanurmuqaddasqo‘shiq.
Buo‘zbekeliningo‘zmadhiyasi.
2-suxandon:
Yana ko‘k tubida sayraydi qo‘shiq,
Yana ko‘hna zamin yam-yashil ko‘rpa.
Yana tandan ketdi mudrash-u tushlar,
Yana yoshdek dilda o‘ynar ming turfa.
1-suxandon:
Tarixing, ta’rifing tillarda doston,
Quyosh charaqlaydi, moviydir osmon,
Hofiz qo‘shiq aytar, raqs etar jonon,
Sevinch bag‘ishlaysan, keksa-yu yoshga,
Navro‘zjon, bu yilgi kelishing boshqa.
2-suxandon:
Bir yon katta kurash, bir yon ko‘pkari,
Askiya, aytishar, o‘lanlar bari.
Yangalarning aytgan avjli yor-yori,
Sevinch bag‘ishlaysan keksa-yu yoshga
Navro‘zjon, bu yilgi kelishing boshqa!
Dostları ilə paylaş: |